Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
1. banknotalar emissiyasi;
2. pul – kredit munosabatlarini tartibga solish; 3. banklarning banki; 4. hukumat banki. Banknotalarni emissiya qilish Markaziy bankning eng asosiy va dastlabki funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, muomaladagi pul massasi hajmini oshirish yoki kamaytirish aynan Markaziy bankning banknotlarni emissiya qilish funktsiyasi bilan bog’liq bo’lib, uning hajmi iqtisodiyotdagi pul massasining hajmi bilan belgilanadi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi pul massasi va tovar massasi o’rtasidagi o’zaro bog’liklikni ta’minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va to’lov qobiliyatining mustahkamligiga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Markaziy bankning pul – kredit munosabatlarini tartibga solish funktsiyasining asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, ushbu funktsiya qator pul – kredit instrumentlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu instrumentlar sifatida: 5. tijorat banklariga nisbatan o’rnatilgan majburiy zaxira siyosati; 6. tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi); 7. ochiq bozordagi siyosati; 8. valyuta va depozit siyosatlarini keltirish maqsadga muvofiq. Markaziy bank banklarning banki sifatida mamlakatdagi barcha kredit muassasalariga litsenziya beradi va ularni qaytarib oladi, shuningdek, tegishli iqtisodiy me’yorlar asosida kredit muassasalari faoliyatini tartibga solib, ularning ustidan tegishli nazoratni amalga oshiradi. Markaziy bank hukumatning banki funktsiyasini bajarishda asosiy e’tibor hukumatning oltin va valyuta zaxiralarini saqlash va ularni tasarruf qilish, shuningdek, davlat byudjeti taqchilligini qoplash maqsadida tegishli moliyaviy yordamni (kredit) berishga qaratiladi. Xulosa qilib aytganda, Markaziy banklarning vujudga kelishi va ularning faoliyatini tashkil etilishi ijtimoiy – iqtisodiy jarayon bo’lib, dastlabki Markaziy banklar tijorat banklari bazasida tashkil topgan, ularning faoliyati va bajaradigan funktsiyalari doimiy ravishda takomillashib kelmoqda. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling