Pul, kredit va banklar
-mavzu: Markaziy bank va uning funksiyalari
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1. Markaziy banklarning vujudga kelishi va funktsiyalari
11-mavzu: Markaziy bank va uning funksiyalari
11.1. Markaziy banklarning vujudga kelishi va funktsiyalari 11.2. O’zbekiston Markaziy banki, uning maqsadi va vazifalari 11.3. Markaziy bankning pul – kredit siyosati 11.1. Markaziy banklarning vujudga kelishi va funktsiyalari Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bo’g’indan tashkil topadi. Bank tizimi – bu ma’lum tarixiy davr ichida shakllangan va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul – kredit munosabat – larini tashkil etadigan va tartibga soladigan muassasalar majmuidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan davlatlarning deyarli barchasida bank tizimi ikki pog’onadan iborat bo’lib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy sharoiti va tarixiy shakllanishiga qarab o’ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat yuritadi. O’zbekistonda ham bank tizimi ikki pog’onadan iborat bo’lib, ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Ikki pog’onali bank tizimida banklar – emission bank (Markaziy bank) va emission bo’lmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi. O’zbekistonda ikki pog’onali bank tizimining shakllanishi 1987 – 1990 yillarda, sobiq Davlat bankini isloh qilish davriga to’g’ri keladi. O’sha davrda asosiy e’tibor monopol emission bank hisoblangan Davlat bankining tashkiliy tuzilmasini keskin o’zgartirish orqali, iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan banklarni tashkil etishga qaratildi. Bank tizimida mustaqillikgacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan islohatlarning asosiy kontseptsiyasi sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Ikki pog’onali bank tizimini tashkil etish; Davlatning ixtisoslashgan banklarini xo’jalik hisobi va o’zini o’zi moliyalashtirishga o’tkazish; Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga yangi bank xizmatlarini taklif etish, zamonaviy hisob – kitob shakllarini va kredit munosabatlarini amaliyotga joriy etish masalalari shular jumlasidandir. Bank tizimida 1987 yilda boshlangan iqtisodiy islohatlar va banklarni qayta qurish natijasida ularning mulkchilik shaklida, xizmat ko’rsatishida, kredit va hisob – kitob munosabatlarida ayrim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Lekin, bank tizimida printsipial ahamiyatga ega bo’lgan ijobiy o’zgarishlar yuz bermadi. Davlat banki kredit resurslarini markazlashgan holda monopol taqsimlovchi muassasa sifatida o’z mavqieni deyarli yo’qotmadi. Natijada, sobiq ittifoq tuzumi davrida 1988 – 1989 yillarda banklarni isloh qilishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Ushbu davrda dastlabki aktsiyadorlik tijorat banklari vujudga kela boshladi. O’zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgandan so’ng, mamlakatda xalqaro bank amaliyotidagi kabi haqiqiy ikki pog’onali bank tizimi tashkil topishi yo’lida qat’iy qadamlar qo’yildi. «1991 yilning o’zidayoq «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga ko’ra, eski Davlat bankining respublika idorasi bazasida mustaqil O’zbekistonning Markaziy banki tashkil etildi va unga respublika davlat, emission va rezerv banki mavqie berildi» 53 . Mamlakat bank tizimining asosiy bo’g’ini Markaziy bank hisoblanadi. Markaziy bank bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatmaydi, ayrim davlat tashkilotlari bundan mustasno. Barcha mamlakatlarda Markaziy banklarning bajaradigan vazifalari va funktsiyalari deyarli bir xil bo’lib, ular turli mamlakatlarda turli nomda yuritilishi mumkin. Xususan, hozirgi kunda, bizga ma’lumki, dunyoning turli mamlakatlarida ushbu banklar “markaziy bank”, “xalq banki”, “emission banki”, “milliy banki”, “zaxira banki”, “davlat banki” tarzida yuritiladi. Masalan, AQShda Federal zaxira tizimi, Angliyada Angliya banki, Evropada Evropa Markaziy banki, O’zbekistonda Markaziy bank, Qozog’istonda Milliy bank va hokazo. Markaziy banklarning vujudga kelish tarixiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ular mamlakatda pul muomalasini tartibga solib turuvchi moliyaviy muassasa sifatida vujudga keldi. Ma’lumki, dastlabki banklar, yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, tijorat banklari mustaqil ravishda qog’oz pullarni emissiya qilgan. Albatta, bu ma’lum davr davomida mamlakatda pul muomalasini tashkil qilish, hisob – kitoblarni amalga oshirish va muomala jarayonini tashkil etishda o’zining ijobiy natijasini berib kelgan. Biroq, vaqt o’tishi bilan tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan qog’oz pullarning hajmi va turi juda ko’payib ketgan. Bu o’z navbatida pullarning qadrsizlanishini, ayrim hollarda tijorat banklarining bankrot holatiga tushib qolishi iqtisodiyotda pul muomasalasini buzilishiga va boshqa qator salbiy holatlarni vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Bularning barchasi mamlakatda pul emissiyasini markazlashgan holda amalga oshirish va pul muomalasini tartibga solish zruriyatini keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida tijorat banklari bazasida Markaziy banklarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi, Markaziy banklarning vujudga kelishi davlatga pul emissiyasini markazlashgan holda amalga oshirish va pul muomalasini tartibga solish imkoniyatini berdi. Masalan, AQShda 1836 va 1860 yillarda 2500 dan ortiq shtat banklari tashkil etilib, ularning 100 dan ortig’i birinchi o’n yil ichida yopilib ketgan. Shu davrda banklar mustaqil ravishda muomalaga pul chiqarish huquqiga ega bo’lib, muomalada ularning 5500 dan ortiq turli pul belgilari amal qilgan. Banklarning stixiyali ravishda pul muomalasini tashkil etishi, umumiy nazoratning mavjud emasligi ularni inqirozga yuz tutishiga, aholining ishonchini pasayishiga, muomaladagi pullarning qadrsizlanishiga sabab bo’lgan, shuningdek, pulning to’lov vositasi funktsiyasini bajarmaslik holatlari tez – tez sodir bo’lib turgan. Bu kompaniya va firmalarning moliyaviy yo’qotishlariga sabab bo’lgan. Jumladan, 1862 yilda banklarning inqirozga yuz tutishi natijasida AQShning yirik kompaniya 53 O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. F.Mullajonov taћriri ostida. –T.: «O’zbekiston» nashriyoti, 2001y. 34 – bet. va firmalari 100 mlrd AQSh dollaridan ortiq zarar ko’rgan. Bularning barchasi AQSh hukumati tomonidan tijorat banklari va pul muomalasi ustidan tegishli nazoratni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqargan, natijada 1913 yilda AQSh Federal zaxira tizimi tashkil etilib, ushbu bankka yagona emissiya huquqi va tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash vazifasi yuklatilgan 54 . Iqtisodiy adabiyotlarda, dastlabki Markaziy bank 1650 yilda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida tashkil etilganligi qayd qilingan 55 . Ushbu bank oltin tangalar asosida depozit sertifikatlarini muomalaga chiqargan, mazkur depozit sertifikatlari butun shvetsiya hududida to’lov vositasini bajargan bo’lib, taqdim qiluvchiga oltin tanga berilishi bilan kafolatlangan. Dastlabki emission bank 1694 yilda Angliya banki sifatida tashkil etilgan bo’lib, ushbu bank muomalaga pullarni emissiya qilish va banklarning tijorat veksellarini ro’yxatga olish bilan shug’ullangan 56 . Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o’rtasida xalqaro savdo va hisob – kitoblarning rivojlanishi Markaziy banklar zimmasiga qo’shimcha vazifalarni yuklash zaruriyatini keltirib chiqardi. Endi Markaziy banklar emission bank vazifasini bajarishdan tashqari mamlakatda kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish, iqtisodiyotda pul – kredit siyosatini amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Davlat mamlakat milliy valyutasini muomalaga chiqarish, uni tartibga solish, kredit muassasalari faoliyatini nazorat qilish, hisob – kitoblarni tashkil etish bilan bog’liq qator qonunlarni qabul qildi. Shu tarzda davlat kredit muassaslari faoliyatini tashkil etish va pul muomalasini amalga oshirish bo’yicha barcha ishlarni to’liq o’z qo’liga oldi. Markaziy banklarning tashkil topish shakliga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ular davlat kapitali asosida tashkil topgan markaziy banklar (Buyuk Britaniya, Evropa ittifoqi, Rossiya), aktsiyadorlik shaklidagi markaziy banklar (AQSh, Italiya), aralash kapital ishtirokida markaziy banklar (Yaponiya, Belgiya) ko’rinishida vujudga kelgan. Ayrim markaziy banklar dastlab aktsiyadorlik shaklida tashkil topib, keyinchalik davlat tomonidan milliylashtirilgan. Ta’kidlash joizki, markaziy banklar qanday shaklda tashkil topgan bo’lishidan qa’tiy nazar, ular o’z vazifalarini davlat bilan o’zaro kelishuv va uning siyosatiga hamoxang tarzda olib boradi. Ayniqsa, ularning o’zaro yaqinligi mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy aloqalarning rivojlanishining zamonaviy bosqichida juda chuqurlashdi. Markaziy bank davlat bilan juda yaqin aloqada faoliyat yuritsada, mamlakatda pul – kredit siyosatini amalga oshirishda davlatdan mustaqil bo’lishi muhim hisoblanadi. Agar davlat Markaziy banklarning pul – kredit siyosatiga bevosita aralashsa, ularga pul – kredit siyosatini amalga oshirish bo’yicha zarur darajadagi mustaqillikni bermasa mamlakat milliy valyutasi va pul muomalasi 54 Compton, Eric N. Principles of banking. Library of Congress. Printed in the USA. Fourth edition, 1991. pp. 8 – 9. 55 Dengi, kredit, banki: uchebnik. /kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavrushina. – 5 – e izd., ster. –M.: KNORUS, 2007. –S. 403. 56 Dengi, kredit, banki: uchebnik. /kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavrushina. – 5 – e izd., ster. –M.: KNORUS, 2007. –S. 403. barqarorligini ta’minlashda qator muammolar vujudga keladi. Shu jihatdan, Markaziy banklar iqtisodiy va huquqiy jihatdan mustaqil hisoblanadi, ularning davlatga bog’liqligi yoki mustaqilligi turli mamlakatlarda turlichadir. Odatda mamlakat parlamentiga hisobdor bo’lgan Markaziy banklar ko’proq mustaqil hisoblanadi (AQSh, Rossiya, O’zbekiston), mamlakat Moliya vazirligiga hisobdor bo’lgan Markaziy banklar mustaqilligi nisbatan pastroq hisoblanadi, dunyoda bunday banklar ko’pchilikni tashkil etadi. Markaziy bank pul – kredit siyosatini amalga oshirishda u yoki bu darajada davlatdan mustaqil bo’lgani bilan o’zining pul – kredit siyosati orqali hukumatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish rejasini, siyosatini qo’llab – quvvatlashga bevosita va bilvosita mas’ul hisoblanadi. Shunday ekan, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan pul – kredit siyosati hukumatning makroiqtisodiy darajadagi siyosatini amalga oshirish nuqtai nazaridan ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi lozim bo’ladi. Markaziy bank mazkur jarayonida amalga oshirishda o’zining qator funktsiyalarini bajarish orqali ishtirok etadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Markaziy banklarning asosiy maqsadi mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat. Ular ushbu vazifani bajarish uchun qator funktsiyalarni bajaradi, ushbu funktsiya va vazifalar davlatning Markaziy bank to’g’risidagi qonunida belgilab qo’yiladi. Sanoati rivojlangan shaharlarda Markaziy banklar asosan to’rtta funktsiyani bajaradi: Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling