Pul, kredit va banklar
Markaziy bankning pul – kredit siyosati
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
11.3. Markaziy bankning pul – kredit siyosati
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat bo’lib, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun qator vazifalarni bajaradi. Ushbu vazifalar ichida eng muhimlaridan biri uning pul – kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi. Pul – kredit siyosatining qator usullari mavjud bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: – tijorat banklariga nisbatan o’rnatilgan majburiy zaxira siyosati; – tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi); – ochiq bozordagi siyosati; – valyuta va depozit siyosati. Iqtisodiy adabiyotlarda va xalqaro bank amaliyotida Markaziy banklarning pul – kredit siyosati monetar siyosat, monetar instrumentlar tarzida ham yuritiladi. Biroq, Markaziy bankning pul – krediti siyosati qanday tarzda yuritilishiga qaramasdan, ularning maqsadi bitta masalaga, ya’ni mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashga qaratiladi. Xalqaro bank amaliyoti va xo’jalik yuritish tajribasidan ma’lumki, milliy valyuta sotib olish qobiliyatining tushib ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining oshishiga va mamlakatda ishsizlik darajasining pasayishiga olib keladi va aksincha. Ya’ni, inflyatsiya darajasining pasayishi esa mamlakatda ishsizlik darajasining oshishiga olib keladi. Markaziy bank aynan shu iqtisodiy jarayonni milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir etmaydigan darajada ushlab turish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun pul – kredit siyosati usullarini amaliyotga joriy etadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul – kredit siyosati “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi Qonunning 23 – moddasiga binoan kelgusi yil uchun mamlakat monetar siyosatining asosiy yo’nalishlari sifatida ishlab chiqiladi. Xususan, ushbu siyosat: – iqtisodiy kon’yunkturaning tahlili va istiqbol ko’rsatkichlarini; – muomalada bo’lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini; – pul massasi yillik o’sish sur’atining aniq maqsadli ko’rsatkichlarini, shu jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o’zgarishini; – valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo’nalishlarini; – pul – kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling