Pul, kredit va banklar
Tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi)
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
Tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi). Bozor
iqtisodiyotining doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib borishi iqtisodiyotda qo’shimcha pul resurslariga bo’lgan talabni keltirib chiqaradi. Tijorat banklari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining moliyaviy resurslariga bo’lgan talabini iqtisodiyotda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini o’ziga jalb qilish orqali qondiradi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ushbu talabining o’z vaqtida va past kredit foizlari asosida ta’minlanmasligi mamlakat iqtisodiyotining rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu jarayonni iqtisodiyotda pul taqchilligi sifatida ham izohlash mumkin. Bir jihatdan, iqtisodiyotda vujudga kelgan pul taqchilligi milliy valyutaning inflyatsiya darajasini pasayishiga olib keladi, lekin iqtisodiyotda pul taqchilligi darajasining ortib borishi ishlab chiqarish sur’atining pasayishi va ishsizlik darajasining oshishi kabi xavfli ijtimoiy – iqtisodiy tanglikni keltirib chiqaradi. Markaziy bank aynan mana shunday ijtimoiy – iqtisodiy xavfni tijorat banklarining qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan talabini o’zining qayta moliyalash siyosati orqali bartaraf etadi. Ya’ni, Markaziy bank tijorat banklariga arzon moliyaviy resurslarini berishi orqali iqtisodiyotda pul massasi va tovar massasi o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi. Demak, Markaziy bank qayta moliyalash siyosati orqali mamlakatdagi pul resurslari bozoridagi foiz stavkasiga ta’sir etib, miliy valyutaning barqarorligini mustahkamlaydi. Chunki qayta moliyalash stavkasining pasaytirilishi iqtisodiyotda pul massasining ortishiga, aksincha uning oshirilishi esa tijorat banklarining pul resurslariga bo’lgan talabini kamayishi natijasida iqtisodiyotda pul massasining pasayishiga olib keladi. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi orqali faqat pul bozoriga emas, balki mamlakat fond bozoriga ham ta’sir o’tkazadi. Qayta moliyalash stavkasining ortishi pul bozoridagi depozit mablag’larning foizini va bank krediti foizining oshishiga olib keladi. Pul bozorida depozit mablag’larning va bank krediti foizining ortishi o’z navbatida fond bozorida qimmatli qog’ozlarga bo’lgan talabning pasayishiga va ularning taklifini ortishiga olib keladi. Chunki pul bozorida depozit mablag’larga to’lanadigan foizlar miqdorining ortishi pul bozori ishtirokchilarini to’g’ridan – to’g’ri moliyalashtirishga bo’lgan manfaatdorligini oshiradi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling