Pul, kredit va banklar


Valyuta va depozit siyosati


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Valyuta va depozit siyosati. Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy 
maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo’lgan 
nisbatining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Markaziy bank o’zining 
vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari 
bo’yicha siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta 
siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini 
ishlab chiqadi. Bularning ichida eng asosiylari sifatida mamlakatning to’lov 
balansi, hukumatning valyuta munosabatlari bo’yicha ichki va tashqi pul – kredit 
siyosati va milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashning 
tartibini ta’kidlash mumkin.
Markaziy bank valyuta siyosatini olib borishda quyidagi asosiy vazifalarni 
bajaradi: 
7. Tijorat banklariga xorijiy valyutalarda operatsiyalarni amalga oshirish 
uchun bir marotabalik va Bosh litsenziyalarni beradi hamda qaytarib oladi; 
8. Vakolatli tijorat banklarining o’zlari va mijozlari nomidan chet el 
valyutalarini sotish va sotib olishning miqdorini, ya’ni ochiq valyuta 
pozitsiyalarini belgilaydi. 
Ochiq valyuta pozitsiyasi deganda, bankning tegishli chet el valyutasidagi 
aktivlarini uning majburiyatidan ortiqchaligi (uzun valyuta pozitsiyasi) yoki ushbu 
aktivlarning majburiyatdan pastligi (qisqa valyuta pozitsiyasi) tushuniladi.
9. O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutalarini sotish va 
sotib olishni tartibga solib boradi; 
10. Tijorat banklarida chet el valyutasi va to’lov hujjatlari hamda boshqa 
qimmatliklar bo’yicha kassa operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning 
tartibini belgilaydi; 
11. Vakolatli banklarda norezedentlarning O’zbekiston Respublikasi milliy 
valyutasidagi hisob – varaqlarining yuritish tartibini belgilaydi; 
12. Vakolatli banklarda rezident va norezedent (yuridik va jismoniy 
shaxs)larga chet el valyutasida hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibini 
belgilaydi; 
57
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. F.Mullajonov taxriri ostida. –T.: «O’zbekiston» 
nashriyoti, 2001y. 62 – bet.


13. O’zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning chet el 
valyutalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va kassa intizomiga rioya etishni 
tartibga soladi; 
14. Investitsion loyihalarni erkin valyutalarda kreditlashning tartibini 
belgilaydi. 
Markaziy 
bank 
valyuta 
siyosatini 
amalga 
oshirishda 
valyuta 
interventsiyasidan keng miqiyosda foydalandi. Valyuta interventsiyasi –bu 
Markaziy bankning milliy valyuta kursi va pulning yalpi taklif va talabiga ta’sir 
etishi uchun moliya bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish bilan bog’liq 
operatsiyasidir.
Markaziy bank depozit siyosati orqali mamlakat resurs bozori, tijorat 
banklari depozit siyosati va depozit operatsiyalari holatiga ta’sir ko’rsatadi. Odatda 
Markaziy bank tijorat banklari depozit operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalarining 
eng yuqori darajasini belgilaydi. Shuningdek, tijorat banklari depozit siyosatini 
ishlab chiqish, depozit siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha asosiy mezonlarni 
aniqlab beradi. 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling