Pul, kredit va banklar


Aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar.Aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan 
hisob – kitoblarda bank to‘lovchining roziligisiz uning hisobvarag‘idagi mablag‘ni oluvchining 
hisobiga o‘tkazib beradi. Tijorat banklari aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni 
amalga oshirishni ayrim sub’ektlarga ruxsat beradi. Xususan ular jumlasiga quyidagi tashkilotlar 
kiradi:
1. Issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu holda talabnoma va ajratilgan 
elektr va issiqliq energiyasi uchun hisobvaraq – faktura mahsulot yetkazib beruvchi 
tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov 
talabnomasining maqsadida issiqlik energiyasining o‘lchov asboblari yoki ta’rif asosida 
foydalanilgan miqdori yozuvda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; 
2. Qarzdor tomonidan tan olingan summa haqidagi javob xatining asl nusxasi ilova 
qilingan holda. Talabnomaga boshqa hujjatlar ilova qilinganda aktseptsiz hisobdan 
chiqarishga qabul qilinmaydi; 
3. Qarzdor boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisobvaraqlari bo‘yicha kreditlarni 
vaqtida uzmaganda banklar tomonidan ham qo‘yiladi. 
Amaliyot (operatsion) kun tugagandan keyin kelib tushgan aktseptsiz talabnomalarda 
"kechki" degan shtamp qo‘yiladi va ular keyingi ish kuni to‘lanadi yoki to‘lovchining 
hisobraqamida mablag‘ bo‘lmaganda 2 – kartotekaga kirim qilinadi. 
To‘lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarning amaliyotda nisbatan kam qo‘llanilishining 
asosiy sababi, uning kamchiliklari afzalliklariga nisbatan ko‘pligidadir. Jumladan, uning asosiy 
kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq: 


 – mablag‘ oluvchi tovar jo‘natgandan va xizmatlarni ko‘rsatgandan so‘ng to‘lov 
talabnomasini bankka taqdim etishi natijasida, mablag‘ni to‘lovchiga tovar va xizmatlarning 
sifati to‘liq qoniqtirmagan hollarda to‘lovdan voz kechishi turli ziddiyatli holatlarni keltirib 
chiqaradi; 
– to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ning bo‘lmasligi yoki yetarli miqdorda emasligi 
banklarda debitor va kreditorlik qarzlarining ortib ketishiga olib keladi; 
– to‘lov hujjatlarining aylanishi va rasmiylashtirish jarayoni to‘lov topshiriqnomalariga 
nisabatan qo‘shimcha vaqt va ortiqcha mehnatni talab etadi.
Afzallik jihatlari shundan iboratki, to‘lovchining hisobraqamida mablag‘ bo‘lmagan 
hollarda ham jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. 
Umuman olganda, to‘lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish mablag‘ni 
oluvchi va beruvchi uchun hamda bank uchun ham qo‘shimcha vaqt va ish jarayonini talab etadi. 
Shu bois bo‘lsa kerak, hisob – kitoblarning mazkur shakli amaliyotda boshqa hisob – kitob 
shakllariga nisbatan kamroq qo‘llaniladi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling