Pul, kredit va banklar


Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar 
Hisob – kitoblarning akkreditiv shaklida mijozning (to‘lovchining) topshirig‘iga ko‘ra 
mablag‘larni oluvchi foydasiga to‘lovni amalga oshirish uchun mablag‘ ma’lum muddatga 
deponentlanadi. 
Akkreditiv qoplangan va qoplanmagan turlarga bo‘linadi.
Qoplangan akkreditivda sotib oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni mijozning 
bankida ochilgan 22602 – “Mijozlarning akkreditivlar buyicha depozitlari” hisobvarag‘ida 
deponentlanadi.
Qoplanmagan akkreditivda esa sotib oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan summani o‘zining 
hisobvarag‘idan alohida hisobvaraqga deponentlamaydi, balki mijozning banki uning 
hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda to‘lov kafolatini oladi. 
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan yoki chaqirib 
olinmaydigan bo‘lishi mumkin. Uning matnida ushbu belgi mavjud bo‘lmagan holda, akkreditiv 
chaqirib olinadigan hisoblanadi. 
Chaqirib olinadigan akkreditiv bank – emitent tomonidan mablag‘larni oluvchi bilan 
oldindan xabardor qilmagan holda, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivni 
chaqirib olish bank – emitent zimmasiga mablag‘larni oluvchi oldida biron – bir majburiyat 
yuklamaydi. To‘lovchi chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o‘zgartirish yoki bekor 
qilinishi to‘g‘risidagi barcha ko‘rsatmalarni mablag‘lar oluvchiga, faqat bank – emitent orqali 
berishi mumkin, ushbu bank mablag‘larni oluvchining banki (ijrochi bank)ni, u esa – mablag‘ 
oluvchini, xabardor qiladi.
Agar ijrochi bank operatsiyalarni bajarish paytigacha akkreditivning shartlari 
o‘zgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirishnoma olmagan bo‘lsa, u chaqirib 
olinadigan akkreditiv bo‘yicha to‘lovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. 
Mablag‘ oluvchining roziligisiz, uning foydasiga ochilgan chaqirib olinmaydigan 
akkreditiv, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. 
Ijrochi bank, bank – emitent bilan shartnoma asosida chaqirib olinmaydigan akkreditivni 
tasdiqlashi mumkin. Bunday xolda, chaqirib olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv 
bo‘ladi. 
Tasdiqlangan akkreditiv bo‘lganda, ijrochi bank, bank – emitentning akkreditiv 
shartlariga muvofiq, to‘lovni amalga oshirish majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga qo‘shimcha 
ravishda majburiyatlar oladi. 
Tasdiqlangan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi 
mumkin emas. 


Akkreditiv bilan hisob – kitoblarning ijobiy jihati shundaki, korxona jo‘natgan tovar va
ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lov kafolatlanadi. Shu bilan birga aytish lozimki, akkreditiv bilan 
hisob – kitoblarda mol sotib oluvchi korxonaning mablag‘lari ma’lum muddatga o‘z ixtiyoridan 
chiqib ketadi.
Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar tartibini ikkita bank bo‘limi misolida quyidagi 
chizmada ko‘rib chiqamiz.
Qoplangan akkreditiv bilan hisob – kitoblarda
hujjatlarning aylanish tartibi 
Barcha hisob – kitoblarda bo‘lgani singari, dastlab sotuvchi – akkreditiv bo‘yicha mablag‘ 
oluvchi va sotib oluvchi – akkreditivga ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi (1), sotib 
oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan summani sotuvchining hisobiga deponentlash uchun 
akkreditivga arizani bankka taqdim etadi (2), bank emmitent o‘z navbatida akkreditiga arizada 
ko‘rsatilgan summani sotuvchining hisobiga o‘tkazish maqsadida elektron arizani bosh bankka 
jo‘natadi (3), bosh bankda Koson bo‘limi vakillik hisobidagi mablag‘ Oqtosh bo‘limi vakillik 
hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va bu haqda elektron akkretivga arizani bank bo‘limiga jo‘natadi (4), 
sotuvchining 
banki 
shartnomada 
ko‘rsatilgan akkreditiv summa uning hisobiga 
deponentlanganini xabar qiladi (5), sotuvchi o‘z navbatida tegishli tovarlarni sotib oluvchiga 
jo‘natadi yoki xizmatlarni ko‘rsatadi (6), sotuvchi tovarlarni jo‘natganligi yoki xizmatlar 
ko‘rsatganligini tasdiqlovchi hujjatlarni bankka taqdim etadi (7), bank o‘z navbatida 
deponentlangan summaning uning hisobiga o‘tkazadi.
Mablag‘ oluvchining bankida akkreditivning amal qilish muddati tugaganda, akkreditiv 
shartlarida ko‘zda tutilgan tartibda mablag‘ oluvchi uni bekor qilish haqidagi ariza berganda, 
to‘liq chaqirib olinganda akkreditiv yopiladi. 
Akkreditiv bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator ijobiy va salbiy jihatlar 
mavjud bo‘lib, uning salbiy jihatlari asosan mablag‘ to‘lovchining zimmasiga to‘g‘ri keladi. 
Ushbu salbiy holatlar quyidagilar bilan izohlanadi: 
– pul to‘lovchining hisobvarag‘idan mablag‘ni akkreditiv hisobvarag‘iga deponent 
qilinishi natijasida ushbu mablag‘ning oborotdan vaqtinchalik chiqib ketishi (odatda akkreditiv 
summasi 20 – 30 kunga deponent qilinadi); 
– to‘lovchi ta’minlanmagan akkreditivdan foydalangan holda ham olingan tovarlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlar uning talabiga to‘liq mos kelmagan hollarda to‘lovni amalga oshirishga 
rad javobining berolmasligi yoki ushbu jarayonning vaqtni olishi hamda qo‘shimcha hujjatlarni 
talab etilishi ortiqcha ishlarni keltirib chiqaradi; 
– yuqorida akkreditiv bo‘yicha hujjatlarning aylanishidan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu 
jarayon bir muncha murakkabroq.
Akkreditivlar bilan hisob – kitoblarda mol jo‘natuvchiga qator qulaylik jihatlari mavjud 
bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 


 – akkreditiv shartnomasi tuzilgandan keyin tovarlarni ishlab chiqarishga kirishishi 
mumkin. Chunki ushbu tovarlarni sotib oluvchi tayin va undan tegishli iqtisodiy foyda kelishi 
kafolatlanadi;
– jo‘natilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov kafolatlangan. Chunki 
ta’minlangan akkreditivda pul to‘lovchi tovar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘ni alohida 
hisobvarag‘iga deponentlab qo‘yadi. Ta’minlanmagan akkreditivda esa tovar va xizmatlar uchun 
to‘lanadigan mablag‘ pul to‘lovchining banki tomonidan kafolatlanadi.  

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling