Pul, kredit va banklar


Kreditning funktsiyalari va tamoyillari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

7.2.Kreditning funktsiyalari va tamoyillari 
Kreditning mohiyati uning funktsiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon 
bo‘ladi. Kreditning funktsiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha va miqdorda 
keltiriladi. Ayrim adabiyotlarda iqtisodchi–olimlar kreditning funktsiyalarini 


beshta ekanligigini ta’kidlashsa
34
, ayrimlarida uning funktsiyalari ikkitadan 
iboratligiga da’vogarlik qiladi
35

Iqtisodchi – olimlarning kredit funktsiyalari haqidagi fikrlariga, shuningdek, 
kreditning tovar–pul munosabatlari va ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlardagi 
ishtirokiga tayangan holda, uning qayta taqsimlash (1), muomala jarayonini 
tezlashtirish(2), pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish (3) hamda pul 
kapitalini 
jamg‘arish 
va 
markazlashuvini 
jadallashtirish 
(4) 
funktsiyalarinibajarishini ta’kidlash mumkin. 
Kreditning funktsiyalari ichida qayta taqsimlash funktsiyasi asosiy 
funktsiyalardan biri hisoblanadi. Kredit ushbu funktsiyasi orqali jismoniy va 
yuridik shaxslarining taqsimlangan daromadlarining vaqtinchalik foydalanilmagan 
qismini tegishli fondlarga jalb qiladi. Jalb qilingan mablag‘lar iqtisodiyotning 
qo‘shimcha resurslarga ehtiyoji mavjud tarmoqlariga qayta taqsimlanadi. 
Kredit ushbu funktsiyasi orqali vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larining 
sohiblariga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini yaratsa, kreditorga qo‘shimcha 
mablag‘larga ehtiyoji mavjud shaxslarga tegishli foizlar berish asosida daromad 
olishga, kredit oluvchilarga esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini 
ta’minlash natijasida qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatini yaratadi. 
Demak, kreditning qayta taqsimlash funktsiyasi orqali ssuda kapitali 
iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida, qaytarishlik asosida joylashtiriladi, bu kredit 
munosabatlarida 
bevosita 
ishtirok 
etayotgan 
tomonlarning 
iqtisodiy 
manfaatdorligini ta’minlash bilan birga, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini 
kreditor ixtiyoriga yo‘naltirgan shaxslarga tegishli daromad olishiga xizmat qiladi. 
Kreditning qayta taqsimlash funktsiyasini amal qilishida pulning jamg‘arma 
funktsiyasining bevosita va bilvosita ta’siri mavjud. Ushbu masalaga klassik va 
neoklassik maktab vakillari alohida e’tibor qaratishgan. Xususan, A.Marshall 
«odamlar sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramasdan, ular uni (pulni) 
ishlatmasliklari mumkin», deydi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu e’tirof Sey qonunini 
34
Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: “Iqtisod – moliya”, 2007, 168 – 170 bb.
35
Dengi, kredit, banki: uchebnik/kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavshurina. – 5 – e izd., 
ster. –M.: KNORUS, 2007. –S. 251 – 252. 


to‘lig‘icha inkor etmaydi. Aksincha, neoklassik – iqtisodchilar shunday to‘xtamga 
kelishdiki, Sey qonuni bir shart bilan bajariladi, bu vaqtda faqat jamg‘arma (S) 
investitsiya (I) ko‘rinishini oladi. Ularning ta’kidlashicha, bu vaqtda kapital 
bozoridagi talab va taklifning muvozanati foiz stavkasining barqarorligi hisobiga 
yuz beradi. Agar jamg‘arma (kapitalning taklifi) hajmi mo‘ljallangan investitsiya 
qilish hajmidan kam bo‘lsa, natijada foiz stavkasi oshadi, buning oqibatida 
investitsiyaga bo‘lgan talab kamayadi, jamg‘armaga nisbatan taklif esa ortadi.
36
Ushbu holat o‘rtasidagi o‘zaro muvozanat jamg‘arma va kreditning foiz stavkasi 
asosida tartibga solinadi.
Agar klassik maktab vakillari investitsiya va jamg‘armaning hajmiga foiz 
stavkasining ta’sirini asosiy omil qilib ko‘rsatsalar, keynschilar esa uning hajmiga 
uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan olayotgan daromadlar miqdori ta’sir qiladi, deb 
ta’kidlaydilar. Albatta, bu jarayon kreditning qayta taqsimlash funktsiyasiga 
bilvosita ta’siri mavjud. 
Kreditning muomala jarayonini tezlashtirish funktsiyasi mamlakat pul 
muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta’sir qiladi. Bu 
jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli fondlarga jalb etish orqali 
ularni pul aylanmasiga kiritadi.
Ma’lumki, mamlakat pul massasining tovar massasiga nisbatning 
ta’minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va sotib olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu jarayonda kredit mamlakat pul massasining umumiy hajmini 
oshirmagan holda iqtisodiyot tarmoqlarining qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan 
ehtiyojni ta’minlaydi.
Odatda berilayotgan kreditlar asosan moliya muassasalari orqali bir 
hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. Bu o‘z navbatida 
muomaladagi pullarning aylanish tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kredit paydo bo‘lishi bilan birga, kredit pullarining oddiy shakli bo‘lgan 
veksellarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Albatta, veksellar xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarning vaqtinchalik pul mablag‘lari bilan bog‘liq muammolarni hal etishda, 
36
Yadgarov Ya.S. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. –M.: INFRA – M,2001, – S.313. 


kredit munosabatlari yordamida muhim moliyaviy qurol sifatida maydonga 
chiqadi.
Kreditning pullarni muomalaga chiqarish va ularni naqdlashtirish 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling