Pul, kredit va banklar


-mavzu: Markaziy bank va uning funksiyalari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

11-mavzu: Markaziy bank va uning funksiyalari 
 
11.1. Markaziy banklarning vujudga kelishi va funktsiyalari 
11.2. O’zbekiston Markaziy banki, uning maqsadi va vazifalari
11.3. Markaziy bankning pul – kredit siyosati  
 
11.1. Markaziy banklarning vujudga kelishi va funktsiyalari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bo’g’indan tashkil 
topadi. Bank tizimi – bu ma’lum tarixiy davr ichida shakllangan va tegishli qonun 
hujjatlari asosida mamlakatda pul – kredit munosabat – larini tashkil etadigan va 
tartibga soladigan muassasalar majmuidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat 
yuritayotgan davlatlarning deyarli barchasida bank tizimi ikki pog’onadan iborat 
bo’lib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy sharoiti va tarixiy 
shakllanishiga qarab o’ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat yuritadi.
O’zbekistonda ham bank tizimi ikki pog’onadan iborat bo’lib, ularning 
faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Ikki pog’onali bank 
tizimida banklar – emission bank (Markaziy bank) va emission bo’lmagan (tijorat 
banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan 
tashkil topadi.
O’zbekistonda ikki pog’onali bank tizimining shakllanishi 1987 – 1990 
yillarda, sobiq Davlat bankini isloh qilish davriga to’g’ri keladi. O’sha davrda 
asosiy e’tibor monopol emission bank hisoblangan Davlat bankining tashkiliy 
tuzilmasini keskin o’zgartirish orqali, iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan 
ishlaydigan ixtisoslashgan banklarni tashkil etishga qaratildi.
Bank tizimida mustaqillikgacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan
islohatlarning asosiy kontseptsiyasi sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 

Ikki pog’onali bank tizimini tashkil etish; 

Davlatning ixtisoslashgan banklarini xo’jalik hisobi va o’zini o’zi 
moliyalashtirishga o’tkazish; 

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga yangi bank xizmatlarini taklif etish, 
zamonaviy hisob – kitob shakllarini va kredit munosabatlarini amaliyotga joriy 
etish masalalari shular jumlasidandir. 
Bank tizimida 1987 yilda boshlangan iqtisodiy islohatlar va banklarni qayta 
qurish natijasida ularning mulkchilik shaklida, xizmat ko’rsatishida, kredit va hisob 
– kitob munosabatlarida ayrim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Lekin, bank tizimida 
printsipial ahamiyatga ega bo’lgan ijobiy o’zgarishlar yuz bermadi. Davlat banki 
kredit resurslarini markazlashgan holda monopol taqsimlovchi muassasa sifatida 
o’z mavqieni deyarli yo’qotmadi. Natijada, sobiq ittifoq tuzumi davrida 1988 – 
1989 yillarda banklarni isloh qilishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Ushbu davrda 
dastlabki aktsiyadorlik tijorat banklari vujudga kela boshladi.
O’zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgandan so’ng, mamlakatda
xalqaro bank amaliyotidagi kabi haqiqiy ikki pog’onali bank tizimi tashkil topishi 


yo’lida qat’iy qadamlar qo’yildi. «1991 yilning o’zidayoq «Banklar va bank 
faoliyati to’g’risida» gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga ko’ra, eski Davlat 
bankining respublika idorasi bazasida mustaqil O’zbekistonning Markaziy banki 
tashkil etildi va unga respublika davlat, emission va rezerv banki mavqie berildi»
53
.
Mamlakat bank tizimining asosiy bo’g’ini Markaziy bank hisoblanadi. 
Markaziy bank bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatmaydi, ayrim davlat 
tashkilotlari bundan mustasno. Barcha mamlakatlarda Markaziy banklarning 
bajaradigan vazifalari va funktsiyalari deyarli bir xil bo’lib, ular turli 
mamlakatlarda turli nomda yuritilishi mumkin. Xususan, hozirgi kunda, bizga 
ma’lumki, dunyoning turli mamlakatlarida ushbu banklar “markaziy bank”, “xalq 
banki”, “emission banki”, “milliy banki”, “zaxira banki”, “davlat banki” tarzida 
yuritiladi.
Masalan, AQShda Federal zaxira tizimi, Angliyada Angliya banki, Evropada 
Evropa Markaziy banki, O’zbekistonda Markaziy bank, Qozog’istonda Milliy bank 
va hokazo. Markaziy banklarning vujudga kelish tarixiga e’tibor qaratadigan 
bo’lsak, ular mamlakatda pul muomalasini tartibga solib turuvchi moliyaviy 
muassasa sifatida vujudga keldi.
Ma’lumki, dastlabki banklar, yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, tijorat 
banklari mustaqil ravishda qog’oz pullarni emissiya qilgan. Albatta, bu ma’lum 
davr davomida mamlakatda pul muomalasini tashkil qilish, hisob – kitoblarni 
amalga oshirish va muomala jarayonini tashkil etishda o’zining ijobiy natijasini 
berib kelgan. Biroq, vaqt o’tishi bilan tijorat banklari tomonidan muomalaga 
chiqarilgan qog’oz pullarning hajmi va turi juda ko’payib ketgan. Bu o’z navbatida 
pullarning qadrsizlanishini, ayrim hollarda tijorat banklarining bankrot holatiga 
tushib qolishi iqtisodiyotda pul muomasalasini buzilishiga va boshqa qator salbiy 
holatlarni vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
Bularning barchasi mamlakatda pul emissiyasini markazlashgan holda 
amalga oshirish va pul muomalasini tartibga solish zruriyatini keltirib chiqaradi. 
Bu o’z navbatida tijorat banklari bazasida Markaziy banklarning vujudga kelishiga 
sabab bo’ldi, Markaziy banklarning vujudga kelishi davlatga pul emissiyasini 
markazlashgan holda amalga oshirish va pul muomalasini tartibga solish 
imkoniyatini berdi.
Masalan, AQShda 1836 va 1860 yillarda 2500 dan ortiq shtat banklari 
tashkil etilib, ularning 100 dan ortig’i birinchi o’n yil ichida yopilib ketgan. Shu 
davrda banklar mustaqil ravishda muomalaga pul chiqarish huquqiga ega bo’lib, 
muomalada ularning 5500 dan ortiq turli pul belgilari amal qilgan. Banklarning 
stixiyali ravishda pul muomalasini tashkil etishi, umumiy nazoratning mavjud 
emasligi ularni inqirozga yuz tutishiga, aholining ishonchini pasayishiga, 
muomaladagi pullarning qadrsizlanishiga sabab bo’lgan, shuningdek, pulning 
to’lov vositasi funktsiyasini bajarmaslik holatlari tez – tez sodir bo’lib turgan. Bu 
kompaniya va firmalarning moliyaviy yo’qotishlariga sabab bo’lgan. Jumladan, 
1862 yilda banklarning inqirozga yuz tutishi natijasida AQShning yirik kompaniya 
53
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. F.Mullajonov taћriri ostida. –T.: «O’zbekiston» nashriyoti, 2001y. 34 – 
bet.


va firmalari 100 mlrd AQSh dollaridan ortiq zarar ko’rgan. Bularning barchasi 
AQSh hukumati tomonidan tijorat banklari va pul muomalasi ustidan tegishli 
nazoratni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqargan, natijada 1913 yilda AQSh 
Federal zaxira tizimi tashkil etilib, ushbu bankka yagona emissiya huquqi va tijorat 
banklari faoliyatini litsenziyalash vazifasi yuklatilgan
54

Iqtisodiy adabiyotlarda, dastlabki Markaziy bank 1650 yilda Shvetsiyaning 
Stokgolm shahrida tashkil etilganligi qayd qilingan
55
. Ushbu bank oltin tangalar 
asosida depozit sertifikatlarini muomalaga chiqargan, mazkur depozit sertifikatlari 
butun shvetsiya hududida to’lov vositasini bajargan bo’lib, taqdim qiluvchiga oltin 
tanga berilishi bilan kafolatlangan.
Dastlabki emission bank 1694 yilda Angliya banki sifatida tashkil etilgan 
bo’lib, ushbu bank muomalaga pullarni emissiya qilish va banklarning tijorat 
veksellarini ro’yxatga olish bilan shug’ullangan
56
.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o’rtasida xalqaro savdo va 
hisob – kitoblarning rivojlanishi Markaziy banklar zimmasiga qo’shimcha 
vazifalarni yuklash zaruriyatini keltirib chiqardi. Endi Markaziy banklar emission 
bank vazifasini bajarishdan tashqari mamlakatda kredit muassasalari faoliyatini 
tartibga solish, iqtisodiyotda pul – kredit siyosatini amalga oshirish bilan 
shug’ullanadi.
Davlat mamlakat milliy valyutasini muomalaga chiqarish, uni tartibga 
solish, kredit muassasalari faoliyatini nazorat qilish, hisob – kitoblarni tashkil etish 
bilan bog’liq qator qonunlarni qabul qildi. Shu tarzda davlat kredit muassaslari 
faoliyatini tashkil etish va pul muomalasini amalga oshirish bo’yicha barcha 
ishlarni to’liq o’z qo’liga oldi. 
Markaziy banklarning tashkil topish shakliga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 
ular davlat kapitali asosida tashkil topgan markaziy banklar (Buyuk Britaniya
Evropa ittifoqi, Rossiya), aktsiyadorlik shaklidagi markaziy banklar (AQSh, 
Italiya), aralash kapital ishtirokida markaziy banklar (Yaponiya, Belgiya) 
ko’rinishida vujudga kelgan. 
Ayrim markaziy banklar dastlab aktsiyadorlik shaklida tashkil topib, 
keyinchalik davlat tomonidan milliylashtirilgan. Ta’kidlash joizki, markaziy 
banklar qanday shaklda tashkil topgan bo’lishidan qa’tiy nazar, ular o’z 
vazifalarini davlat bilan o’zaro kelishuv va uning siyosatiga hamoxang tarzda olib 
boradi. Ayniqsa, ularning o’zaro yaqinligi mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy 
aloqalarning rivojlanishining zamonaviy bosqichida juda chuqurlashdi. 
Markaziy bank davlat bilan juda yaqin aloqada faoliyat yuritsada, 
mamlakatda pul – kredit siyosatini amalga oshirishda davlatdan mustaqil bo’lishi 
muhim hisoblanadi. Agar davlat Markaziy banklarning pul – kredit siyosatiga 
bevosita aralashsa, ularga pul – kredit siyosatini amalga oshirish bo’yicha zarur 
darajadagi mustaqillikni bermasa mamlakat milliy valyutasi va pul muomalasi 
54
Compton, Eric N. Principles of banking. Library of Congress. Printed in the USA. Fourth edition, 1991. pp. 8 – 9. 
55
Dengi, kredit, banki: uchebnik. /kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavrushina. – 5 – e izd., 
ster. –M.: KNORUS, 2007. –S. 403. 
56
Dengi, kredit, banki: uchebnik. /kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavrushina. – 5 – e izd., 
ster. –M.: KNORUS, 2007. –S. 403. 


barqarorligini ta’minlashda qator muammolar vujudga keladi. Shu jihatdan
Markaziy banklar iqtisodiy va huquqiy jihatdan mustaqil hisoblanadi, ularning 
davlatga bog’liqligi yoki mustaqilligi turli mamlakatlarda turlichadir. Odatda 
mamlakat parlamentiga hisobdor bo’lgan Markaziy banklar ko’proq mustaqil 
hisoblanadi (AQSh, Rossiya, O’zbekiston), mamlakat Moliya vazirligiga hisobdor 
bo’lgan Markaziy banklar mustaqilligi nisbatan pastroq hisoblanadi, dunyoda 
bunday banklar ko’pchilikni tashkil etadi. 
Markaziy bank pul – kredit siyosatini amalga oshirishda u yoki bu darajada 
davlatdan mustaqil bo’lgani bilan o’zining pul – kredit siyosati orqali hukumatning 
ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish rejasini, siyosatini qo’llab – quvvatlashga 
bevosita va bilvosita mas’ul hisoblanadi. Shunday ekan, Markaziy bank tomonidan 
amalga oshirilayotgan pul – kredit siyosati hukumatning makroiqtisodiy darajadagi 
siyosatini amalga oshirish nuqtai nazaridan ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy 
etilishi lozim bo’ladi. 
Markaziy bank mazkur jarayonida amalga oshirishda o’zining qator 
funktsiyalarini bajarish orqali ishtirok etadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 
Markaziy banklarning asosiy maqsadi mamlakat milliy valyutasining barqarorligini 
ta’minlashdan iborat. Ular ushbu vazifani bajarish uchun qator funktsiyalarni 
bajaradi, ushbu funktsiya va vazifalar davlatning Markaziy bank to’g’risidagi 
qonunida belgilab qo’yiladi.
Sanoati rivojlangan shaharlarda Markaziy banklar asosan to’rtta funktsiyani 
bajaradi:

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling