Pul, kredit va banklar


-mavzu: Tijorat banklari va ularning funktsiyalari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

12-mavzu: Tijorat banklari va ularning funktsiyalari 
 
12.1. Tijorat banklari va ularning tashkil topishi 
12.2. Tijorat banklarining funktsiyalari 
 
12.1. Tijorat banklari va ularning tashkil topishi 
Tijorat banklari mamlakat bank tizimining ikkinchi bo’g’inidagi 
moliyaviy muassasa hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlari va iqtisodiy 
adabiyotlarda 
tijorat 
banklari 
jamiyatdagi 
vaqtinchalik 
bo’sh pul 
mablag’larini jalb qilib, ushbu mablag’larni tegishli shartlar (to’lovlilik, 
qaytarishlik, 
muddatlilik, 
ta’minlanganlik, 
maqsadlilik) 
asosida 
iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtiradigan, shuningdek jismoniy 
va yuridik shaxslarga to’lov hisob – kitoblarni amalga oshirish bo’yicha 
xizmat ko’rsatadigan tijorat tashkilotlari sifatida tasniflanadi.
Zamonaviy sharoitda tijorat banklarining jismoniy va yuridik 
shaxslarga ko’rsatadigan vositachilik operatsiyalari va xizmat turlari ortib 
bormoqda. Tijorat banklarining ushbu munosabatlari tijorat asosida tashkil 
etiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, tijorat banklarining faoliyati tijoratga 
asoslangan bo’lib, ularning asosiy faoliyati yuqori darajada foyda olishga 
yo’naltiriladi. Biroq, tijorat banklari ishlab chiqarish korxonalaridan farqli 
o’laroq, o’z foydasini qo’shimcha qiymat ishlab chiqarish hisobidan emas 
balki, korxona, tashkilotlar va aholi ixtiyoridagi vaqtinchalik bo’sh pul 
mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablag’larga ehtiyoji 
mavjud bo’lgan shaxslarga tijorat yo’sinda berish orqali foydasini 
shakllantiradigan o’ziga xos moliyaviy muassasa hisoblanadi. 
O’zbekistonda tijorat banklarining tashkil etilishi bevosita mustaqillik 
yillariga to’g’ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar “bank 
tizimini faqatgina bir necha banklar, ya’ni SSSR Davlat banki, Tashqi 


iqtisodiy faoliyat banki, Qurilish banki va Davlat mehnat omonat 
jamg’armalari kassalari mavjud bo’lib, ittifoqdosh respublikalarda ushbu 
banklarning respublika, viloyat idoralari va tuman bo’limlari faoliyat 
ko’rsatar edi
58
”. 
O’zbekistonda dastlabki tijorat banklarini tashkil etilishining huquqiy 
asosi bo’lib 1991 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining 
“Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonuni xizmat qildi.
Albatta, mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomillashuvi va 
iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi natijasida tijorat banklari maqomi, 
kapitali va faoliyatiga qo’yilgan talablar doimiy ravishda o’zgarib bormoqda. 
Bularning natijasi o’laroq, O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank 
faoliyati to’g’risida”gi qonunining yangi tahrirdagi matni 1996 yil 25 aprelda 
qabul qilindi. Mazkur qonun mamlakatimiz bank tizimi, xususan tijorat 
banklarini tashkil topishi va rivojlanishiga mustahkam huquqiy baza bo’lib 
xizmat qilmoqda.
O’zbekistonda tashkil etilgan dastlabki tijorat banki Tashqi iqtisodiy 
faoliyat Milliy banki hisoblanadi. Keyinchalik, “1994 – 1995 yillarda 
ixtisoslashtirilgan “Asaka” bank (avtomobil sanoatini qo’llab quvvatlash 
uchun), 
“G’allabank” (g’alla etishtirishni moliyalashtirish uchun), 
“Paxtabank” (qishloq xo’jaligi korxonalarini qo’llab – quvvatlash uchun) 
yakka xo’jaliklarni qo’llab – quvvatlash uchun “Tadbirkor” tijorat banki 
tashkil etildi”
59
.
O’zbekistonda tijorat banklari faoliyatiga litsenziya berish, ularning 
faoliyatini nazorat qilish va to’xtatish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan 
bo’lib, tijorat banklarini tashkil etishda asosiy omillardan biri ularning ustav 
kapitaliga qo’yilgan talab hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz 
58
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. F.Mullajonov tahriri ostida. –T.: «O’zbekiston» nashriyoti, 2001y. 73 – 
bet. 
59
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2 – tom. –T.: “O’zbekiston”, 1996. 16 – 17 – betlar. 


tijorat banklari kapitalining minimal miqdoriga qo’yilgan talab doimiy 
ravishda oshib bormoqda. Quyidagi jadvalda bu haqda ma’lumotlar 
keltirilgan. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling