Pul, kredit va banklar


O’beistonda tijorat banklari kapitaliga o’rnatilgan


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

O’beistonda tijorat banklari kapitaliga o’rnatilgan
minimal talab darajasi va dinamikasi
 
Joriy etilgan 
sana 
Tijorat 
banklari 
uchun 
Chet el kapitali 
ishtirokida 
ochilayotgan 
banklar uchun 
Xususiy banklar 
uchun 
1.01.1998 y. 
1,5 mln. 
AQSh dol. 
ekvivalent. 
5 mln. AQSh dol. 
ekvivalent. 
0,3 mln AQSh 
dol. ekvivalent. 
1.01.2000 y. 
2,5 mln. 
5,0 mln. 
0,3 mln. 
1.01.1999 y. 
2,5 mln. 
5,0 mln. 
1,25 mln. 
1.01.2005 y. 
5,0 mln. 
5,0 mln. 
2,5 mln. 
1.01.2008 y. 
5,0 mln.Evro 
ekvivalent. 
5,0 mln.Evro 
ekvivalent. 
2,5 mln.Evro 
ekvivalent. 
1.01.2011y.- 
hozirgi 
kungacha 
10,0 mln. 
5,0 mln. 
5,0 mln. 
Tijorat banklari kapitalining minimal miqdoriga qo’yilgan talab 2007 
yil 31 dekabrgacha AQSh dollari ekvivalentida amalga oshirilgan bo’lsa, 
2008 yil 1 yanvardan boshlab evro ekvivalentida jamg’arilishi joriy etildi. 
Ta’kidlash joizki, tijorat banklari o’z faoliyatini dastlab boshlayotgan davrda 
kapitalning minimal miqdorini shakllantirilishi zarur bo’ladi. Tijorat banklari 
Markaziy bankdan litsenziya olib, faoliyatini boshlagandan so’ng esa 


kapitalning ushbu minimal miqdorini doimiy ravishda oshirib borishlari 
lozim bo’ladi, kapitalni oshirishning asosiy mezoni sifatida ularning riskka 
tortilgan aktivlari hisoblanadi. Hozirgi paytda ushbu daraja umumiy kapitalga 
nisbatan 0,1 koeffitsientda, asosiy kapitalga nisbatan esa 0,05 koeffitsientda 
bo’lishi talab etiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari aktsiyador mulkchilik 
shaklida tashkil etiladi. Bu borada 1998 yil 2 oktyabrda O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Aktsiyadorlik – tijorat banklari faoliyatini 
takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida” Farmoni qabul qilindi. Ushbu 
farmonga ko’ra, tijorat banklarini boshqarishda aktsiyadorlarning va bank 
Kengashlarining roli oshirildi. Quyidagi rasmda tijorat banklari tashkiliy 
tuzilishining namunaviy ko’rinishi keltirilgan.
Tijorat banklari faoliyati uning boshqaruv organlari tomonidan amalga 


oshiriladi. Bankning boshqaruv organi quyidagilar hisoblanadi: 
15. aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi;
16. bank Kengashi (kuzatuv kengashi);
17. bank Boshqaruvi. 
Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi bankning oliy boshqaruv organi 
hisoblanadi. Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining mutloq vakolatiga kiruvchi 
masalalar bank Kengashi yoki Boshqaruviga topshirilmaydi. Bank 
Kengashining miqdoriy tarkibi ustav yoki aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi 
qaroriga ko’ra belgilanadi. Aktsiyadorlar soni 500 gacha bo’lgan ochiq 
turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank Kengashi 
miqdoriy tarkibi kamida besh a’zodan, 501 dan 1000 gacha bo’lgan 
banklarda kamida etti a’zodan va 1000 dan ortiq bo’lgan banklarda kamida 9 
a’zodan iborat bo’lishi lozim. 
Yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank 
Kengashi a’zolari umumiy soni aktsiyadorlar sonidan qat’i nazar beshtadan 
kam bo’lmasligi kerak. 
O’zbekistonda tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini 
nazorat qilish Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 9 sentyabrda 
tasdiqlangan "Banklarni ro’yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi 
to’g’risida”gi 22 – sonli Nizom asosida amalga oshiriladi. Mulkchilik 
shaklidan qat’iy nazar mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari mazkur 
nizomga asosan tashkil etiladi va tugatiladi. 
Markaziy bank tijorat banklariga bank operatsiyalarini amalga oshirish 
uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda asosiy omil bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
18. biznes rejaning maqbulligi;
19. kapitalning adekvatligi;
20. daromadlilikning kelgusi istiqbollari;


21. ko’zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro’ – e’tibori;
22. bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi 
qonunchilikka muvofiqligi;
23. monopoliyaga qarshi choralar. 
Dastlab tashkil etilayotgan banklarning ustav kapitalida banklarning 
ishtirok etishiga yo’l qo’yilmaydi, xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va 
shu’ba banklarni tashkil etish hollari bundan mustasno. 
Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitalida bir aktsiyadorning ulushi 
yigirma foizdan ortsa Markaziy bankdan oldindan rozilik olinishi lozim. Bir 
aktsiyador yoki o’zaro bog’langan aktsiyadorlar guruhining tijorat banki 
ustav kapitalidagi ulushi ustav kapitali umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq 
bo’lishi mumkin emas. 
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklarining muassislari moliyaviy 
jihatdan barqaror bo’lishlari lozim. Muassislarning moliyaviy barqarorligi 
quyidagi omillar bilan belgilanadi: 
24. balansning nolikvidligi
25. to’lovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik; 
26. yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot deb e’lon 
qilinishidan qat’i nazar uning passivlari aktivlaridan oshib ketishi; 
27. yuridik shaxs taqdim etgan shaxs zarur hollarda ustav 
kapitalini oshira olmasligini ko’rsatsa; 
28. bankda mulk sotib olinishi ko’zda tutilishi natijasida 
bankka yoki uning omonatchilariga moliyaviy xavf solinishi 
mumkinligini ko’rsatuvchi boshqa hollar ma’lum bo’lsa. 
Tijorat banklarini tashkil etishda barcha shaxslar ham ishtirok etishi 
maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunday shaxslar tarkibiga: 
29. bankrotlikka uchragan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari, 
boshqaruvi va kuzatuv kengashi a’zolari yoki yirik ishtirokchisi va 


yuridik shaxsning bankrotligi ularning harakatlari oqibatida yuzaga 
kelganligi faktlari ma’lum bo’lsa; 
30. o’zining ishbilarmonlik va shaxsiy xattiharakatida ishlarni 
noto’g’ri boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini namoyish 
qilgan shaxslar. 
31. offshor hududlarda ro’yxatga olingan norezident yuridik 
shaxslar; 
32. davlat hokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari, 
jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, byudjetdan tashqari fondlar, 
byudjet muassasalari va tashkilotlari, agar boshqa holat qonunlarda 
ko’zda tutilmagan bo’lsa. 
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari quyidagi ta’sis hujjatlarini 
Markaziy bankka taqdim etishi lozim: 
a) muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan 
tasdiqlangan ta’sis shartnomasi;
b) muassis – aktsiyadorlar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan va bank 
Kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi; 
v) ta’sis yig’ilishining bayoni. Bu hujjatda bankni tashkil etish, ustav 
kapitali miqdori, ustav va biznes – rejani tasdiqlash, bank Kengashi, taftish 
komissiyasi va boshqaruvini saylash to’g’risidagi qaror bo’lishi lozim. 
Mustaqillikka erishgandan hozirgi kungacha bo’lgan davrda turli mulk 
shaklidagi qator banklar tashkil etildi, ularning asosiy qismi mamlakatimiz 
moliya 
– kredit bozorida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. 
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomillashuvi va iqtisodiy 
islohotlarning chuqurlashuvi natijasida ularning ayrimlarini maqomi 
o’zgartirildi, ayrimlari boshqa banklarga qo’shilib yoki umuman faoliyatini 
to’xtatdi. 2010 yil 1 yanvar holatiga mamlakatimizda jami 30 ta tijorat 
banklari tashkil etilgan bo’lib, ularning uchtasi davlat banki, beshtasi xorijiy 


kapital ishtirokidagi qo’shma banklar, 13 tasi xususiy banklar, qolganlari 
aktsiyadorlik tijorat banklari hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklar iqtisodiyotning muhim moliyaviy 
“qon tomirlari” hisoblanib, ularning faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish 
mamlakatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida amalga 
oshiriladi. Mamlakatimizda bu boradagi jarayon doimiy ravishda rivojlanib 
va takomillashib bormoqda. 
Taniqli iqtisodchi olimlar, jumladan Laurishin “tijorat banki  bu 
tashkilot emas balki korxona’’ deb hisoblaydi. Ularning fikriga ko’ra tijorat 
banklari ham mahsulot yaratadi. Tijorat banklari nomoddiy shaklga ega 
bo’lgan mahsulotlarni yaratadi. Misol: depozit va kredit. Lekin amaliyotda 
tijorat banklarini kredit muassasasi va kredit tashkiloti deb atash keng 
tarqalgan. Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatidagi o’ziga xos maqomni 
quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi. 
 Tijorat banklari butun iqtisodiyotda subektlari hamda aholini kreditlaydigan 
qudratli moliya institutlari hisoblanadi. Bugungi kunda ularning kreditlarisiz 
biror bir mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash va uy-joy muammosini hal 
qilish mumkin emas. 
 Tijorat banklari aholiga va xo’jalik yurituvchi subekt, hisob-kitob kassa 
xizmat ko’rsatadigan moliyaviy institut hisoblanadi. 
 Tijorat banklari faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat qiladigan moliya 
institutidir. Davlat odatda tijorat banklari faoliyatini Markaziy bank orqali 
nazorat qiladi. Bunday qattiq nazoratning asosiy sababi banklarga depozitlar 
va omonatlar berish huquqini berilganligidir. 
 Tijorat banklari shartnoma asosida mijozlarga moliyaviy xizmatlar 
ko’rsatadigan kredit institutlari hisoblanadi.


Bu moliyaviy xizmatlarning bahosi bank va mijoz o’rtasidagi kelishuvga 
asoslandi. Hech qaysi davlat organi bank xizmatlari bahosini shakllanish 
jarayonida aralashishiga haqqi yo’q. 
 Tijorat banklari mijozlarning bankka jalb etilgan mablag’larini sir tutishi ni 
kafoltlaydigan moliya institute hisoblanadi. Bu kafolatlar bank siri 
to’g’risidagi qonunda o’z ifodasini topadi. 
 Tijorat banklari ishlab chiqarish, sug’urta va savdo faoliyati bilan 
shug’ullanish man etilgan instituti. 
Tijorat banklari boshqaruv organlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi. 
A. Aksiyadorlarning umumiy yig’lishi  bu organ tijorat banklarini 
boshqaruvchi eng yuqori organ hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy 
yig’lishi bankning ustav kapitalini ko’paytirish, bank kengashi va boshqa 
a’zolarini ta’yinlash kabi muhim vazifalarnihal qilish vakolatiga ega. 
Aksiyadorlarga dividend to’lash ham muhim masalalardan hasoblanadi. 
B. Bank kengashi bank aksiyadorlari tarkibidan tashkil topadi. Kengash 
bankning kredit siyosati varivojlantirish strategiyasini tastiqlaydi. Bank 
kengashi a’zolari sonini har bir mamlakat qonunchiligiga asoslanadi. Misol: 
O’zbekiston Respublikasi bank kengashi a’zolari soni aksiyadorlari 500gacha 
bo’lgan banklarda kamida 5ta, aksiyadorlari soni 501-1000ta gacha bo’lagan 
banklarda 7ta, aksiyadorlar soni 1000tadan ortiq bo’lsa 10 kishidan iborat 
bo’lishi kerak. 
C. Bank organi  xorijiy banklarda bank boshqaruvi direktorlar kengashi 
deyiladi. Bank boshqaruvi bankning asosiy bo’linmalarida rahbarlaridan 
tashkil topadi. 
 Buxg’altir 
 Kredit deposit 
 Valyuta va pul muomalasi direktorlari kiradi. 


Bank boshqaruvi banklarning joriy faoliyatini amalga oshiradi. 
D. Taftish komissiyasi  bu komissiya bankda doimiy faoliyat yuritadi va 
asosan bank xarajatlarni nazorat qiladi. 
Tijorat banklarida turli xil qo’mitalar ham tashkil qilinib ularni 
boshqarish organi sifatida e’tirof etish mumkin. 
Misol: O’zbekiston Respublikasi 2010-yil 26-noyabrda 1438 qaroriga 
muvoffiq tijorat banklarida bank aktivlari sifatini nazorat qiluvchi qo’mitalar
tashkil qilingan. 
Tijorat banklarning barqarorligi deganda uni iqtisodiy-siyosiy risklardan 
ishonchli himoya qilish imkonini beradigan darajada likvidli va to’lovga 
qobil bo’lishi tushuniladi.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling