Pul, kredit va banklar


Tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi)


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi). Bozor 
iqtisodiyotining doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib borishi iqtisodiyotda 
qo’shimcha pul resurslariga bo’lgan talabni keltirib chiqaradi. Tijorat banklari 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining moliyaviy resurslariga bo’lgan talabini 
iqtisodiyotda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini o’ziga jalb qilish orqali 
qondiradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ushbu talabining o’z vaqtida va past 
kredit foizlari asosida ta’minlanmasligi mamlakat iqtisodiyotining rivojiga salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu jarayonni iqtisodiyotda pul taqchilligi sifatida ham 
izohlash mumkin. Bir jihatdan, iqtisodiyotda vujudga kelgan pul taqchilligi milliy 
valyutaning inflyatsiya darajasini pasayishiga olib keladi, lekin iqtisodiyotda pul 
taqchilligi darajasining ortib borishi ishlab chiqarish sur’atining pasayishi va
ishsizlik darajasining oshishi kabi xavfli ijtimoiy – iqtisodiy tanglikni keltirib 
chiqaradi. Markaziy bank aynan mana shunday ijtimoiy – iqtisodiy xavfni tijorat 
banklarining qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan talabini o’zining qayta 
moliyalash siyosati orqali bartaraf etadi. Ya’ni, Markaziy bank tijorat banklariga 


arzon moliyaviy resurslarini berishi orqali iqtisodiyotda pul massasi va tovar 
massasi o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi. 
Demak, Markaziy bank qayta moliyalash siyosati orqali mamlakatdagi pul 
resurslari bozoridagi foiz stavkasiga ta’sir etib, miliy valyutaning barqarorligini 
mustahkamlaydi. Chunki qayta moliyalash stavkasining pasaytirilishi iqtisodiyotda 
pul massasining ortishiga, aksincha uning oshirilishi esa tijorat banklarining pul 
resurslariga bo’lgan talabini kamayishi natijasida iqtisodiyotda pul massasining 
pasayishiga olib keladi.
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi orqali faqat pul bozoriga emas
balki mamlakat fond bozoriga ham ta’sir o’tkazadi. Qayta moliyalash stavkasining 
ortishi pul bozoridagi depozit mablag’larning foizini va bank krediti foizining 
oshishiga olib keladi. Pul bozorida depozit mablag’larning va bank krediti 
foizining ortishi o’z navbatida fond bozorida qimmatli qog’ozlarga bo’lgan 
talabning pasayishiga va ularning taklifini ortishiga olib keladi. Chunki pul 
bozorida depozit mablag’larga to’lanadigan foizlar miqdorining ortishi pul bozori 
ishtirokchilarini to’g’ridan – to’g’ri moliyalashtirishga bo’lgan manfaatdorligini 
oshiradi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling