Pul, kredit va banklar


Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati tarixidan


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati tarixidan. 
Markaziy bank mustaqillikning dastlabki yillarida o’zining qayta 
moliyalash stavkasidan inflyatsiyaga qarshi kurashda asosiy qurollardan biri 
sifatida foydalandi. Milliy valyuta muomalaga kiritilgan paytda qayta 
moliyalash stavkasi yiliga 150 foizni tashkil etar edi. Ammo milliy valyutani 
muomalaga kiritilgungacha bo’lgan davrda inflyatsiyaning inertsiya kuchi shu 
darajada katta ediki, tezda qayta moliyalash stavkasining bu darajada etarli 
emasligi ma’lum bo’lib qoldi. Inflyatsiyani kamaytirish borasida yanada 
qat’iyroq siyosat yuritish maqsadida Markaziy bank 1994 yil oktyabr oyidan 
boshlab qayta moliyalash stavkasini 150 foizdan 225 foizgacha ko’tardi. 1995 
yil fevral oyida 250 foizgacha oshirilgan bo’lsa, mart oyidan boshlab 300 foiz 
etib belgilandi*.
Inflyatsiya darajasining anchagina kamaytirilishi Markaziy bankning 
qayta moliyalash stavkasini ham asta – sekin tushirib borishi uchun zamin 
yaratdi. 1996 yili qayta moliyalash stavkasi 50 foizni tashkil etgan bo’lib, 
keyinchalik pasayib borish tendentsiyasiga ega bo’lgan. Xususan, 2003 yil 16 
iyulda 24%, 2003 yil 10 sentyabrda 20%, 2004 yil 5 iyulda 18%, 2004 yilda 
12 yanvarda 16%, 2006 yil 15 iyulda 14%, 2011 yil 1 yanvarda 12% 
belgilandi**.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. F.Mullajonov tahriri ostida. –
T.: «O’zbekiston» nashriyoti, 2001y. 59 – 60 – betlar. 
** O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining e’lon qilingan 
ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
Ochiq bozordagi siyosati. Markaziy bankning ochiq bozordagi siyosati – bu 
davlatning obligatsiyalari, xazina veksellari va boshqa qimmatli qog’ozlarini 


yuridik va jismoniy shaxslarga sotishi va sotib olishi bilan bog’liq 
operatsiyalaridir. Markaziy bank davlatning va o’zining qimmatli qog’ozlarini 
sotish orqali iqtisodiyotda pul massasini pasaytiradi. Bu o’z navbatida milliy 
valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamlash va inflyatsiya darajasining 
pasayishiga olib keladi.
Markaziy bank sotilgan qimmmatli qog’ozlarni qayta sotib olish orqali 
muomaladagi pul massasining oshishiga va tijorat banklarining qo’shimcha pul 
resurslariga bo’lgan ehtiyojini qondirishga zamin yaratadi. 
Markaziy bank hozirgi kunda Davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini va 
o’zining obligatsiyalarini muomalaga chiqarish orqali ochiq bozordagi 
operatsiyalarini amalga oshiradi. Markaziy bank ushbu operatsiya orqali tijorat 
banklarining likvidliligiga va qimmatli qog’ozlarning foiz stavkasiga ta’sir qiladi. 
Markaziy bank obligatsiyalari va davlatning qimmatli qog’ozlarini sotish 
iqtisodiyotda pul massasini kamaytiradi, ularni muomaladan qaytarib sotib olish 
esa teskari natijani beradi.
Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari orqali pul – kredit 
siyosatini amalga oshirishning samarali usullaridan biri hisoblanib, mamlakatning 
pul va fond bozoriga bevosita ta’sir ko’rsatadi, shuningdek, milliy iqtisodiyotda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy bank va hukumat tomonidan chiqariladigan qimmatli qog’ozlar 
eng avvalo ta’minlanganligi va foizining nisbatan yuqoriligi ularning 
jozibadorligini oshiradi va yuridik hamda jismoniy shaxslarni sotib olishga 
undaydi.
Shuningdek, ushbu qimmatli qog’ozlarga fond bozorlarida talabning 
yuqoriligini ta’minlashga erishish, ularni sotib oluvchilarning likvidli aktivlarining 
hajmini ortishiga xizmat qiladi. Shu bois, investorlarda qo’shimcha mablag’larga 
zaruriyat tug’ilganda ularni fond bozorlarida qiyinchiliklarsiz sotish orqali talabini 
qondirish imkoniyatiga egadirlar.
Shu bilan birga, ochiq bozordagi operatsiyalar o’zining zaif jihatlariga ham 
ega. Birinchidan, iqtisodiyotda inflyatsiyaning mavjudligi yuridik va jismoniy 
shaxslarda davlatning va Markaziy bankning qimmatli qog’ozlarini sotib olishga 
bo’lgan manfaatdorligini tushirib yuboradi. Ikkinchidan, qimmatli qog’ozlarning 
qaytarish muddati etib kelganda ularga to’lanadigan foizlar bilan qaytarib sotib 
olinishi mamlakatda dastlabki pul massasini ortishiga olib keladi, qimmatli 
qog’ozlarga to’lanayotgan foizlarning hajmi tovarlar bilan ta’minlanmagan bo’lsa 
iqtisodiyotda baho va inflyatsiya darajasining oshishiga zamin yaratadi.
Hukumat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlardan tushgan mablag’lar 
asosan davlatning strategik ahamiyatga ega bo’lgan vazifalarini bajarishga va 
byudjet taqchilligini qoplashga yo’naltiriladi. Davlat byudjetining taqchilligini 
noinflyatsion qoplash manbasi bo’lgan qisqa muddatli obligatsiyalar (DQMO) 
1996 yil mart oyidan muomalaga chiqarildi.


Markaziy bank 1998 yil yanvardan boshlab ikkilamchi bozorda davlatning 
qisqa muddatli obligatsiyalarini sotish va sotib olish operatsiyalarini o’tkaza 
boshladi
57

Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari «O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari 
bilan REPO bitimlarini amalga oshirish to’g’risida» muvaqqat Nizom, 
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslar uchun 
obligatsiyalarini chiqarish va ular muomalasi to’g’risida», «O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslar uchun obligatsiyalarni 
chiqarish va ular muomalasi to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi to’g’risida nizom» va 
boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling