Pul, kredit va banklar


 Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

13.3. Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlarning moliyaviy 
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida 
qator noa’nanaviy operatsiyalarni bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga 
faktoring, kredit – ijara (lizing), kontokorrent (overdraft), forfeyting, trast kabi 
operatsiyalarni kiritish mumkin.
 
Faktoring operatsiyalari 
 
Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini 
sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi.
Birinchisi, faktor – vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi 
bo‘limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini 
amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti 
ham mavjud.
Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi), faktor – vositachi 
bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi. 
Uchinchisi, tovar sotib oluvchi
Mijoz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim 
bo‘lgan pul mablag‘ini talab qiluvchi hujjatlar asosida “faktor – vositachi” bilan 
faktoring operatsiyasi bo‘yicha shartnoma tuzadi. Faktor – vositachi imzolangan 
faktoring shartnomasi asosida, ma’lum komission to‘lov hisobiga mijozga sotilgan 
tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib 
aytganda, faktor – vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablag‘larni to‘lash 
bilan bog‘liq to‘lov hujjatlarni komission to‘lov asosida “sotib oladi”.


Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar 
sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. 
Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi 
bo‘yicha faktor – vositachi tomonidan mijozga to‘lagan summani to‘lay olmasa, 
ushbu zarar faktor – vositachining gardaniga tushadi.
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari 
sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 
– sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‘rsatilgan 
xizmatlarga to‘lashi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash 
imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlar tufayli 
vujudga keladi;
– tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish 
jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‘larga 
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi;
– banklarning moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish hisobiga 
qo‘shimcha foydani shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojining mavjudligi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling