Pul, kredit va banklar


Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari bu passiv operatsiyalar 
natijasida shakllantirilgan moliyaviy mablag‘larni tegishli foydani 
shakllantirish maqsadida samarali maqsadlarga joylashtirishi bilan bog‘liq 
faoliyati majmuidir. Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari iqtisodiy 
mohiyatidan kelib chiqqan holda moddiy va nommoddiy aktivlarga, riskli va 
risksiz aktivlarga, daromad keltiradigan va daromad keltirmaydigan aktivlar 
sifatida guruhlash mumkin. 
Kredit uyushmalarining moddiy aktivlariga bevosita qiymat va buyum 
ko‘rinishida mavjud bo‘lgan aktivlar kiradi. Masalan, kassadagi naqd pullar, 
kreditlar, asosiy vositalar shular jumlasidandir. Nomoddiy aktivlarga kredit 
uyushmasini faoliyatini tashkil etish uchun sotib olingan dasturiy mahsullar, 
gudvill va boshqa shu kabilarni kiritish mumkin. 
Ma’lumki, kredit muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha 
operatsiyalarning asosiy qismi bevosita risk bilan bog‘liq. Shuningdek, kredit 
uyushmalarining faoliyati ham bundan holi emas. Shu jihatdan ularning aktiv 
operatsiyalari ham riskli va risksiz aktivlardan iboratdir. Kredit 
uyushmalarining riskli operatsiyalari bevosita ularning daromadlarini 
shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalari jarayonida vujudga kelib, risk 
darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa ularning daromadlari hajmi ham shu 
darajada yuqori bo‘ladi va aksincha. 
Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari sifatida berilgan kreditlar, 
investitsiyalar, lizinglar va boshqa shaxslardagi omonatlarini keltirish 
mumkin. Risksiz aktivlar tarkibiga esa kassadagi naqd pullar, tijorat 
banklaridagi mablag‘lari, asosiy vositalar va shunga o‘xshash aktivlarini 
kiritish maqsadga muvofiqdir. 
Kredit 
uyushmalarining 
barcha 
operatsiyalari 
ham 
daromad 
keltirmaydi, shunday bo‘lsada, uyushmaning faoliyatini tashkil etish 
maqsadida ular daromad keltirmaydigan operatsiyalarni amalga oshirishga 
ham majburdirlar. Masalan, kassadagi naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalari, 
asosiy vositalar, bankdagi hisobvaraqlaridagi mablag‘larni daromad 
keltirmaydigan aktivlar sifatida ta’kidlash mumkin.
Kredit uyushmalarining daromad keltiradigan aktivlari tarkibiga 


kreditlar, investitsiyalar, lizing va boshqa muassasalarga qo‘yilgan muddatli 
jamg‘armalarni kiritish mumkin.
Kredit uyushmalarining daromad va xarajatlariKredit uyushmalarini 
foizli va foizsiz daromad va xarajatlarga guruhlash mumkin.
Kredit uyushmalarining foizli daromadlari ularning riskli operatsiyalari 
hisobidan shakllantiriladi. Kredit uyushmalari daromadlarining asosiy ulushi 
ularning kredit operatsiyalari hisobidan shakllantiriladi. Foizli va foizsiz 
daromadlar uyushma balansining passiv hisobvaraqlarida hisobga olib 
boriladi, barcha daromadlar har oyda, chorakda va hisobot yilining oxirida 
uyushmaning tegishli hisob varaqlariga (31206 – Sof foyda (zarar) (aktiv – 
passiv)) kreditlash orqali yopiladi.
Kredit uyushmalarining xarajatlari ularning passiv operatsiyalari 
natijasida vujudga keladi. Xarajatlarning asosiy ulushi resurslarni jalb qilish 
(foizli xarajatlar) va uyushma xodimlariga ish haqi berish (foizsiz 
xarajatlar)ga to‘g‘ri keladi.
Foizli va foizsiz xarajatlar uyushma balansining aktiv hisobvaraqlarida 
hisobga olib boriladi, barcha xarajatlar har oyda, chorakda va hisobot yilining 
oxirida uyushmaning tegishli hisob varaqlariga (31206 – Sof foyda (zarar) 
(aktiv – passiv)) debetlash orqali yopiladi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling