Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
Kredit – ijara (lizing) 
Iqtisodiy nuqtai nazardan, kredit – ijara (lizing)murakkab savdo – moliya – 
kredit operatsiyalarining bir shakli hisoblanadi. Kredit – ijaraning asosiy 
xususiyatlari sifatida lizing muddati davomida ijaraga berilgan vositalarga nisbatan 
egalik huquqini saqlab qolishdir. Uning asosiy shakllaridan biri mashina va 
jihozlarni ijaraga berish, asosiy usullaridan biri investitsiyalarni moliyalashtirish va 
ta’minotni faollashtirish hisoblanadi.
Kredit – ijara (lizing) operatsiyasida odatda uch tomon ishtirok etadi: 
27. 
ishlab chiqaruvchi (tovar sotuvchi), bo‘lajak lizing beruvchiga 
tegishli mashina va jihozlarni sotuvchi yuridik shaxs; 
28. 
lizing beruvchi, tovar sotuvchidan mashina va jihozlarni sotib 
oluvchi, mulkning egasi sifatida lizing shartnomasiga asosan ma’lum 
muddatga va to‘lov evaziga mashina va jihozlarni lizing oluvchiga beruvchi. 
Odatda, lizing beruvchi sifatida yetarli darajada moliyaviy mablag‘ga ega 
bo‘lgan banklar, ixtisoslashgan lizing kompaniyalari, korxonalar maydonga 
chiqadi; 
29. 
lizing oluvchi, lizing shartnomasiga ma’lum muddat va to‘lovga 
asosan mashina va jihozlarni oluvchi shaxs.
Odatda, lizing oluvchi sifatida asosan yuridik shaxslar maydonga chiqadi. 
Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, lizinga 
olingan mashina va jihozlarning shartnoma muddati tugagandan so‘ng lizing 
beruvchiga qaytariladi yoki lizing oluvchining ixtiyorida qoladi. Lizing o‘ziga xos 
bo‘lgan shartnoma hisoblanadi, unda ijara elementlari va kredit elementlari 
mujassamlashadi. Shu bois, lizing so‘zi “kredit – ijara” tarzida talqin etiladi.
Lizing iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, kredit munosabatlariga xos bo‘lib, 
kreditning iqtisodiy mohiyati va elementlarini o‘zida aks ettirsada, kredit sifatida 
to‘liq e’tirof etilmaydi. Chunki, kreditor va qarzdor kapital sifatida pul mablag‘i 


bilan emas, balki ishlab chiqaruvchi jihozlar vositasida o‘zaro munosabatga 
kirishadi. Shu bilan birga, lizing kredit hisoblanib, unda kreditning barcha 
tamoyillari o‘z aksini topadi, shu jihatdan lizing qiymat shaklidagi kredit 
ko‘rinishida emas, balki tovar shaklidagi kredit sifatida namoyon bo‘ladi. 
Iqtisodiyotda lizingning qator ijobiy jihatlari mavjud bo‘lib, ularning 
asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
– lizing oluvchi korxona va tashkilotlarda mashina va jihozlarni sotib olish 
uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar yetishmovchiligi yoki mavjud emasligi 
bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘z 
faoliyatini yangidan boshlayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub’ektlariga qimmat va zamonaviy mashina va jihozlarni sotib olish bilan bog‘liq 
muammolarni yechishga yordam beradi. Bu iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil 
etishga va boshqa qator ijtimoiy – iqtisodiy ziddiyatlarni oldini olishda muhim rol 
o‘ynaydi; 
– ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mashina va jihozlarni 
sotish bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishi natijasida ishlab chiqarish 
jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi; 
– lizing beruvchining ixtiyoridagi pul mablag‘lari samarali manbalarga 
joylashtiriladi va buning natijasida ma’lum darajada foyda olish imkoniyati 
vujudga keladi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling