Pul mablag’lari hisobi reja: Kirish Pul mablag’lari haqida tushincha Kassa operatsiyalarini hisobga olish


Kassa operatsiyalarini hisobga olish


Download 123.92 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi123.92 Kb.
#1498645
1   2   3   4   5
Bog'liq
PUL MABLAG

Kassa operatsiyalarini hisobga olish
Korxonaning kassasi buxgalteriya aparatining tarkibida bo’lib, unga naqd pul mablag’lari va boshqa qimmatliklar (qimmatli qog’ozlar, pulli hujjatlar, pochta markalari va boshqa) ni qabul qilish, berish hamda saqlash operatsiyalarini amalga oshirish majburiyati yuklatilgan.
Pul mablag’larining butligi, kassa operatsiyalarini bajarish bo’yicha moddiy javobgarlik korxona rahbari tomonidan tayinlanadigan kassirga biriktirilgan. Kassa operatsiyalarini yuritish amaldagi qoidaga ko’ra tartibga solinadi.5
Kassada kechiktirib bo’lmaydigan xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan belgilangan limit doirasida qoldiq bo’lishi mumkin. Belgilangan limitdan ortiqcha naqd pul kassada faqat ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya berish kunlari, bank muassasasidan pul olingan kun ham qo’shilgan holda, uch kun ichida saqlanishi mumkin.
Kassaga pulni qabul qilish bosh buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolangan kassa kirim orderi (KO-1-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda pul topshiruvchiga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzolangan (0402004-kvitansiya) kvitansiya beriladi.
Kassadan naqd pul kassa chiqim orderi (KO-2-shakl) yoki kassa chiqim orderi rekvizitlari o’rnini bosuvchi maxsus shtamp qo’yilgan talabga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar (to’lov qaydnomai, pul berish to’g’risida ariza, schyotlar va b.) bo’yicha beriladi.
Kassadan pul rahbar va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan hujjatlar bo’yicha beriladi. Agar kassa chiqim orderlariga ilova qilinadigan pul berish to’g’risidagi hujjatlarda rahbarning imzosi bo’lsa, kassa chiqim orderlariga imzo qo’yish shart emas.
Kirim kassa orderlari, uning kvitansiyalari va kassa chiqim orderlari buxgalter tomonidan aniq qilib yoziladi. Bu hujjatlarda xech qanday o’chirish yoki to’g’rilashga ham yo’l qo’yilmaydi. Korxonada ishlamaydigan shaxslarga pul berishda ularning shaxslarini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjat talab qilinadi, kassa chiqim orderning pul olganligi to’g’risida imzo qo’yiladigan joyida taqdim etilgan hujjatning ma’lumotlari ko’rsatiladi.


Download 123.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling