Pul mablag’lari hisobi reja: Kirish Pul mablag’lari haqida tushincha Kassa operatsiyalarini hisobga olish


Hisob kitob qilish holatlari to’g’risida


Download 123.92 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi123.92 Kb.
#1498645
1   2   3   4   5
Bog'liq
PUL MABLAG

Hisob kitob qilish holatlari to’g’risida
Ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag’lar uchun naqd pul bankdagi hisob-kitob schyotidan pul chek daftarchasiga asosan olinadi.
Pul chek daftarchasi hisob-kitob schyotidan unda ko’rsatilgan naqd pulni berish to’g’risida korxonaning bankka bergan buyrug’i bo’lib hisoblanadi. Ish haqi, pensiya nafaqa, mukofotlar to’langanda har bir oluvchiga kassa chiqim orderi tuzilmasdan to’lov qaydnomai bo’yicha to’lanadi. Ish haqi tarqatilgandan so’ng to’lov qaydnomai bo’yicha umumiy to’langan summaga buxgalter kassa chiqim orderi tuzadi. Kassa orderlari bo’yicha pul qabul qilish va to’lash faqat hujjatlar tuzilgan kuni amalga oshiriladi.
Barcha kassa kirim va chiqim orderlarini buxgalter kassa kirim va chiqim hujjatlarini ro’yxatga olish jurnaliga yozib (KO-3-shakl) kassirga beriladi. Pul olingandan yoki berilganidan so’ng kassir zudlik bilan kirim va chiqim orderlariga imzo qo’yadi hamda ularga ilova qilingan hujjatlarga sanasini ko’rsatib shtamp yoki qo’lda: kirim hujjatlariga – «Olindi», chiqim hujjatlariga – «Тo’landi» deb belgi qo’yadi.
Ro’yxatga olish jurnali ma’lumotlariga asosan olingan va sarflangan naqd pul maqsadli ishlatilishi korxona tomonidan nazorat qilinadi hamda kassir tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarning to’liqligi tekshiriladi.
Naqd pul harakatini kassir raqamlangan, tikilgan va korxona muhri bosilgan kassa daftarida hisobga oladi. Kassa daftaridagi varaqlar soni korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kassa daftari ikki nusxada yuritilib, ikkinchi nusxasi yirtib olinib kassirning hisoboti sifatida foydalaniladi. Birinchi nusxasi esa kassa daftarida qoladi. Kassa daftarida o’chirib tuzatish va tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Тalabga muvofiq qilingan tuzatishlar kassir va bosh buxgalter yoki uni o’rnini bosuvchi shaxs tomonidan imzolanib tasdiqlanadi. Har bir order bo’yicha pul qabul qilingandan yoki berilgandan so’ng kassa daftariga yozib boriladi.
Naqd pul harakati
HarHar kuni ish vaqti tugagandan so’ng kassir kunlik operatsiyalar jamlanib, kassada keyingi kun boshiga qoldiqni chiqaradi va shu kunning o’zida kassa kirim, chiqim orderlari hamda ularga ilova qilingan hujjatlar bilan birga hisobot (daftarning yirtib oladigan varag’i)ni kassa daftari (birinchi nusxasi)ga imzo qo’yib bosh buxgalterga topshiradi. Kassa hujjatlariga imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan xodim kassir vazifasini bajarmaydi. Naqd pul mablag’lari harakati 5010 – «Milliy valutadagi pul mablag’lari» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida naqd pulning kirimi, kreditida – chiqimi aks ettiriladi. Schyotning saldosi hisobot davri boshiga kassada qolgan naqd pulni ko’rsatadi. 5010 – schyotning kredit oboroti 1 – jurnal-orderda aks ettiriladi. Debet oborotlari turli jurnal-orderlarga yoziladi, bundan tashqari, 1–qaydnoma bilan nazorat qilinadi.
1 – jurnal-order va 1-qaydnomaga yozish uchun kassirning hisoboti asos bo’lib hisoblanadi. Registrda kassirning har bir hisoboti bir qatorga yoziladi. Demak, jurnal-order va qaydnomada band qilingan qatorlar soni kassirning topshirgan hisobotlar soniga teng bo’lishi kerak.
5010- schyot bo’yicha maxsus analitik hisob yuritilmaydi. Analitik registrlari bo’lib kassa daftari, kassirning hisobotlari yoki ularning o’rnini bosuvchi mashinogrammalar hisoblanadi.
Ichki nazorat tizimi – bu aktivlarni himoya qilish va buxgalteriya schyotlarida aks ettirilgan ma’lumotlarini to’g’riligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan siyosat hamda ish yuritish tartibidir. Pul harakatini ichki qat’iy nazorat qilish tizimi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun to’g’ri axborot berilganligini kafolatlaydi.
Kassa tashkil qilingan barcha karxonalarda pul mablag’lari butligini ta’minlash muhim masala bo’lib hisoblanadi. Pul mablag’larini yashirish, olib ketish oson, ularda kimga tegishli ekanligi to’g’risida belgi yo’q va ular oson konvertatsiya qilinadi. Ularni o’g’irlash imkoniyati shu bilan bog’liqki, ayrim shaxslar hisob tizimiga kirishi va pul mablag’larini qo’riqlashga ruxsat olishi mumkin.
Kassir moddiy javobgar shaxs bo’lib, korxonaga yetkazilgan zarar uchun javobgardir. Kassir lavozimiga qabul qilingan shaxsni korxona rahbari kassa operatsiyalarini yuritish tartibi bilan tanishtirtib, u bilan moddiy javobgarlik to’g’risida yozma majburiyat (shartnoma) tuzadi. Kassadagi pul mablag’lari oyiga kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Korxona rahbari buyrug’i bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan kassirning ishtirokida kassa to’satdan tekshiriladi. Bunda naqd pul, pulli hujjatlar, qimmatli qog’ozlar va qat’iy hisobot blankalari to’liq tekshiriladi. Kassa chiqim orderlari bilan rasmiylashtirilmagan tilxatlar kassa bo’yicha qoldiqqa kiritilmaydi. Korxonaga tegishli bo’lmagan pul mablag’larini kassada saqlash taqiqlanadi.
Kassada ortiqcha yoki kamomad aniqlansa, inventarizatsiya dalolatnomasining orqa tomonida sodir bo’lgan ortiqcha va kamomadning sabablarini ko’rsatib kassir tushintirish xati yozadi, korxona rahbari esa tekshirish natijasi bo’yicha inventarizatsiya komissiyasi qarorini tasdiqlaydi. Aniqlangan ortiqcha naqd pul quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan kassaga kirim qilinadi: Dt 5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari» schyoti, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.



Download 123.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling