Pul mablag’lari hisobi reja: Kirish Pul mablag’lari haqida tushincha Kassa operatsiyalarini hisobga olish


Download 123.92 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi123.92 Kb.
#1498645
  1   2   3   4   5
Bog'liq
PUL MABLAG


PUL MABLAG’LARI HISOBI


Reja:


Kirish


1.Pul mablag’lari haqida tushincha


2. Kassa operatsiyalarini hisobga olish


3. Hisob kitob qilish holatlari to’g’risida


4. Naqd pul harakati


5. Ichki nazorat tizimi

Xulosa




Kirish
Ilm va izlanish bo‘Imagan joyda hech qanday rivojlanish, yuksalish va umuman, biror-bir sohaning kelajagi bo‘lmaydi.
Sh.Mirziyoyev
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda bank tizimi va hisobotini mustaqil fan hamda amaliyotda kompaniyalar boshqaruvining muhim bo‘g‘ini sifatida xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish o‘ta muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo’lgani kabi, bank tizimi va boshqarilishi borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo’ldi. Keyingi yillar mobaynida xalqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi bank tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Bank tizimi va faoliyatyidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi bank tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
Oʻtgan yillarda mamlakatimizda banklar faoliyatining normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, bank sohasida ish ko’rishning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu bank tizimining shakllanishiga va mahalliy bank faoliyatini yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini taʼminlashga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar bank tizimining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun bank faoliyatining ahamiyatini oshirishga toʻsqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, banklarga ishonch darajasi past, shuningdek, banklarga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan maʼmuriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinchidan, bank tizimini tanlab olish boʻyicha mavjud cheklovlar va tanlovlar oʻtkazish amaliyoti koʻp hollarda insofsiz, shu jumladan, narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda;
uchinchidan, bank xodimlarini maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega boʻlib, professional tayyorgarlikning va xizmatlar sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan, xalqaro standartlarga mos tizim taʼminlanilmayapti, bu esa soha nufuzining pasayishiga olib kelmoqda;
toʻrtinchidan, bank tizimi ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy taʼsir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini koʻrsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora koʻrish imkonini bermayapti;
beshinchidan, bank faoliyati milliy standartlari umumeʼtirof etilgan xalqaro audit standartlariga toʻliq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish koʻnikmasining shakllanishini taʼminlamayapti.1



Download 123.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling