Pul monetar siyosat suyunov azizbek


Download 4.95 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi4.95 Kb.
#1773992
Bog'liq
RAHMATULLAYEV MURODULLA

Pul monetar siyosat

SUYUNOV AZIZBEK

MAVZU: MARKAZIY BANKNING OCHIQ BOZOR SIYOSATI


2.O’zbekistonda ochiq bozor operatsiyalarini rivojlantirish istiqbollari.
1.Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyasi.
REJA;

Markaziy bankning ochiq bozor siyosati


Markaziy bankning ochiq bozor siyosati deganda, odatda, Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorida qimmatli qog’ozlarni sotib olinishi yoki sotilishi tushuniladi.

Markaziy banklarning ochiq bozor operatsiyalarida oldi-sotdi ob’ekti sifatida, asosan, quyidagi qimmatli qog’ozlardan foydalaniladi:


xazina veksellari;
hukumatning obligatsiyalari;
hukumatning o’rta va o’zoq muddatli xazina majburiyatlari;
korporativ obligatsiyalar;
tijorat banklarining depozit sertifikatlari;
korxonalarning tijorat veksellari.
Foiz kanalini rivojlantirishda yana bir masala qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha “daromadlilik egri chizigi”ni shakllantirish bo’lib, uning to’laqonli shakllanishi nafaqat iqtisodiyotdagi depozit va kreditlar, balki obligatsiya­lar foiz stavkalari orqali kam pul- kredit sharoitlarini ta’minlash imkonini beradi.
Bugungi kunda qarz qimmatli qogozlari bozorining etarli darajada rivojlanmaganligi, davlat qimmatli qogozlari emissiyasining kamligi va ular bo’yicha daromadlilik darajasining bank tizimi likvidligiga bog’liqligi samarali “daromadlilik egri chizig’i” shakllanishiga to’sqinlik qilmoqda.
Pul-kredit siyosati foiz kanali ta’sirchanligini oshirishning yana bir muhim elementi bu mamlakatda moliya bozorlarining rivojlanishi hisoblananadi. Moliya bozorlarining rivojlanishi iqtisodiyotda moliyaviy resurslarning samarali qayta taqsimlanishiga va bevosita uzoqrok muddatli pullar narxining bozor tamoyillari asosida shakllanishiga zamin yaratadi.
Mаrkаziy bаnkning mоnеtаr siyosаtini аsоsiy instrumеntlаridаn yanа biri bu – Mаrkаziy bаnkning оchiq bоzоrdаgi оpеrаtsiyalаridir. Mаrkаziy bаnkning оchiq bоzоr siyosаti shundаn ibоrаtki, qimmаtli qоg’оzlаrgа bo’lgаn tаlаb vа tаklifni tаrtibgа sоlib, bundа tijоrаt bаnklаrining qiziqishlаrini uyg’оtishdir.
Ochiq bozor operatsiyalarining e’tiborga molik jihatlaridan biri shundaki, xalqaro bank amaliyotida Markaziy bank bilan tijorat banklari o’rtasida kursni belgilash borasidagi shartnomani imzolashda quyidagi ikki xil standart mavjud:
1. Foiz stavkalari barcha tijorat banklari uchun yagona stavkada belgilanadi.
Ushbu standart «kreditlarni taqsimlashning gollandcha usuli» deb ataladi.
2. Foiz stavkalari har bir tijorat bankiga nisbatan alohida o’rnatiladi. Ushbu standart «amerikacha standart» deb ataladi.
Rivojlangan davlatlarda va bir qator o’tish iqtisodiyoti davlatlarida hukumatning qimmatli qog’ozlariga tijorat banklari tomonidan qilingan investitsiyalar ular aktivlarining umumiy hajmida sezilarli darajada yuqori salmoqni egallaydi. Bu esa, mazkur mamlakatlarning markaziy banklariga ochiq bozor siyosatini faol tarzda amalga oshirish imkonini beradi.

Xulosa


O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining monetar instrumentlaridan foydalanish amaliyotining takomillashmaganligi so’mning almashuv kursining barqarorligini ta’minlashga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirgan.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 4.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling