Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Bimetallizm. Metall pul belgilarining muomalasi


Download 0.61 Mb.
bet5/18
Sana18.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1282800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
sardor pul va banklar mustaqil ish

1.3-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.

Bundan tashqari, inflyatsion kutilmalar kredit va depozit foiz stavkalari hamda kredit xizmatlari foydalanuvchilarining talabi shakllanishiga ta`sir o`tkazish orqali ularning iqtisodiyotdagi kreditlashga bo`lgan kayfiyatida ham namoyon bo`ladi. Xususan, inflyatsion kutilmalar oshishi kuzatilganda depozitlarning jozibadorligini saqlab qolish maqsadida ularning foiz stavkalari oshiriladi va bu o`z o`rnida kredit resurslari qimmatlashuviga hamda kredit foiz stavkalarining ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Kredit foiz stavkalarining o`sishi esa aholi va korxonalarning kelgusida kredit olish rejalariga ta`sir qiladi. SHuningdek, agar kredit stavkalari oshishi kreditga bo`lgan talab pasayishiga olib kelmasa, kelgusida bu holat iqtisodiyotda inflyatsion bosim oshishiga olib keladi.


Sentyabrdagi so`rovlar natijalariga ko`ra, kredit stavkalari oshishi bo`yicha aholining kutilmalari ortib bormoqda. Xususan, respondentlarning uchdan ikki qismi kelgusi 12 oy davomida yillik kredit foiz stavkalari 16–25 foiz darajasida bo`lishini kutishmoqda (- rasm). SHu bilan birga, respondentlarning yarmidan oshig’i qisqa muddatli istiqbolda bank kreditini (asosan avtokredit, iste`mol krediti va ipoteka) olish niyati borligini ta`kidlab o`tishgan. Bu esa aholining kredit resurslariga bo`lgan talabi yuqori darajadaligini ko`rsatadi.
Bunda aholini faol kreditlash iste`mol talabini rag’batlantirib, narxlar dinamikasiga oshiruvchi ta`sir ko`rsatadi.

1.4-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.


Aholining joriy kredit va jamg’arma kayfiyatlari keyingi yilda iqtisodiy faollik oshishini ko`rsatmoqda, bu esa inflyatsiyaga talab nuqtai nazaridan bosim saqlanib qolishini anglatadi. Ta`kidlash joizki, iqtisodiyotda yalpi talab va iqtisodiy faollik oshib borayotgan paytda importni cheklash siyosati olib borilishi kelgusi inflyatsion bosimning keskin oshishiga olib kelishi mumkin.


O`zbekiston iqtisodiyotida shakllangan mavjud inflyatsion kutilmalar sharoitida kelgusida ichki narxlar oshishini sekinlashtirish uchun qat`iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish lozim bo`ladi. Markaziy bank o`rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini yuritishda ushbu shart-sharoitlarni inobatga oladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling