Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Bimetallizm. Metall pul belgilarining muomalasi


Mavzu: Pul massasi va uning mohiyati


Download 0.61 Mb.
bet3/18
Sana18.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1282800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
sardor pul va banklar mustaqil ish

Mavzu: Pul massasi va uning mohiyati


Reja:

  1. Pul massasining o`sishini jilovlashga qaratilgan

monetar siyosatni amalga oshirish.

  1. Inflyatsiya darajasining o`sishi.

  2. Inflyatsion kutilmalar indeksi.



















  1. Pul massasining o`sishini jilovlashga qaratilgan monetar siyosatni amalga oshirish


Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o`rganishda iqtisodchi olimlar uning monetar sabablarini, ya`ni tovar masasiga nisbatan pul massasining xajmini o`zgarishini asosi qilib ko`rsatadilar. Inflyatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda uning darajasini o`lash uchun dastak lozim bo`ladi. Ushbu dastak bo`lib baholar indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste`mol narxlarining bazis davridan narxlarga nisbatan o`sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste`mol savatiga kiritilgan mahsulotlar v xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi:


PKt
IPTS = ------------ x 100 %
PKb
Bu yerda: IPTS – iste`mol narxlarining indeksi; PKt - iste`mol savatining joriy narxi; Pkb - iste`mol savatining bazis narxi.


II. Inflyatsiya darajasi
Inflyatsiya darajasining o`sishini bir bahosini o`sishi bilan aniqlash mumkin. Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so`m bo`lgan va uning joriy davrdagi narxi 585 so`mga teng. Demak, biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning narxi 117 % ga ortgan.
Iqtisodiyotdagi narxlar darajasiga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omillardan biri inflyatsion kutilmalar hisoblanadi.
Inflyatsion kutilmalar aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining kelgusidagi narxlar darajasi bo`yicha farazlari bo`lib, ular tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Inflyatsion kutilmalar asosida ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar o`zlarining kelgusidagi moliyaviy rejalarini va narx-navo siyosatini shakllantiradilar.
Ishlab chiqaruvchilarning inflyatsion kutilmalari inflyatsiyaga taklif nuqtai nazaridan ta`sir ko`rsatadi. Kutilmalar oshgan holda, ishlab chiqaruvchilar kelajakda narxlarning oshishi hisobiga kutilayotgan qo`shimcha narxlarni o`z mahsulotlarining joriy narxlariga qo`shib qo`yadilar. Iste`molchilarning inflyatsion kutilmalari esa talab dinamikasiga ta`sir ko`rsatadi. Aholining inflyatsion kutilmalari oshgan sharoitda iste`molchilar kelgusida narxlar o`sishi tezlashib ketishidan xavfsirab, kelajak uchun tovarlarni ko`proq sotib ola boshlaydilar, bu esa talabni oshirib joriy narx- navoning o`sishiga olib keladi.
Bundan tashqari, inflyatsion kutilmalar iqtisodiyotdagi tadbirkorlik va investitsion faollikka, kreditlash va jamg’arish kayfiyatlariga, foiz stavkalariga va boshqa iqtisodiy jarayonlarga o`z ta`sirini ko`rsatadi.
SHu bois, inflyatsion kutilmalarni o`rganib borish va unga ta`sir ko`rsatish pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirishda muhim rol’ o`ynaydi. SHuningdek, aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining inflyatsion kutilmalari asossiz shakllanishining oldini olish maqsadida Markaziy bank kommunikatsiya kanallari orqali o`zi olib borayotgan pul-kredit siyosati shaffofligiga va ochiqligiga, iqtisodiyotda ro`y berayotgan jarayonlar tahlilini yoritishga alohida e`tibor qaratmoqda.
Xususan, press-relizlar, sharhlar, axborot-tahliliy ma`lumotlar, prognozlar, interv’yu va bayonotlar orqali Markaziy bank qabul qilgan qarorlariga tushuntirishlar berib boradi hamda iqtisodiyotdagi holat va inflyatsion jarayonlarning rivojlanishiga o`z nuqtai nazarini bildiradi, bu esa aholi va korxonalarning kutilmalarini oydinlashtirishga yordam beradi.
SHu bilan birga, kommunikatsiya kanallarining inflyatsion kutilmalarga ta`sirchanligini oshirish – olib borilayotgan pul- kredit siyosatiga bo`lgan ishonchni izchillik bilan mustahkamlab borish hamda aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining moliyaviy savodxonligini oshirib borishni taqozo etadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling