- Tijorat banklarining aktiv operatsiyasi deganda foyda olish va o‘zining likvidliligini ta'minlash maqsadida resurslarini joylashtirish operatsiyasiga aytiladi.
3. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari 3. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari - Tijorat banklari aktivlarining asosiy qismini, ya'ni 75-80 foizini berilgan kreditlar va sotib olingan qimmatli qog‘ozlar tashkil etadi. Bu esa, kredit operatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarni sotib olish operatsiyalarini banklarning asosiy operatsiyalari ekanligidan dalolat beradi.
«Yokogama bank» (Yaponiya) aktivlarining tarkibi. 31. 03. 2016 y. 3. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari - Tijorat banklarida eng yuqori likvidli aktivlar bo‘lib, kassali aktivlar hisoblanadi.
- Kassali aktivlar tarkibi
- 1. Kassadagi naqd pullar
- 2. Bankning Markaziy bankdagi “Nostro” vakilliy hisobraqamidagi pul mablag‘lari
- 3. Bankning boshqa banklardagi “Nostro” vakillik hisobraqamlaridagi pul mablag‘lari
- 4. Inkassasiya jarayonidagi pul mablag‘lari (flout)
3. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari - Tijorat banki investor sifatida qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi.
- Bank qimmatli qog‘ozlarni ikki maqsadda sotib oladi:
- 1. Likvidliligini ta'minlash maqsadida
- 2. Daromad olish maqsadida
3. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari - Korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar yuqori riskli bo‘lganligi sababli tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar portfelini diversifikasiyalashga katta e'tibor beradilar.
- Shuningdek, Markaziy banklar tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalariga nisbatan cheklovlar o‘rnatadi.
O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan cheklovlar - 1. Tijorat bankining bir emitentning qimmatli qog‘ozlariga qilgan investisiyalari uning birinchi darajali kapitalining 15 foizidan oshib ketmasligi kerak.
- 2. Tijorat bankining oldi-sotdi qilish uchun mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilgan investisiyalari uning birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshib ketmasligi kerak.
- 3. Tijorat bankining barcha emitentlarning qimmatli qog‘ozlariga qilgan investisiyalari uning birinchi darajali kapitalining 50 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |