Pul va banklar fanidan keys studylar. 1-topshiriq. Quyidagi so’z va birikmalarga ta’rif bering


Download 198.11 Kb.
bet1/10
Sana07.11.2023
Hajmi198.11 Kb.
#1754044
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pul va banklar fanidan keys studylar. 1-topshiriq. Quyidagi so’z-fayllar.org


Pul va banklar fanidan keys studylar. 1-topshiriq. Quyidagi so’z va birikmalarga ta’rif bering

Pul va banklar fanidan keys studylar.

1-topshiriq. Quyidagi so’z va birikmalarga ta’rif bering
Akkreditiv – mijozning topshiriqiga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir.
Aktivlar – Federal Zaxira buxgalteriya balansidagi 2 turdagi aktivlar ikki sabab bo’yicha eng muhim aktivlardan hisoblanadi. Birinchisi, aktiv moddalaridagi o’zgarishlar zaxiralar va pul bazasining o’zgarishiga olib boradi va natijada pul taklifi miqdoriga ham ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchidan, ushbu aktivlar (davlat qimmatli qog’ozlari va Federal kreditlar) majburiyatlar (foiz to’lanmaydigan muomaladagi pullar, va zaxiralar)ga nisbatan balandroq foiz stavkalarida bo’lganligi sababli, Federal Zaxira har yili milliardlab dollarlar yig’ib oladi, chunki uning aktivlari kattagina daromad keltirsa, passivlari aytarli xarajat talab qilmaydi.

  • Aktsept – so’zi lotincha so’z bo’lib qabul qilmoq degan manoni anglatadi. Bank aktsepti deganda bank tomonidan tijorat vekseli va chek bo’yicha to’lovning kafolatlanishi tushuniladi.



Bank –

Bank krediti –– banklar tomonidan pul shaklida beriladigan kredit.


Banknota –– Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pul bo‘lib, uning aktivlari bilan ta’minlanadi.
Valyuta –– har bir mamlakatning milliy pul birligi.
Valyuta pariteti –– milliy valyuta qiymatining xorijiy valyuta qiymatiga nisbati bo‘lib, valyutalarning xarid qobiliyatlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.
Valyuta kursi –– milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbati bo‘lib, valyuta bozoridagi talab va taklifga qarab aniqlanadi.
Valyuta riski –– valyuta kurslarining tebranishi natijasida zarar ko‘rish xavfi.
Valyuta interventsiyasi –– milliy valyuta kursining favqulodda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga barham berish maqsadida Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutani sotib olinishi yoki sotilishi.
Valyuta zaxiralari –
Valyuta bozori – O‘zbekiston Respublikasida valyuta bozori ikki qismdan, ya’ni Respublika valyuta birjasi va birjadan tashqari bozordan iborat. Valyuta bozorida AQSH dollari va evro bitim valyutasi hisoblanadi, so‘m esa, baholovchi valyuta vazifasini bajaradi.

Davlat krediti –


Devalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya oltin miqdori tushib ketishini anglatgan.
Depozit –– bank mijozlariga tegishli bo‘lgan hisobraqamlardagi pul qoldiqlari.
Deflyatsiya –– inflyatsiya sur’atlarini pasaytirish maqsadida muomaladagi ortiqcha pul massasini olib qo‘yish.
Dividend –– sof foyda hisobidan oddiy aktsiyalarga to‘lanadigan daromad.
Diskont –– qimmatli qog‘ozning joriy birja kursi bilan uni qoplash bahosi o‘rtasidagi farq; forvard valyuta kursi bilan spot kurs o‘rtasidagi farq; banklar tomonidan veksellarni hisobga olish stavkasi.
Denominatsiya –– yangi pulni eski pulga ma’lum nisbatda almashtirish.
Inflyatsiya –– tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi yoki muomaladagi pul massasining ko‘payib ketishi natijasida pulning qadrsizlanishidir.
deganda qo‘zg‘almas mulkni garovga olish yo‘li bilan beriladigan kreditlarga aytiladi.

Indossament –


Indossant – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa tulovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan so‘mmani to‘lashga doir shartsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Vekselni boshqa shaxsga uzatgan shaxs indossant deyiladi
Ipoteka krediti – deganda qo‘zg‘almas mulkni garovga olish yo‘li bilan beriladigan kreditlarga aytiladi.
Kredit-
Kross-kurs –- ikki valyutaning o‘zaro nisbati bo‘lib, bu nisbat mazkur valyutalarning uchinchi valyutaga nisbatan kursi orqali aniqlanadi.

Monetar siyosat –- pullarga bo‘lgan talab va pullar taklifini tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui


Majburiy zaxira siyosati – Markaziy bank pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlaridan biri hisoblanadi.
Obligatsiya- emissiyaviy qimmatli qog’oz bo’lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo’lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi.
Overdraft –
Pul bozori –– ssuda kapitallari bozorining tarkibiy qismi bo‘lib, unda qisqa muddatli kreditlarning bahosi shakllanadi.
Pul muomalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy aylanishi, tashqi iqtisodiy aloqalar tizimidagi, tovarlar va xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy xo’jaligidagi tovarsiz to’lovlarga xizmat ko’rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir.
Pulning xarid kobiliyati - - pulning xarid qobiliyati; pul birligining ma’lum tovarlar soniga ayirboshlash qobiliyati.

Pul mablag‘lari –


Revalvatsiya- bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat.


Download 198.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling