Pul va banklar fanidan keys studylar. 1-topshiriq. Quyidagi so’z va birikmalarga ta’rif bering


Pul birligi Tog’ri javob


Download 198.11 Kb.
bet6/10
Sana07.11.2023
Hajmi198.11 Kb.
#1754044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pul va banklar fanidan keys studylar. 1-topshiriq. Quyidagi so’z-fayllar.org

Pul birligi


Tog’ri javob


Italiya


Ley


Yevro


Ispaniya


Som


Yevro


Jazoir


Rial


Dinor


Janubiy Afrika Respublikasi


Dinor


Rand


Janubiy Korea


Yevro


Von


Marokash


Yevro


Dirham


Misr


Tugrik


Funt


Meksika


Peso


Peso


Mo'g'uliston


Funt


Tugrik


Monako


Dirham


Yevro


Niderlandiya


Von


Yevro


Quvayt


Rand


Dinor


Qatar


Dinor


Rial


Qirg'iziston


Yevro


Som


Ruminiya


Yevro


Ley



Nazorat savollari.
  1. Pul muomalasi qonunlarining mazmuni va maqsadi.


Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini qo’yidagi formula bilan ifodalash mumkin:


Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to’g’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko’p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko’rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.

  1. Pul muomalasi qonunlaridan kelib chiqadigan talablar.


Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim omillarga alohida e’tibor berilishi zarur. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga


qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi;
− naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;
− pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Yoar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga, yoki pul ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o’zaro ta’siri bilan, ya’ni: xo’jalikning pulga bo’lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi.
  1. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublari.


Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro iqtisodiy jamiyat asoschilaridan biri va uning birinchi prezidenti (1931-1933 yillar) I rving Fisher (1867-1947 yillar) pullarning miqdoriy nazariyasini zamonaviylashtirishga katta hissa qo‘shdi. U «Pullarning xarid qilish kuchi. Uning belgilanishi va kredit, foizlar va tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi bilan tovarlar narxlari darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni formallashtirishga harakat qilgan. Tovarlar uchun to‘langan pullar soni va sotilgan tovarlar narxlari summasi teng bo‘lgani uchun buni I.Fisher tarozi bilan o‘xshatmoqchi bo‘ladi.


Matematik shaklda ayirboshlash tenglamasini quyidagi formula shaklida tasavvur etish mumkin:
M V = P Q,
bunda:  – (Expenditure) – pul muomalasining umumiy hajmi, ya’ni mazkur jamiyatda shu yil davomida tovarlarni sotib olish uchun sarflanadigan pullar summasi; M (Money) – ushbu jamiyatda yil davomida muomalada yurgan pullarning o‘rtacha miqdori;
(Velocity) – ne’matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining o‘rtacha soni; P – (Price) – ushbu jamiyatda sotib olinadigan har qanday alohida tovarning o‘rtacha sotish narxi; Q – (Quantity) – tovarlarning jami xarid qilingan soni.
  1. I.Fisherning “almashuv tenglamasi”.


Fisher formulasi oltin tangali standart sharoitida to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki u pullarning ichki qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan qog‘oz pullar muomala qiladigan sharoitda u muayyan mazmun kasb etadi. Bunday sharoitda pul massasining o‘zgarishi, garchi I.Fisher tovarlar narxlarining mutloq elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini ma’lum ma’noda ideallashtirsa-da, lekin tovarlar narxlari darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa neoklassiklar kabi Fisher ham mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o‘z xulosalarini monopoliyalar hukmronlik qiladigan va narxlar oldingi elastikligini jiddiy yo‘qotgan jamiyatga tegishli deb biladi.


Ko‘pgina hozirgi iqtisodchilar ayirboshlash tenglamasini bir xillik, ya’ni MV = PQ sifatida tavsiflashadi. Gap shundaki, bu tenglama D – T ayirboshlash harakatini tovarlarning jami massasiga daxldor deb ifodalashga urinadi, ya’ni tovarlar sotib olingan pullar summasi sotib olingan tovarlar narxlari summasiga teng (bir xil). Bu tavtologiyadir va shuning uchun ayirboshlash formulasi narxlarning umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila olmaydi.

  1. K.Marksning muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash formulasi.


Kiymat konuni va uning muomala doirasida yuzaga chikish shakli - pul muomalasi konuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. kiymat shakllari va pul muomalasi tarakkiyot yo‘lini taxlil kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bolgan pul miqdori aniklanadi. Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortikcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga okib o‘tishi kuzatilgan va aksincha. SHunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo‘lishini inkor etadi.


Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz xar (xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga asosan amalga oshadi.

Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida xech kanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. YUqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o‘z kuchiga ega.


Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi.
SHunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog‘lik bo‘lgan turli xil omillar ta’sir ko‘rsatadi. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar baxosi xisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga tug‘ri proporsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar baxosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul mikdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini boshqarishda shu muxim omillarga aloxida e’tibor berilishi zarur.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muximdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo‘ladi;
- naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi;
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Xar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda ish yuritishi zarur. CHunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu xolda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar baxosidan oshib ketishi, ya’ni inflyasiya bo‘lishiga, yoki pul ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro ta’siri bilan, ya’ni:
xujalikning pulga bo‘lgan extiyoji va amadda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko‘prok uchraydigan xol bu oborotda xujalikka kerak bo‘lganidan ko‘proq pulning bo‘lishidir. Bu albatta, pulning kadrsizlanishiga - pul biriligining xarid kobiliyatining tushushiga olib keladi.

  1. Pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.


Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag‘lari miqdoridagi o‘zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.


Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o‘zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi.
Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vositalarning keng ommalashganligi aholi o‘rtasida ushbu to‘lov vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag‘larining qo‘llanilishining oshishiga olib keladi.
Naqd pulsiz pul mablag‘lari qo‘llanilishi chastotasining ko‘payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o‘zgarishiga olib keladi.
Pul muomalasining tezligi pul aylanishining muhim tavsifnomasi hisoblanadi. Bu shu bilan bog‘liqki, muayyan vaqt davomida (masalan, yil davomida) har bir pul birligi aylanishining soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, iqtisodiyotning normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining miqdori shunchalik kam bo‘ladi. Amalda pul massasi muomalasining tezligi daromad muomalasining tezligini ko‘rsatadi.
Oxirgi yillarda inflyasiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati xam uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, xozirgi kunlardagi inflyasiya: birinchidan, uzluksiz baxolarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyasiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan, ishlab chikarish va kayta ishlab chikarishda krizislar mavekudligi bilan ifodalanadof.
Xozirgi davr inflyasiyasi birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab' chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog‘ining usishi natijasida tovarlar baxosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Inflyasiyaning asosiy sababi - bu xalk xujaligining turli soxalari o‘rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamgarma va iste’mol urtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari urtasidagi muomaladagi pul massasi va xujaliklarning nakd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir.

  1. Pul massasini miqdoriy o‘lchashning zarurligini belgilovchi omillar.


Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi


muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi frantsuz iqtisodchisi J.Boden (1530 – 1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711 – 1776) va Dj.Mil (1773 – 1836), shuningdek frantsuz Sh.Monteske (1689 – 1755) rivojlantirdi.
D.Yum Angliyaga XVI – XVII asrlarda Amerikadan katta hajmda nodir metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: “pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan ta’limotini ilgari suradi.
Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‘lov vositasi sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi, ularning fikricha pul va tovar ayirboshlash
jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto‘g‘ri g‘oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ularning ta’limotidagi ikkinchi kamchilik
muomalaga chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishonishlaridir. Haqiqatda esa ob’ektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur bo‘lgan pulning miqdorini aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg‘arma, to‘lov vositasi kabi funktsiyalarini e’tibordan chetda qoldirishadi.
Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan. Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga asoslangan bo‘lib:
– birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning “tranzaktsion variant” ta’limoti;
ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning “kassa qoldig‘i” kontseptsiyasi ta’limoti hisoblanadi.
Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o‘rganishlar, tahlillar natijasida miqdoriy pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo‘shgan kishilardan
biri amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867 – 1977) ekanligining guvohi bo‘ldik. U pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog‘liq ekanligini ta’kidladi va ularni quyidagilardan iborat bo‘lishini asoslab berdi.
M – muomaladagi pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – o‘rtacha tortilgan baho;
Q – tovarlar hajmi;
M1 – bank depozitlari summasi;
V1 – depozit – cheklarning aylanish tezligi.
  1. Pul massasini o‘lchash bo‘yicha mavjud yondashuvlar.


Pul massasi - bu jismoniy shaxslarga, institutsional egalariga va davlatga tegishli bo'lgan xalq xo'jaligidagi tovarlar va xizmatlarning aylanishini ta'minlaydigan naqd va naqdsiz sotib olish va to'lov vositalarining kombinatsiyasi. Pul massasi tuzilishida faol ayirboshlash mablag'lari sifatida xizmat qilishi mumkin bo'lgan pul aylanmalari, hisobvaraqlar qoldiqlari, shu jumladan, iqtisodiy aylanmaga xizmat qiladigan mablag'lar va passiv qismi mavjud.


  1. Iqtisodiyotni pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi va unga ta’sir qiluvchi omillar.


2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.


Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi.
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.
Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va
Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.

  1. Pul bazasi va uning tarkibi.


Pul bazasiga quyidagilar kiradi:


Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar
Tijorat banklari tomonidan Markaziy bank foydasiga qilingan majburiy zaxira ajratmalari.
  1. Pulning aylanish tezligi va uni hisoblash uslublari. Pulning aylanish tezligiga ta’sir qiluvchi omillar.



Pulning tezligi pul muomalasi va to'lov funktsiyalarini bajarishda pulning intensiv harakatini anglatadi.
Ushbu ko'rsatkichni hisoblashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Ijtimoiy mahsulot qiymati yoki daromadlar aylanishidagi pulning tezligi YaMM yoki ND ning pul massasiga nisbati (M1 yoki M2 agregatlari) sifatida belgilanadi. Ushbu ko'rsatkich pul muomalasi va iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining o'zaro bog'liqligini ko'rsatadi.
To'lov aylanmasidagi pulning aylanishi bank hisobvaraqlaridagi pul miqdorining muomaladagi o'rtacha yillik pul massasiga nisbati bilan belgilanadi. Ushbu ko'rsatkich naqd pulsiz to'lovlarning tezligini anglatadi.
Pulning tezligi muomaladagi pul miqdoriga teskari proportsionaldir, shuning uchun ularning aylanishini tezlashtirish pul massasining o'sishini anglatadi. Bozorda tovarlar va xizmatlar hajmining o'zgarmas hajmi bilan pul massasining o'sishi pulning qadrsizlanishiga olib keladi, natijada inflyatsiya jarayonining omillaridan biri hisoblanadi.

  1. Pul multiplikatori va uni aniqlash tartibi.


Pul multiplikatori – muomaladagi pul massasini qay darajada o‘sib yoki kamayib borayotganini ko‘rsatadi.


M2/Pul bazasi
PM – pul multiplikatori
Pul bazasiga quyidagilar kiradi:
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar
Tijorat banklari tomonidan Markaziy bank foydasiga qilingan majburiy zaxira ajratmalari.

  1. Pullarga bo‘lgan talabni aniqlash.


Кeyns nazariyasida pulga bo‘lgan talabni iqtisodiyot subyektlari o‘z boyligining bir qismini likvidli pul aktivlari shaklida saqlashiga moyilligidan kelib chiqib aniqlashga harakat qilinadi. Bunda pulni likvidli shaklda saqlashning transaksion (to‘lov vositasi sifatida foydalanish), ehtiyotkorlik (ko‘zda tutilmagan xarajatlar bo‘lishini hisobga olish) va olib-sotarlik (moliyaviy aktivlarning kelgusidagi bozor qiymati noaniqligi va yo‘qotishdan qochish xohishi) motivi asosida unga bo‘lgan talabni aniqlashga harakat qilinadi. Кeyns pulga bo‘lgan talabni nominal daromad va ssuda foizi normasiga bog‘liq deb hisoblaydi: nominal daromad pulga bo‘lgan talabga to‘g‘ri mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa teskari mutanosiblikda ta’sir ko‘rsatadi. Кeyns fikricha, muomaladagi pul miqdorining ko‘payishi boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda foiz stavkasi darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar uchun kreditlar arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar o‘sishi ro‘y beradi va natijada YaIM o‘sishi kuzatiladi. YaIMning o‘sishi pulga bo‘lgan talabni kengaytiradi va foizning muvozanatli stavkasini oshiradi. Monetaristlar qarashicha, aynan pul muomalasi ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasini belgilab beradi.


  1. Pullar taklifini baholash.


Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli, muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi.


Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
Mo ‒ naqd pullar;
M1=Mo+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy budjetlar mablag‘lari, budjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M2 = M1 + banklardagi muddatli omonat(jamg‘arma)lar;
M3 = M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.

Download 198.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling