Pul va banklar fanidan keys studylar. 1-topshiriq. Quyidagi so’z va birikmalarga ta’rif bering


Download 198.11 Kb.
bet4/10
Sana07.11.2023
Hajmi198.11 Kb.
#1754044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pul va banklar fanidan keys studylar. 1-topshiriq. Quyidagi so’z-fayllar.org

Mavzu bo’yicha test

J.M.Keyns monetar siyosat indikatori sifatida qaysi ko‘rsatkichni tanladi?


Pul massasining o‘sish ko‘rsatkichi


Milliy valyutaning nominal almashuv kursi


Inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi


Nominal foiz stavkasi


Qaysi pul nazariyasida pulning tovar xususiyati inkor etiladi?


Pulning nominallik nazariyasi


Metall pullar nazariyasi


Pulning miqdoriylik nazariyasi


Monetarizm nazariyasi


Metall pullar nazariyasining asoschisi kim?



N. Orezme



Stefford

T.Men

J. Berkli


Pulning miqdoriylik nazariyasini asoschisi kim?



J. Boden

T.Men

J. Keyns

M. Fridmen


Davlatlarni pul birligini toping


Davlat nomi




Pul birligi


Tog’ri javob


Belgiya


Frank___Real___Efiopiya'>Frank


Yevro___Yevro___Gabon'>Yevro


Braziliy


Frank


Real


Efiopiya


Lempira


Bir


Eron


Frank


Rial


Finlandiya


Lempira


Yevro


Fransiya


Yevro


Yevro


Gabon


Yevro


Frank


Gvineya


Yevro


Frank


Gonduras


Real


Lempira


Germaniya


Bir


Yevro


Gresiya


Yevro


Yevro


Hindiston


Yevro


Rupiya


Iroq


Rupiya


Dinor


Indoniziya


Dinor


Rupiya


Irlandiya


Rupiya


Yevro



Nazorat savollari.
  1. “Umumiy to‘lov aylanmasi” tushunchasi va uning tarkibi.


Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.


Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:
Vertikal vakillik hisob raqami.
Gorizontal vakillik hisob raqami.
Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi.
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasida ochilgan.
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda ularni o‘z majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi.
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsentining eng past normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan.
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay uning pulidan olib qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni to‘lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.
To‘lovlarning muddatliligi
Naqdsiz hisob kitoblarni to‘g‘ri amalga oshirilganligi ustida o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi
Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy javobgarligining mavjudligi.

  1. To‘lov aylanmasining tarkibi.


Pul aylanmasining tarkibi quyidagi qismlardan tashkil topadi:


Markaziy Bank va tijorat banklari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi.
Tijorat banklari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi
Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. (barcha naqd pul ko‘rinishidagi pullarini tijorat banklariga topshirishlari shart.Tijorat banklari o‘z mijozlariga naqd pul puldagi xarajatlarini moliyalashtrish uchun naqd pullar beradi: (Ish haqi, mukofot, mehnat ta’tili pullari va boshqalar.)
Tashkilotlar bilan tashkilotalar o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi
Tashkilotlar va ularning xodimlari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi
Fuqarolar o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi pul aylanmasining tarkibiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, taraqqiy etgan mamlakatlarda iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘lganligi sababli, tovar pul munosabatlarida to‘lovsizlik muammosi mavjud emas.

  1. Pullarning naqd pulsiz aylanmadagi harakat yo‘nalishlari.


Naqd pulsiz pul aylanishi – banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir.


1.Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi prinsiplar asosida tashkil etiladi:
Naqdsiz pul aylanmasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. O‘zbekistonda naqdsiz pul aylanmasining qonunchilik asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonuni.
2. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob raqamlar orqali o‘tkazilishi.
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:
Vertikal vakillik hisob raqami
Gorizontal vakillik hisob raqami
Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi.
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasidaochilgan.
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda ularni o‘z majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi. Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki ekspertlari korxonalarning likvidligini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni taklif qilishgan:
Joriy likvidlik koeffitsienti – (Jlk)
JA - joriy aktivlar
JP - joriy passivlar
Jlk = JA / JP
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsientining eng past normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan.
  1. Pullarning naqd aylanmadagi harakat yo‘nalishlari.


Naqd pul aylanmasi bu pullarning naqd ko‘rinishidagi harakatlarining yig‘indisidir.


Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir.
Naqd pul aylanmasi bu pul mablag‘larining naqd ko‘rinishidagi aylanmasidir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga bo‘lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSH va YAponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan.
Naqd pullar aylanishining amal qilishiga doir quyidagicha asosiy tamoyillar ajratib ko‘rsatiladi:

  1. moliya muassasalari-emitentlarning mavjudligi;


  2. bozor qatnashchilarining mablag‘larni sarflash yuzasidan iqtisodiy erkinligi;


  3. ta’sis etilgan milliy pul birligining amal qilishi;


  4. nazorat qiluvchi organlar oldida tushumlar va xarajatlar hajmlari uchun hisobotchilikni amalga oshirish mumkinligi;


  5. pul mablag‘lariga egalik qilishning legitimligi.


  1. “Naqd pul aylanmasi” tushunchasining mazmuni.


Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga bo‘lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSH va YAponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan.


  1. Naqd pul aylanmasining zarurligi.


Naqd pul muomalasining zaruriy qo‘llanishiga aholining demografik joylashishi ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.


Ushbu omilning ta’siri, ayniqsa bizning Respublikamizda sezilarli darajada saqlanib turibdi. Respublika aholisining aksariyat qismi qishloq hududlarida istiqomat qilayotganligi ushbu omil ta’sirini kuchaytirmoqda. Naqd pullarning iqtisodiy jihatdan zaruriy mavjudligi uning huquqiy asoslarini ham saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Barcha mamlakatlarning qonunchilik hujjatlarida naqd pullar asosiy to‘lov vositasi va milliy pul tizimining asosi deb qayd qilingan.
Demak, naqd pullar qonunchilik asosida davlat tomonidan himoyalangan. Qolaversa, qonunchilik hujjatlarida ham naqd pullarning naqdsiz pul mablag‘lariga nisbatan ustuvor xususiyati saqlanib qolganini sezish qiyin emas. Deyarli barcha mamlakatlarda naqd pul banknotlari va tangalar muomalaga yagona emissiya banki –Markaziy bank (Milliy bank, Federal zaxiralar tizimi) tomonidan chiqariladi va naqd pullar Markaziy bankning so‘zsiz bajarishi shart bo‘lgan majburiyati hisoblanadi.
  1. Naqd pul aylanmasining tarkibi.


Pul aylanmasining tarkibi quyidagi qismlardan tashkil topadi:


  • Markaziy Bank va tijorat banklari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi.


  • Tijorat banklari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi


  • Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. (barcha naqd pul ko‘rinishidagi pullarini tijorat banklariga topshirishlari shart.Tijorat banklari o‘z mijozlariga naqd pul puldagi xarajatlarini moliyalashtrish uchun naqd pullar beradi: (Ish haqi, mukofot, mehnat ta’tili pullari va boshqalar.)


  • Tashkilotlar bilan tashkilotalar o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi


  • Tashkilotlar va ularning xodimlari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi


  • Fuqarolar o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi.



  1. Naqd pul mablag‘lari oqimi.


  • Joriy operatsiyalardan kelib chiqadigan pul oqimlari


  • Investitsiya operatsiyalaridan kelib chiqadigan pul oqimlari


  • Moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadigan pul oqimlari




  1. Naqd pullarni muomalaga chiqarish va muomaladan olish tartibi.


Naqd pul aylanmasi muomalaga 2 kanal orqali chiqadi:


1. Markaziy Bankning zaxira vakillik tizimi (Tijorat banklarining buyurtmalari asosida). Tijorat banklarida naqd pulga bo‘lgan qo‘shimcha talab yuzaga kelganda ular bu talabni qondirish uchun markaziy bankga naqd pul olish uchun buyurtma beradilar. Markaziy Bank buyurtma qilingan naqd pulni emissiya qiladi va uni inkassatsiya xizmati orqali tijorat banklariga etkazadi. Emissiya qilingan summaga Markaziy Bank balansining passiv qismidagi “Majburiyatlar moddasi” ko‘payadi. Tijorat bankining Markaziy Bankning balansida ochilgan “Vostro” vakillik hisob raqamining qoldig‘i ana shu summaga kamayadi.
2.Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtrishda. Markaziy Banklarning tuman va shahar filiallari bo‘lmaydi, shu sababli ular davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirish maqsadida tijorat banklarining xizmatlaridan foydalanishga majbur bo‘ladilar. Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xarajatlarini naqd pulsiz shaklda moliyalashtrib beradi. Moliyalashtrilgan summaning naqd pul ta’minoti Markaziy bank tomonidan amalga oshirilinadi. Markaziy Bank inkassatsiya xizmati orqali naqd pulni tijorat banklariga etkazib beradi. Etkazib berilgan naqd pulning naqd pulsiz ekvivalienti tijorat bankining hisob raqamidan echib oladi.
  1. Markaziy bankning zaxira-vakillik tizimi.


Pul-kredit siyosatini amalga oshirish doirasida Markaziy bank banklar jalb qilgan majburiyatlar ostida banklar tomonidan Markaziy bankda deponentga o‘tkaziladigan majburiy zaxiralarning normativlarini belgilaydi.


Markaziy bank majburiy zaxira talablarining miqdorini, banklarning zaxiralar deponentga o‘tkaziladigan majburiyatlari tarkibini, hisob-kitob qilish va zaxiralash tartibini, shuningdek majburiy zaxiralarni o‘rtachalash koeffitsiyentini tasdiqlaydi.
Majburiy zaxiralarning normativlari barcha banklar uchun bir xildir.
Majburiy zaxiralar banklarning Markaziy bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi mablag‘larini deponentga o‘tkazish yo‘li bilan va (yoki) Markaziy bankda ochilgan vakillik hisobvarag‘ida majburiy zaxiralarni o‘rtachalash koeffitsiyenti miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblangan majburiy zaxiralarning o‘rtachalashtirilgan miqdorini saqlab turish yo‘li bilan ushlab turiladi.
Majburiy zaxiralarni o‘rtachalash koeffitsiyenti qiymati 0 dan 1 gacha oraliqda bo‘lgan son bilan ifodalangan ko‘paytiruvchidan iboratdir.
Minimal zaxira talablari normativlarining o‘zgarishi bunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kamida bir oydan so‘ng amalga kiritiladi.
Undiruvni Markaziy bankdagi hisobvaraqlarda banklar tomonidan deponentga o‘tkazilgan majburiy zaxiralarga qaratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  1. Davlat byudjetining kassa ijrosi jarayonida naqd pullarni muomalaga chiqarish.


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti daromadlari hisobidan respublika byudjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga hamda byudjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratma qilish miqdorini G‘aznachilikka, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyat (shahar) moliya boshqarmalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yetkazadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z navbatida ajratmalar miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmalari hamda tijorat banklarining Bosh ofislariga ijro uchun yuboradi


  1. Naqd pul aylanmasini tashkil qilish printsiplari.


Naqd pul aylanmasini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:


1. Naqd pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solishni me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. Masalan, Markaziy bankning kassa operatsiyalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomasi muhim meyoriy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
2. Barcha korxonalar va tashkilotlar o‘zlarining naqd puldagi mablag‘larini tijorat banklarida saqlashlari shart.
3. Korxonalar va tashkilotlarga kassada kichik miqdorda naqd pul saqlab turishga ruxsat etiladi. Buning uchun ularning kassasiga tijorat banklari tomonidan limit belgilanadi. Bu limit ko‘zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratiladi.
4. Naqd pullardan maqsadli foydalanish prinsiplari
  1. Naqd pullarga bo‘lgan talabni qisqartirish yo‘llari.


Respublika Hukumati tomonidan naqd pullarning bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish bo‘yicha muntazam ravishda katta tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni qabul qiligishi ham aynan shu masalalarning ijobiy yechimini ta’minlashga qaratilgan.


Qonunda u quyidagicha bayon qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol –mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol –mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini yoxud pul mablag‘lariga yoki boshqa mol –mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishdir”. Mazkur qonunga binoan banklar pul mablag‘lari yoki boshqa mol –mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot sifatida qaralib, ularga majburiy nazoratni amalga oshirish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular taqdim etgan hujjatlar asosida aniqlash yoki identifikatsiyalash vazifasi yuklatilgan.
Ayrim mamlakatlarda pul muomalasini tartibga solish uchun uning amal qilish doirasiga chegaralar o‘rnatilgan. O‘zbekistonda naqd va naqdsiz pul o‘rtasidagi mavjud farqqa barham berib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 790 –moddasiga muvofiq fuqarolar o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan hisob –kitoblar hamda fuqarolar bilan korxonava tashkilotlar o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ayrim hisob –kitoblar naqd pulda amalga oshirilishi belgilangan. Yuridik shaxslar o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq barcha to‘lovlar naqd pulsiz shakllarda amalga oshiriladi.Respublikaning aksariyat pul aylanmasi korxona va tashkilotlar o‘rtasida amalga oshirilishi sababli, umumiy pul aylanmasida naqd pul aylanmasining ulushi ancha kamdir.
Demak, naqd pul muomalasi asosan jismoniy shaxslarning naqd pul shaklidagi daromad va harajatlarining harakatidan iborat bo‘lib, aholining kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlarda qo‘llanilmoqda. Shu bilan birgalikda, mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq ayrim to‘lovlarni ham naqd pulda amalga oshirishga ruxsat berilgan.

  1. “Naqdsiz pul aylanmasi” tushunchasining mazmuni.


Naqd pulsiz pul muomalasi - bu pul mablag'lari aylanmasining bir qismi bo'lib, u bankdagi hisobvaraqlardagi yozuvlar va qarama-qarshi da'volarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisob-kitoblardan foydalanishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu umumiy pul aylanmasining 90 foizidan oshadi, Rossiyada uning ulushi biroz kichikroq.


  1. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va uning elementlari.


Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi elementlarining har birini alo- hida ko‘rib chiqamiz.


1930-1932-yillarda o‘tkazilgan kredit reformasi davrida kiritil- gan va sobiq ittifoq davrida mavjud boMgan naqd pulsiz hisob-ki­toblar tizimi iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga asoslangan edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, birin- chi navbatda, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish rejalarini ba- jarish nuqtayi nazaridan mahsulot sotuvchi korxona qiziqishlariga xizmat qilar edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamo­yillari korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun iqtisodiy qiziqishlar va javobgarligi chegaralangan, qat’iy qilib bel- gilangan edi.Bu tamoyillar quyidagicha belgilangan:
1) bank naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi;45
2) to‘lov vaqti qat’iy belgilangan, ya’ni barcha to‘lovlar tovar jo‘natilgandan yoki xizmat bajarilgandan so‘nggina o‘tkaziladi, avans to‘lovIari, tijorat kreditiga mxsat etilmas edi;3) to'lovchining roziligi to‘lov o‘tkazilishining asosi sifatida tan olinadi;4) qaysi sohada, qaysi hollarda naqd pulsiz hisob-kitob shaklla- rining ishlatilishi oldindan belgilab qo‘yilgan, bank u yoki bu hi­sob-kitob shakllarini tanlashga aralashar edi.

  1. Naqdsiz pul aylanmasini tashkil qilish printsiplari.


  2. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.


Iqtisodiy kontragentlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:


1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar;
3) bo‘nak to‘lovlari shaklidagi hisob-kitoblar;
4) ochilgan hisobvaraq bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar;
5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar.
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay uning pulidan olib qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni to‘lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.
  1. Naqdsiz pul aylanmasining afzalliklari.


Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o'tkazilayotgan lurcha toiovlarning qariyb 70-75 foizi to‘lov topshiriqnomalari vordamida amalga oshirilmoqda, bu uning afzalliklari bilan bog‘liq. Bu afzalliklar quyidagilardan iborat:birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya’ni lusob-kitoblami amalga oshirishning texnik jihatdan qulayligi. Bu rsa, o‘z navbatida, xo'jalik yurituvchi subyektlar va bank xodimla- i ming mehnat sarfini kamaytiradi;ikkinchidan, pul mablag'lari harakatining tezligi, ya’ni to‘lov lalabnomasiga nisbatan to'lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kiloblarda hujjatlarning aylanish harakati qisqaligi so‘zsiz xo‘jalik oborot mablag‘larining aylanish tezligini oshiradi;uchinchidan, tovai- sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki \i/,matlar sifatining oldindan aniqlab olinishi. Hisob-kitoblarning bu shaklida to‘lov talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo'lgani kabi bankka raddiya arizasi topshirihnaydi, chunki to‘lovchining o‘zi lo‘lovni to‘lashga rozi bo‘lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi;to'rtinchidan, to‘lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz ope- latsiyalarda qoilanishi, bu esa ushbu shakl bo‘yicha hisob-kitob- larning ahamiyatini yanada yaqqol aks ettiradi.


Plastik kartalarning afzalliklari, albatta, ommaviyligini ta’min- laydi. Ular quyidagilardan iborat:
xavfsizlikning pasayishi, ya’ni foydalanuvchi o‘zi bilan juda ko‘p miqdorda naqd pul olib yurmasligi, boshqa tomondan to‘lovni le/da amalga oshirishi;- valuta konvertatsiyasidan xavotir olraaslik, buni bankning o‘zi amalga oshiradi;- budjet rejasi va nazorati y añada oshadi;- plastik kartochka yo‘qolsa, bankka xabar berib, o‘z hisob-kitob i aqamini muzlatib qo‘yishi muinkin;- bankka qo‘yilgan qo‘yilmalarga bank foiz to‘laydi;- kartochka egasi naqd pul egasidan ko‘proq savdoni amalga oshirishi mumkin;- plastik karíochkalardan foydalangan holda mijozlar hisob raqa- midan mablag‘ yechish va unga pul o‘tkazish umumrespublika ya- gona protsessing markazi orqali amalga oshiriladi. bu ham mijozlar Inunda oluvchilarni turli qalloblik va aldovlardan himoya qiladi;- kartochkada mijozning mablag‘lari yigilib borib, biror katta summadagi xarid yoki xizmatlar uchun to‘lovlami amalga oshirish imkonining ko‘payishi va hokazolar.0 ‘zbekistonda naqd pul massasini qisqartirish, pul muomalasi- ning barqarorligini ta’minlash, naqd pullarning bankdan tashqari- cla aylanishini qisqartirish maqsadida 0 ‘zbekistonda ham plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblai' rivoj topmoqda. Deyarli barcha banklaming hammasida plastik kartochka emissiyasi amalga oshi- rilmoqda.

Download 198.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling