Pul va banklar” fanidan Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi refera t bajardi: Bug`alteriya hisobi va audit yo’nalishi, bh-20-guruh talabasi pulatova shohista denov – 0 Reja
Download 18.52 Kb.
|
pul tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temuriylar davrida "amiri" dirhamlari muomalaga chiqarilgan.
Somoniylar davrida pul turlari.
Ismoil Somoniy davrida Buxoro davlati maydoni kengayib hozirgi O`rta Osiyo davlatlarini qariyb barcha maydonini o`z ichiga olgan va u uch hamda undan ortiq Yevropa mamlakati maydoniga teng kelgan. Somoniylar davrida pul tizimi juda yuqori darajada rivojlangan. Muomalaga yana sifatli kumush tangalar - dirhamlar, oltin pullar kiritilgan. Bu pullar muomalada donalab va og'irligi o`lchab, qabul qilingan. Buxoro davlati Evropa davlatlari bilan keng savdo-sotiq olib borishi natijasida yuqori sifatli kumush tangalar Yevropa va Rus davlatiga oqib o`tgan va biz yuqorida ta`kidlaganimizdek, Rus davlati bu dirhamlarni bo`laklarga bo`lib, pul birligi sifatida muomalada ishlatgan. XI asrda somoniylar davlatidan turklarning o`rin olishi pul muomalasini ham o`zgartirsada, oltin va kumush tangalar pul tizimining asosiy elementi sifatida saqlanib qoldi. XII-XIII asrlarda Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, keyinchalik Temuriylar davrida muomalada asosan oltin, kumush, mis tangalar ko`plab zarb qilingan. Shayboniyxon davrida (1507 yilda) pul islohoti o`tkazilib, cheklangan miqdorda muomalaga oltin, kumush, mis, mis va kumush qorishmasidan tanga pullar chiqarilgan. Oltin tangalar "tillo", kumush tanga "tanga", mis tanga "dinor" deb nomlangan va eng mayda tanga dinorning 1/6 qismiga teng bo`lib "pul" deb nomlangan. Temuriylar davrida "amiri" dirhamlari muomalaga chiqarilgan. Temuriylar davrida "amiri" dirhamlari muomalaga chiqarilgan. Ularning vazni 5,7-6,0 gr. atrofida bo`lgan va keyinchalik dirhamlarda kumush miqdorini kamaytirilgani uchun tangalar vazni ham kamayib borgan. O`zbekiston pul tizimining yana bir muhim sanasi bu 1708-1709 yillarda Buxoroda o`tkazilgan pul islohotidir. Bu islohot shoh Ubaydullaxon tomonidan o`tkazilgan bo`lib, muomalaga past sifatli tangalar chiqarilgan. Bu tangalarda kumush miqdori oldingi tangalarga nisbatan kam bo`lgan va ular davlatning urush bilan bog'liq harbiy xarajatlarini qoplash uchun zarb qilingan. Oldingi 1 kumush tanganing og'irligi 1 misqolga teng bo`lgan. Pul islohotiga asosan 1 kumush tanga 4 ga bo‗linib, endi to`rt kumush tanga zarb qilingan va ularni har birining vazni 1 misqolga teng bo`lgan. Natijada kumush tanganing sifati tushgan. Muomaladagi pullar "yaxshi" va "yomon" pullarga bo‗lingan. 1 misqol 24 nuxudga tenglashtirilgan, ya`ni 24 nuxud = 1 misqol, 1 misqol = 4,8 gr. kumushga teng bo`lgan. Ubaydullaxon o`tkazgan pul islohotining xususiyati shundaki, u tangadagi kumush miqdorini eng minimal darajagacha kamaytirgan, bunday hol ungacha va undan keyin amaliyotda qo`llanilgan emas. Bu to`g'rida quyidagi jadval ma`lumotlariga murojaat qilishimiz mumkin. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, tanganing kumush miqdori 90 foizdan Ubaydulla - Bahodirxon davrida 22,5 foizgacha tushgan, ya`ni tangalarning sifati tushib borgan. Tanganing kumush miqdorining o‘zgarib borishi Yillar Tangadagi kumush;
Download 18.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling