Pul va banklar fanidan mustaqil ishi


Kredit ta’minlanganligining asosiy shakllari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana01.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1736633
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Pul va bank Imomaliyeva Raximaxon

Kredit ta’minlanganligining asosiy shakllari 
Tijorat banklari kreditni qaytmaslik xatarini oldini olish maqsadida quyidagi 
ta’minot turlarini qabul qiladi:
• mol-mulk (ko‘chmas va ko‘char mulklar);
• xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kafilligi (kafolati);
• uchinchi (jismoniy) shaxslarning kafilligi;
• qarz oluvchining muddatli va jamg‘arma omonatlari (depozitlari);
• qimmatli qog‘ozlar;
• sug‘urta polislari va boshqa ta’minot turlari;
Ta’minot sifatida olinayotgan mol-mulk va kafillar (tashkilotlar) kredit 
olinayotgan hududda (filialda) joylashgan bo‘lishi shart. Boshqa hududlarda 
joylashgan mol-mulk va kafillar (tashkilotlar) ta’minot sifatida tan olinishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Kreditlarni qaytarish ta’minoti sifatida olingan ko‘chmas mol-mulk va 
boyliklarning mavjudligi va saqlanishi ssuda berishga qadar oldindan, mustaqil 
baholovchi yoki bank xodimi tomonidan baholanishi hamda kreditning amal qilish 
davrida bank xodimlari tomonidan garov ta’minoti saqlanayotgan yoki joylashgan 
joyga chiqib har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
Garovga olingan boyliklar hisobidan berilgan kreditlar - bu qarz oluvchining 
xususiy mulki hisoblangan, kreditor bankning talablari bo‘yicha aniq mulkiy 
boyliklar yuzasidan garov xuquqlari bilan ta’minlangan kreditlardir. Kreditlar 
moddiy garov bilan faqat kredit berish chog‘ida emas, balki kreditlarning butun 
amal qilish davri mobaynida ta’minlanishi shart.
Qarz oluvchining molk-mulkiga bo‘lgan bankning garov xuquqi O‘zbekiston
Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq rasmiylashtiriladi. 
Garov shartnomasi notarial idorada rasmiylashtirilishi va belgilangan tartibda qayd 
etilgan bo‘lishi lozim.


Qarz oluvchi bir vaqtning o‘zida kreditni ta’minoti sifatida bir nechta ta’minot 
turlaridan foydalanishi mumkin.
Garov predmeti har xil mol-mulkdan, shu jumladan, buyum, jixozlar va boshqa 
qimmatliklardan iborat bo‘lishi mumkin. Muomaladan chiqarilgan garov 
ob’eketlari, qarz oluvchining shaxsiyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan talabnomalar, 
jumladan, shaxs xayotiga yoki sog‘ligiga etkazilgan zararni qoplash, aliment 
to‘g‘risidagi talabnomalar bundan istisno hisoblanadi va bu ob’ektlar ta’minot 
sifatida qabul qilinmaydi.
Garovga qo‘yilayotgan mol-mulkni baholash O‘zbekiston Respublikasining 
“Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari ta’minotning turlari quyidagilar kiritish 
mumkin:
qimmatbaho toshlar va metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlari, Moliya 
Vazirligi, banklar, boshqa kredit institutlar va sug‘urta kompaniyalarining 
kafolatlari.
Tijorat banklari, kreditni qaytarish qobiliyati 2-toifadan past bo‘lmagan kredit 
oluvchilardan, kreditni qaytarilish ta’minoti sifatida “Madad”, “O‘zbekinvest”, 
“Ishonch” BSK, “Kafolat”, “Alskom” shuningdek, “O‘zdavlatsug‘urtanazorat” 
ning litsenziyasiga ega bo‘lgan boshqa sug‘urta kompaniyalaridan, kreditning 
qaytmaslik xatarini sug‘urtasi bo‘yicha bank-benefitsiar foydasiga sug‘urta 
polislarini qabul qilishlari mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyati 
bilan shug‘ullanuvchilarga berilgan kreditlar ta’minotiga “O‘zagrosug‘urta” davlat 
- aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tomonidan kredit oluvchining kreditni 
qaytarmaslik xatari bo‘yicha bank - benifitsiar foydasiga berilgan sug‘urta 
polislarini qabul qilinishi mumkin. Bunda kreditlash faqat, sug‘urta to‘lovi sug‘urta 
kompaniyasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazilib, kredit oluvchi tomonidan 
bankka sug‘urta polisi taqdim etilgach amalga oshiriladi.
Berilayotgan kredit hisobidan sug‘urta to‘lovini to‘lash man etiladi


O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro 
etish to‘g‘risida”gi Qonunining 52-moddasiga muvofiq qarzdorning oilasi normal 
turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan uy-joy va boshqa mulklarni kredit 
ta’minoti sifatida olishga ruxsat etilmaydi.
YUqori likvidlikka ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar ham garov ashyosi bo‘lishi 
mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:

davlatning qimmatli qog‘ozlari: - aksiya va obligatsiyalar;

boshqa emitentlarning depozit sertifikatlari.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling