Pul va banklar fanidan mustaqil ishi


Garovga olingan mulkni baholash va sug‘urtalash


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana01.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1736633
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Pul va bank Imomaliyeva Raximaxon

Garovga olingan mulkni baholash va sug‘urtalash. 
 Garovga olinayotgan mol-mulkni turiga qarab mustaqil yoki bank ichki 
baholovchisi (kredit komissiyasi) baholashi mumkin. Tashqi baholovchi 
tomonidan mol-mulk baholanganda qarz oluvchi tomonidan uning xizmat xaqi 
to‘lanadi.
Garovga olinayotgan mol-mulkni kredit komissiyasi joyiga chiqib quyidagi 
shartlarni hisobga olgan holda baholashi kerak:

mol-mulkga bo‘lgan egalik xuquqi;

garovga olinayotgan mol-mulkning boshqa majburiyatlardan xolisligi;

uzoq muddat davomida saqlanish xususiyati;

mol-mulkning jismoniy va ma’naviy eskirishi darajasi;

garovga olinayotgan mol-mulk bahosining barqarorligi;

iste’mol va ishlatish chegaralari (garovga olingan ta’minot turi tor doiradagi 
ixtisoslashtirilgan soxalarda ishlatilmasligiga e’tiborni qaratish lozim).
Garovga olinayotgan mol-mulk turiga qarab, bank filiallari qarz oluvchi bilan 
ipoteka, ko‘chmas mulk va boshqa turlar bo‘yicha yozma shartnoma imzolaydi. Bu 
shartnomalar notarial idoralarda tasdiqlanishi kerak.
Garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirilib, 
qarzdor tomonidan ushbu qog‘ozlar bankka saqlash uchun taqdim etiladi. Qarzdor 
tomonidan asosiy qarz va foiz to‘lovlari to‘liq qaytarib berilgan taqdirdagina 
garovga olingan qimmatli qog‘ozlar unga qaytarib beriladi. Garovga olingan 
qimmatli qog‘ozlarni qisman berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Garovga olingan vositalar bo‘yicha monitoring o‘rnatilishi lozim. Monitoring 
jarayonida garovga olingan vositalarning narxi bozorda garovga olinayotgan 
davrga nisbatan pasayib ketganligi yoki yaroqsiz holga kelib qolganlik holati 
aniqlansa, bank qo‘shimcha ta’minot turlarini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi va 
bu holat bank hamda mijoz o‘rtasidagi tuziladigan kredit shartnomasida o‘z aksini 
topishi kerak.
Kredit ta’minoti sifatida tovarlar, valyuta, valyuta boyliklari, shuningdek, 
avtotransport olinishi mumkin. Bu holda garovga qo‘yilgan mol-mulk zakalat 
sifatida bankka (garovni saqlab turuvchiga) topshiriladi. Avtotransport vositalari 
bundan mustasno bo‘lib, sotish, ijaraga berish, xadya qilish va boshqalar xuquqisiz 
garovga qo‘yuvchi ixtiyorida qoldiriladi. Zakalat garov shartnomasi kabi 
rasmiylashtiriladi va notarius tomonidan tasdiqlanadi.
Ta’minot sifatida moliyaviy vositalar qabul qilinganda quyidagicha bo‘ladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling