Pul va banklar fanidan mustaqil ishi


Kredit qaytarilishida garovning to’tgan o‘rni


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana01.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1736633
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Pul va bank Imomaliyeva Raximaxon

Kredit qaytarilishida garovning to’tgan o‘rni. 
 Kreditning kaytarilishida garovning urni katta. Tijorat banklari tomonidan 
beriladigan kreditlar ta’minlanganligiga kura ikki yirik guruxga bulinadi:
a) ta’minlangan kreditlar;
b) ta’minlanmagan kreditlar.
Garov ob’ektlari likvidlilik darajasiga kura bir-biridan tubdan fark kiladi.
Xalkaro bank amaliyotida yukori likvidlilik darajasiga ega bulgan garov 
ob’ektlari birinchi toifali garov ob’ektlari deb ataladi. Garov ob’ektlariga 
kuyidagalar kiradi:
1. er;
2. Hukumatning kimmatli kogozlari;
3. markaziy bankda kayta hisobga olinadigan tratalar;
4. korxonalarning Hukumat tomonidan kafolatlangan kimmatli kogozlari;
5. tijorat banklarining kimmatli kogozlari.
Er garov ob’ekti sifatida amaliyotda juda kadrlanadi. Odatda erning baxosi 
doimiy ravishda usib boradi va u barkaror hisoblanadi. Ayniksa rivojlanayotgan 
davlatlarda erning baxosi sezilarli darajada yukori sur’atlar bilan usadi, shuning 
uchun xam erni garovga olish asosida kreditlash moliyalashtirishning nisbatan 
xavfsiz shakli hisoblanadi. Bunda banklar istalgan va garovga olingan erni sotish 
yo‘li bilan kredit va uning foizini undirib olishlariga kattik ishonadilar. Lekin, erni 
garov sifatida foydalanish uchun xukukiy asoslar etarli bulishi lozim.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasida er fondining mutlok asosiy kismiga 
nisbatan xususiy mulkchilik mavjud emas. Kishlok xujaligida fermerlarga etarli 
uzok muddatli ijaraga berilgan, lekin ijara Xukukidan bank kreditlari uchun garov 
sifatida foydalanish mumkin emas.
Hukumatning kimmatli kogozlari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida 
yukori likvidli garov ob’ektlari sifatida tijorat banklari tomonidan tan olinadi. 
Braziliya, Argantina va Rossiya davlatlarida Hukumatning kimmatli kogozlariga 
nisbatan sezilarli darajada ishonchsizlik kayfiyati mavjud. Bu kayfiyat ushbu 


mamlakatlar Hukumatlarining defolt Xolatlariga yo‘l kuyganligi bilan izoXlanadi. 
Lekin bunday davlatlar kupchilikni tashkil etmaydi.
Hukumatning kiska, urta va uzok muddatli kimmatli kogozlari mavjud bo‘lib, 
ulardan kreditlar olishda garov sifatida faol tarzda foydalaniladi. Lekin 
O‘zbekiston Respublikasida ushbu ob’ektdan faol tarzda foydalanish real 
shartsharoiti mavjud emas.
Markaziy bankda kayta hisobga olinadigan tratalar, shubxasiz, yukori likvidlilik 
xususiyatiga egadir. CHunki tijorat banki markaziy bankdan uziga ajratilgan kayta 
hisobga olish kontengenti doirasida istalgan vaktda taratalarni topshirib pul 
mablaglari olish mumkin.
Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotida, xususan, Garbiy Evropa davlatlari 
xujalik amaliyotida sanoat korxonalrining Hukumat tomonidan kafolatlangan 
obligatsiyalari mavjuddir. Xar kanday kimmatli kogozning tulovini Hukumat 
tomonidan kafolatlanishi uning likvidlilik darajasini oshiradi.
Kafillik va ta’minlanganlikning boshka shakllari. Kafillik garov ta’minotining 
bir shakli bo‘lib, tijorat banklarining kreditlash amaliyotida kullaniladi. Odatda, 
moliyaviy jixatdan barkaror bulgan korxonalarning, sug‘urta kompaniyalarining va 
boshka xujalik sub’ektlarining kafilliklari kredit uchun garov sifatida kabul 
kilinadi.
Tijorat banklari kafilning moliyaviy va mulkiy xolatini baxolash tizimini 
takomillashtiradilar. Baxolash jarayonida moliyaviy koefitsientlardan keng 
kulamda foydalaniladi.
Respublikamiz tijorat banklarining kreditlash amaliyotini taxlil kilish natijalari 
shuni kursatdiki, kafillik bilan ta’minlangan kreditlarning sezilarli qismini 
qaytmaslik holatlari kuzatildi.
Kafillikdan tashkari, ta’minlanganlikning shakllaridan biri sug‘urta polisi 
hisoblanadi. Sug‘urta polisi sug‘urta tashkilotlari tomonidan yoziladi. Kredit uz 
vaktida kaytmagan sharoitda sug‘urta tashkiloti kreditning asosiy summasi va unga 
hisoblangan foizlarni tulab beradi. SHuning uchun xam sug‘urta 


kompaniyalarining tulovga kobilligini baxolash tijorat banklarining faoliyatida 
muxim amaliy axamiyat kasb etadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling