Pul va banklar” fanidan nazorat savollari javoblari
JAVOB: 1.Qiymatning oddiy shakli
Download 107.26 Kb.
|
O.Xolmurodov Pul va bankda amaliy savolar 19 ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Qiymatning kengaytirilgan shakli .
- 4.Qiymatning pul shakli .
- 5. Qiymatning qog‘oz – pul shakli .
- JAVOB: O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar
JAVOB: 1.Qiymatning oddiy shakli. Qiymatning ushbu shakli natural xo‘jalik tuzumiga xos bo‘lib, mahsulotlarning ortiqchaligi vaqti – vaqti bilan vujudga kelgan sharoitda amal qilgan. Qiymatning oddiy shaklida ishlab chiqarish hajmining pastligi, yaratuvchi va oluvchining manfaatlari doimo ham bir – biriga mos kelmagan ayirboshlash jarayonida ma’lum tovarlargina ishtirok etgan.
2.Qiymatning kengaytirilgan shakli. Qiymatning kengaytirilgan shakli jamiyatda mehnat taqsimotining vujudga kelish davri bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu davrda, kishilar o‘rtasida ayirboshlash munosabatlari rivojlandi. 3.Qiymatning umumiy shakli. Bu sharoitda umumekvivalent sifatida e’tirof etilgan tovarlar eramizdan oldingi V – IV asrlarga qadar pul vazifasini bajardi. Qiymatning umumiy shakli davrida, ishlab chiqarish kengaydi va uning asosiy maqsadi barcha uchun zarur bo‘lgan tovarni o‘zlashtirishga qaratildi. 4.Qiymatning pul shakli. Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi, jahon bozorining vujudga kelishi, kumush va oltinning barcha tovarlar ichidan umumekvivalent vosita sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ushbu metallarning tabiiy xossasi (yagona jismligi, qiymatining o‘zgarmasligi, sifatining buzilmasligi) uzoq davr jamiyatda pul vazifasini bajarishiga xizmat qildi. 5. Qiymatning qog‘oz – pul shakli. Dastlabki qog‘oz pullarni muomalaga chiqarilishi taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. SHu davrdan boshlab, muomaladagi oltin va kumush pullar o‘rnini qog‘oz pullar egallay boshladi. O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar qachon va kim tomonidan zarb etilgan? JAVOB: O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‘irligi 8,4 grammni tashkil etgan bo‘lib, “darik” deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. O‘sha vaqtlarda, ya’ni miloddan ilgarigi VI – IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, ya’ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida bo‘lganini hisobga olsak, ushbu “darik”lar O‘zbekiston zaminida amal qilgan bizga ma’lum birinchi tangalar bo‘lgan desak xato qilmaymiz. Amir Temur hukmronligi davrida qanday pul islohotlari amalga oshirilgan va pullar zarb etilgan? JAVOB: Amir Temurning 40 dan ortiq tanga zarbxonalari bo‘lganligi va bu yerlarda zarb etilgan oltin va kumush tangalar yevropada ham mashhur bo‘lganligi haqida ko‘p ma’lumotlar mavjud. Birgina G‘arbiy Eron va Ozarboyjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan Pul nima uchun iqtisodiy kategoriya hisoblanadi? JAVOB: Pulning mohiyati uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani bajarishi iqtisodchi olimlar, nazariyachilar va iqtisodchilar o‘rtasida juda uzoq davrdan buyon tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda. Iqtisodiyotni markazdan boshqarish sharoitida nashr etilgan adabiyotlarda, pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli funksiyalarini bajarishi ta’kidlanadi. Pulning zarurligini belgilovchi omillar nimalardan iborat? JAVOB: Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Nima uchun pulning funksiyalari iqtisodchi va mutaxassislar tomonidan turlicha talqin etiladi? JAVOB: Iqtisodchi olimlar pulning funksiyalari haqida turlicha talqin etishiga quyidagilar sabab bo‘ladi. Bir guruh iqtisodchi olimlar, pulning funksiyasini zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib bayon etadi, boshqa guruh olimlar esa turli mamlakat olimlarining pulni funksiyalari xususidagi fikrlariga tayangan holda unga talqin beradi. Yana boshqa guruh iqtisodchi olimlar esa pulning funksiyalarini ta’riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog‘liq voqelik va nazariyalarga tayanadi. Pulning funksiyalarini sanab bering? Download 107.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling