Pul va banklar” fanidan nazorat savollari javoblari
Download 107.26 Kb.
|
O.Xolmurodov Pul va bankda amaliy savolar 19 ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob
JAVOB: Pulning funksiyalari xususidagi fikrlarga tayanib, pul to‘rtta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini bajaradi
Pul qachon barcha funksiyalarini bajaradi? JAVOB: Metall pullarning nominal qiymati haqiqatdagi qiymatiga teng bo‘lib, noyob qimmatbaho metalldan tayyorlanadi va pulning barcha funksiyalarini bajaradi. E’tiborli jihati shundaki, muomalada haqiqiy pullar ayirboshlash vositasi vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda pul muomalasi avtomatik ravishda tartibga solinadi. Natijada, iqtisodiyotda pulning qadrsizlanishi, baholarning o‘sishi va inflyasiya holati kuzatilmaydi. Chunki qimmatbaho metallarning muomalada ortiqchalik holatining vujudga kelishi, ularni jamg‘arma va boylik sifatida saqlashga yo‘naltirilishi orqali bartaraf etiladi. Pulning to‘lov vositasi funksiyasi qanday namoyon bo‘ladi? Javob: Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, ular uchun to‘lov kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul to‘lov vositasifunksiyasinibajaradi. Demak, sotilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lov jarayonida uzilish bo‘lmasa, pul muomala vositasini bajaradi, agar ushbu jarayon ma’lum davrga uzilishi, ya’ni to‘lov kechikkan holatlarning barchasida, pul avtomatik tarzda, o‘zining to‘lov vositasi funksiyasini bajaradi. Pulning to‘lov vositasi funksiyasi asosan quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi; – jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda; – davlat byudjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsimlashda; – xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda; – kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini bajarganda hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirganda; – korxona va tashkilotlar o‘z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni to‘lashda; – va boshqa holatlarda. Pulning funksiyalarini o‘zaro aloqadorligi qanday namoyon bo‘ladi? Javob: K.Marks pulning funksiyalari konsepsiyasida uni uchta funksiyasi mavjudligini ta’kidlaydi. U pulning funksiyalarini quyidagi ketma – ketlikda ifodalaydi. Birinchisi – qiymat o‘lchovi, ikkinchisi – muomala vositasi, uchinchisi – moliyaviy pul. K.Marksning pulning uchinchi funksiyasi ayrim iqtisodchilar tomonidan jamg‘arma vositasi, to‘lov vositasi va jahon puli kabi vazifalarini bajarishi mumkinligini ilgari suriladi Haqiqiy pullar va haqiqiy bo‘lmagan pullarga tavsif bering? Javob: Demak, pul bugungi kundagi ko‘rinishiga etib kelguncha juda uzoq davr va ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni bosib o‘tgan. Pulning turlarini o‘rganishda uni asl qiymatga ega bo‘lgan (haqiqiy) pul va asl qiymatga ega bo‘lmagan (o‘rinbosar) pul sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq. Odatda haqiqiy pullar to‘lov vositasini bajarganda ular o‘z qiymati bo‘yicha ayirboshlash jarayonida ishtirok etgan, iqtisodiyotda pul massasini tartibga solish bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lmagan. Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga nisbatan bir necha marta past bo‘lib, ular muomalaga chiqarilgandan keyin doimiy ravishda tartibga solinib turish lozim. Aks holda iqtisodiyotda pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi va qog‘oz pullar o‘zining to‘lov vositasi sifatidagi qobiliyatini yo‘qotadi. Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo‘lgan: – nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi; – qiymatning qardsizlanmasligi, ya’ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda ham o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotmagan; – ularni boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkinligi. 17. Natural shaklidagi pullarni qanday guruhlarga ajratish mumkin? JAVOB: Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin. 1. Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo‘y, buqa, jun, suyak va boshqalar. 2. Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar. 3. O‘simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o‘simliklar va ularning mevalari kiradi. Masalan, bug‘doy, mevalar, tamaki va boshqalar. 18. Bir tomonlama va ikki tomonlama ayirboshlash jarayonlarini vujudga kelish sabablari? JAVOB: Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir – biriga bog‘lab turadilar, ular o‘rtasida mahsulotlar va resurslar almashuvini ta’minlaydigan mexanizmni amal qilishini talab etadi. Ushbu mexanizm bozor bo‘lib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi va ularning manfaatlarini bir – biriga mos kelishini ta’minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o‘rtasidagi ayirboshlashni ta’minlovchi va ularning manfaatlarini tartibga soluvchi vosita sifatida pul maydonga chiqadi. Ma’lumki, jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida kishilar barterdan juda keng ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya’ni tovarni – tovarga almashtirish jarayoni ma’lum qiyinchilik va qo‘shimcha vaqtni talab etishi natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar. 19. Metall pullarni vujudga kelishiga qanday omillar ta’sir qilgan? JAVOB: Kishilar o‘rtasida ayirboshlash jarayonlarining tezlashuvi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ayirboshlash hajmining ortishiga olib keldi. Iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi natijasida kishilar metalni kashf etdilar, undan turli xil mehnat qurollarini yasab kundalik hayotida foydalandilar. Shu bilan birga, ushbu mehnat qurollari to‘lov vositasi vazifasini ham bajardi. Keyinchalik esa metalldan tanga pullarni zarb qilish yo‘lga qo‘yildi. Bularning barchasi ayirboshlash munosabatlari jarayonida foydalanib kelinayotgan natural pul shakllarini metall pul shakliga o‘tishiga zamin tayyorladi. Download 107.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling