Pul va banklar” fanidan


-Mavzu. Kredit bo‘yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar


Download 7.83 Mb.
bet131/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

11-Mavzu. Kredit bo‘yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar
REJA:

    1. . Kredit foiz stavkalari xususidagi nazariy qarashlar.

    2. Tijorat banklarida kredit foiz stavkalari va ularning qo‘llanilishi.

    3. Tijorat banklarida kredit foiz stavkalari shakllanishining huquqiy asoslari.

    4. Kredit foiziga ta’sir qiluvchi omillar.

11.1. Kredit foiz stavkalari xususidagi nazariy qarashlar.


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiyotning real sektorini kreditlash tijorat banklarining muhim daromad manbaiga aylangan. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlashga mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bank kreditlari berish amaliyotini takomillashtirish orqali erishish mumkin
Tijorat banklari faoliyatining natijalari va banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltiriladigan kreditlarning hajmi ularga belgilanadigan baho darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kredit bahosi xususidagi fikrlar dastlab Qadimgi YUnonistonda paydo bo‘lgan. Platonning fikricha, «...kreditning faqat ishonch asosida va foizsiz berilishi maqsadga muvofiq»129. Aristotel ham shunday fikrlarni bildirib, «...pul pulni yaratmaydi va foizli daromad keltirmaydi»130 deb yozadi. Uning fikri ham pulni foizga emas, balki vaqtinchalik foydalanish uchun berishni yoqlaydi. O‘sha davrga mos bunday yondashuvlar sudxo‘rlik rivojlangan davrda jamiyat rivojlanishida tabaqalanishni cheklash uchun xizmat qilgan.
Kredit foizi bu o‘ziga xos baho bo‘lib u vaqtincha foydalanganlik uchun bahosidir. Amalliy nuqtai nazardan foiz tulovlarining manbai bu qarz oluvchining foydasidan ya’ni kreditdan foydalanish natijasida oladigan foydaning bir qismi. Kredit foizi qarzdor tomonidan kredit (csuda)dan foydalanganligi uchun to‘lovdir. Kredit foizi tovar ishlab chiqarish sharotidagi kredit munosabatlarida shakllanadi. Nazariy nuqtai-nazardan Kredit foizining manbasi sifatida qarzdorning kreditdan foydalaniq natijasida olinadigan daromadning bir qismi yuzaga chiqadi.
Kreditlash jarayonida mablag‘lar harakati quyidagicha formulada aks ettirilishi mumkin:
P - P - T - P' - P'',
Bu erda:
P - P- qiymat shaklining o‘zgarishi;
P - T- Kreditdan belgilangan maqsablarda foydalanish;
T - P'-ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish va daromad olish;
P' - P''- Kreditni foizlari bilan to‘lash.
P- P'', bu erda P'' = P + Kredit foizi.
K.Marksning fikricha, «...foiz qarzga beriladigan kapitalning o‘sishidir».U qarzga beriladigan kapitalning o‘sishidan iborat bo‘lgan foiz qarzga beriladigan kapitalning qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadigan bahosi shaklida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, foiz miqdori xususida to‘xtalib, «...foizning faqat yuqori chegarasi bor, u ham bo‘lsa – o‘rtacha foydadir», deb tushuntiradi.
131Kredit foiz stavkasining quyi va yuqori chegarasi bo‘lib, uning yuqori chegarasi kreditdan foydalanish natijasida olinadigan o‘rtacha foyda miqdoridir. Kredit foiz stavkasining quyi chegarasi bankning kredit berishdan olishi mumkin bo‘lgan minimal foydasi hisoblanadi. CHunki foiz stavkasi quyi chegarasining bo‘lmasligi mablag‘ egalarining mablag‘larni joylashtirishidan naf bo‘lmasligini anglatadi.

Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling