Pul va banklar” fanidan
Download 7.83 Mb.
|
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1-rasm. Kredit va bo‘yicha olinadigan foizlar aylanishi.
Fn- foiz normasi; Of- olingan foizlar summasi; S- kredit summasi. Foiz darajasi kredit bitimi tomonlari o‘rtasidagi kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda shartnoma orqali aniqlanadi. Markaziy bank doimiy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit foiz normasini ma’muriy boshqaruvidan uning darajasini qayta moliyalashtirish foiz stavkasini o‘zgartirish va majburiy rezervlar normasini manevrlash orqali tartibga solishning iqtisodiy usullaridan foydalanadi. Kreditor qarz oluvchiga kredit beradi, qarz oluvchi mablag‘lardan foydalanadi va ma’lum muddat davomida o‘sgan qiymatni oladi hamda shu daromadning bir qismini kreditorga kredit foizi sifatida to‘laydi. Quyidagi rasmda bank va qarzdor o‘rtasida kredit va u bo‘yicha foizlarning aylanish tartibini ko‘rib chiqamiz. Bank kreditor uchun foiz bu resurslarni joylashtirgani uchun mukofot hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun kelajakda o‘sib borgan iqtisodiy aktivni qaytara olgan taqdirda uning qilgan investitsiyasi rag‘batlantiriladi. Ba’zi adabiyotlarda kredit foizining yana bir manbasi - bu mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatilgan. Buni biz lizing munosabatlarida ko‘rishimiz mumkin, lekin kredit munosabatlarida uning asosiy manbasi tadbirkorlik faoliyatidan ko‘rilgan foyda hisoblanadi. 11.1-rasm. Kredit va bo‘yicha olinadigan foizlar aylanishi. Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari tijorat banklari tomonidan kredit kelishuvining aniq shartlarini hisobga olib o‘rnatiladi, ya’ni kredit hajmi va uni muddati, ta’minot mavjudligi, mablag‘larni jalb qilishdagi xarajatlar, kreditni rasmiylashtirish va nazorat bo‘yicha xarajatlar, qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va boshqalar. Hozirgi vaqtda foizlarni to‘lash manbasi kredit qo‘yilmalarining yo‘nalishidan kelib chiqib turlichadir. Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha to‘lovlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi, uzoq muddatli va muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha xarajatlar korxona soliqqa tortilgan foydasiga olib boriladi. Zamonaviy mexanizmning xususiyati bevosita foizlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning bank yakuniy moddiy manfaatlari bilan bevosita bog‘liqligi hisoblanadi. Bank kredit kapitalining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy summasining joylashtirilgan mablag‘lar xajmiga nisbatan ifodalaydi. Iqtisodiyotda kreditga bo‘lgan talabning o‘sishi kredit operatsiyalari manbasi sifatida bank depozitlari salmog‘ining o‘sishiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu esa, o‘z navbatida bank tomonidan depozitlarga bo‘lgan talab va taklif muvoznaatga kelguncha davom etadi. Aksincha iqtisodiyotda kreditga bo‘lgan talabning pasayishi banklarning kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlarini kamaytiradi. Bankning passiv operatsiyalari salmog‘ini qisqartirish orqali, bank foydasini oshirishi mumkin. SHu ma’noda kredit tizimida resurslar oqimining kamayishi iqtisodiyotda qarz mablag‘lariga bo‘lgan talabni qisqartiradi. Iqtisodiy munosabatlarda kredit foizi rolining oshishi, uning tartibga solish funksiyasining yuzaga chiqishi natijasi bilan izohlanishi mumkin. Tijorat banklarida kredit operatsiyalari bo‘yicha foizlarni shakllanishida aniq bir tamoyil va yo‘nalishlar asosida amalga oshirishi lozim. kredit foiz stavkasining shakllanishida quyidagi tamoyillarga asoslanish kerak: Tijorat banklarining faoliyati bozor iqtisodiyoti talablariga mos kelishi tamoyili. Bu tamoyilga asosan, banklar kredit va foiz siyosatini iqtisodiy kon’yunkturadagi o‘zgarishlarni, Markaziy bankning pul-kredit siyosati parametrlari va pul bozorlaridan resurslarni jalb eta olish talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Kreditlash bilan bog‘liq iqtisodiy risklarni qoplash tamoyili. Bu tamoyil kreditlar bo‘yicha iqtisodiy asoslangan foiz stavkasini, bankning minimal daromadga ega bo‘lishini ta’minlash darajasida o‘rnatishni talab etadi. Tijorat banklarining kreditlashni tashkil etish va kreditlash jarayonlarida xarajatlarni qisqartirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish tamoyili. Ushbu tamoyillarga asoslanib tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish bank operatsiyalari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Download 7.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling