Foizlarni o‘zgarishiga ko‘ra quyidagicha turkumlaymiz:
Fiksirlangan foiz;
Suzuvchi foiz.
Tijorat banki va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq kredit foiz stavkasi ikki usulda belgilanishi mumkin. Qat’iy belgilangan yoki fiksirlangan foiz stavkalari kredit shartnomasiga muvofiq o‘zgarmaydi va bozor stavkalarining o‘zgarishi hisobga olinmaydi. Odatda fiksirlangan foiz stavkalari qarz oluvchilarga foydali bo‘lib, ularga xarajatlarni rejalashtirishga yordam beradi va inflyasiya sharoitida kredit foiz stavkasi yanada tushishiga oli keladi. Suzuvchi foiz stavkalarda kreditor va mijoz o‘rtasida bazaviy stavka o‘zgarishiga (Markaziy bankning qaytamoliyalashtirish stavkasi yoki banklararo va pul bozorlari stavkalari) asosan shartnomaga o‘zgartirish kiritish nazarda tutiladi. Suzuvchi foiz stavkalari banklarning bozor stavkalari o‘zgarishi riskini kamaytirish va ularni boshqarishda qo‘l keladi. SHuningdek, inflyasiya sharoitida bank aktivlari qadrsizlanishining oldini oladi.
Kredit foiz stavkasi shuningdek, turlicha turli mezonlar va belgilaridan kelib chiqib turlarga ajratish mumkin. Quyidagi jadvalda kredit foiz stavkasini ma’lum mezonlar asosidagi tasnifi keltirilgan:
11.1-jadval
Kredit foiz stavkasining tasnifi
Do'stlaringiz bilan baham: |