Pul va banklar” fanidan


- rasm. Kredit bo‘yicha foizlarning tasniflanishi


Download 7.83 Mb.
bet135/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

11.3 - rasm. Kredit bo‘yicha foizlarning tasniflanishi.
Hisoblash usuli bo‘yicha kredit foizlarini quyidagicha bo‘lamiz:

  • Oddiy foiz;

  • Murakkab foiz.

Kreditlarni hisoblash usuliga asosan kredit foizi oddiy va murakkab foizlarga bo‘linadi. Oddiy foizlarni hisoblashda asosiy qarzning qoldiq summasidan foizlar hisoblab chiqariladi. Murakkab foiz usulida esa, hisoblangan foizlar asosiy qarz qoldig‘iga qo‘shilib hisoblanadi. Foizlarni hisobga olishning ikkinchi usulidan bank amaliyotida kam foydalaniladi.
Foiz nazariyasiga muvofiq, umuman foizlar singari kredit foizlarin nominal va real foiz stavkalarga ajratamiz.

Real foiz stavkasi

=

nominal foiz stavkasi – inflyasiya darajasi

Masalan, kreditga berilgan 100 so‘m 1 yilda nominal foiz stavkasida 10 % teng miqdorda kreditorga 110 so‘m bo‘lib qaytsa, real foiz stavkasida inflyasiya ta’siri hisobga olinib ushbu qiymatning xarid qobiliyatni pasayganligini ko‘rsatadi. Nominal foiz stavkasi – bu inflyasiyani hisobga olmaydigan foiz stavka, real foiz stavkasida esa, inflyasiya hisobga olinadi.
Foizlarni to‘lash shakli bo‘yicha:

  • Oddiy foiz;

  • Diskontli foiz.

To‘lash shakliga ko‘ra foizlar oddiy va diskontlangan shaklda bo‘lib, odatda kreditning foizini kredit qaytarish jadvaliga muvofiq belgilangan muddat davomida to‘lash amalga oshiriladi. Diskontlangan foizlar esa kredit berilgan vaqtda ushlab qolinadi va jadval asosida asosiy qarz summasi qaytariladi.
To‘lash shakliga ko‘ra foizlar oddiy va diskontlangan shaklda bo‘lib, oddiy foizlarda kredit bo‘yicha foizlarni olingan kreditni qaytarish grafigiga muvofiq to‘lash amalga oshiriladi. Diskontlangan foizlar, esa kredit berilgan vaqtda ushlab qolinadi va jadvalga asosida asosiy qarz summasi qaytariladi.

Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling