Investitsiyalar turlari bo‘yicha
|
Aylanma mablahlarga investitsiyalar uchun foizlar
|
Asosiy fondlarga investitsiyalar uchun foizlar
|
Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar uchun foizlar
|
|
Kreditlash muddati bo‘yicha
|
Qisqa muddatli kreditlar uchun foizlar
|
Uzoq muddatli kreditlar uchun foizlar
|
|
Kredit muassasasining bajaradigan operatsiyalari turlari bo‘yicha
|
Depozit foizlari
|
Kredit foizlari
|
Banklararo kreditlar bo‘yicha foizlar
|
Banklarda kredit foiz stavkalarini kredit muassasalarining turlari bo‘yicha klassifikatsiyasidan ko‘rish mumkinki, Markaziy bank tijorat banklarini kreditlash stavkasi amalda qaytamoliyalashtirish kreditlarini ajratishda shakllanadi. Markaziy bankning qaytamoliyalash stavkasi shakllanadi.
Tijorat banklari qaytamoliyalashtirish kreditlarini jalb qilib, shuningdek o‘z mablag‘lari hisobidan jismoniy va yuridik shaxslarni kreditlash bo‘yicha kredit foiz stavkasini shakllantiradi. Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarning foiz stavkasi qaytamoliyalashtirish kreditlari foiz stavkasidan yuqori bo‘ladi. Sababi, banklar tijorat tashkiloti va ma’lum foyda olish uchun kredit opetsiyalarini amalga oshirishda jalb qilingan mablag‘larga o‘z marjasini hisobga olib kredit ajratadi.
Lombard stavkalari lombard tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga qisqa muddatga yuqori foiz stavkada berilishi bilan ajralib turadi.
Tijorat banklari kredit foiz stavkalari investitsiyalar turlari bo‘yicha, vylanma mablag‘lar shakllatirish uchun foizlar (qisqa muddatli), asosiy fondlarga investitsiyalar uchun foizlar (qisqa muddatli) va qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar uchun foiz stavkalariga bo‘linadi.
Kreditlash muddati ham foiz stavkalarni shakllantirishda hisobga olinuvchi muhim omil hisoblanadi. Uzoq muddatli kreditlarga inflyasiya barqaror bo‘lgan sharoitlarda past foiz stavkalar, qisqa muddatli kreditlarga yuqori foiz stavkada kreditlar ajratiladi.
Kredit muassasasining bajaradigan operatsiyalari turlari bo‘yicha, resurslarni shakllantirish jarayonida depozit foiz stavkalariga, ushbu stavkaga marjani inobatga qo‘shilgan holdagi kredit foiz stavkalariga ajratiladi. SHuningdek, banklar o‘zaro resurslarni oldi-sotdi qilishda foydalaniladigan banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |