Pul va banklar” fanidan
Download 7.83 Mb.
|
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)
Bank kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarni shakllantirishda quyidagi yo‘nalishlar va hisobga olinishi banklarda kredit operatsiyalarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi:
1. Inflyasiya yuqori sharoitda tijorat banklarining uzoq muddatga joylashtirgan kreditlari qadrsizsizlanadi. Buning oldini olish uchun esa, bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida suzuvchi stavkalarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Suzuvchi foizlar banklarning bozor stavkalari o‘zgarishi riskini kamaytirish va boshqarishda qo‘l keladi. SHuningdek, inflyasiya sharoitida bank aktivlari qadrsizlanishining oldini oladi. 2. Bizning bank amaliyotimizda kredit foizlari oddiy usuldan foydalaniladi. Diskont usulini qo‘llash banklarning foiz to‘lovlarini muddatidan oldin undirib olish orqali, bank riskini kamaytirish va ularni boshqarishga imkon yaratadi. 3. Banklarning foiz siyosati bugungi kunda bank likvidligini ta’minlash va uni optimal boshqarishga qaratilishi kerak. Kredit foizining differensiyasi aktiv operatsiyalar bo‘yicha qo‘yilmalar likvidligiga bog‘liq holda bo‘lishi lozim. Tijorat banklarida foizdan foydalanish mexanizmi o‘zida banklar amalga oshiradigan foiz siyosatining elementlari majmuini ifodalaydi. Mexanizmning alohida elementlari sifatida quyidagilar ajratildadi: Foiz stavkasini shakllantirish usullari; Foiz stavkalarining differensiyalash mezonlari bo‘yicha; Markaziy bank tomonidan foiz normasini tartiblash metodlari bo‘yicha; Foizlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazish va undirish tartibi bo‘yicha; Foizning qarz oluvchilar moddiy manfaatlar tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligi; Kredit muassasalarinng daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda foizning o‘rni. Xulosa qilib aytganda, kredit munosabatlarida ilmiy asoslangan kredit foizlarini amaliyotda qo‘llash orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiyotda kredit foizlarining bozor mexanizmi asosida shakllanishi, talab va taklifning hisobga olinishi hamda asosli o‘rnatilishi samarali hisoblanadi. Download 7.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling