Pul va banklar” fanidan


Pul tizimi shakllari va ularning evolyutsiyasi: bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi


Download 7.83 Mb.
bet89/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

6.4. Pul tizimi shakllari va ularning evolyutsiyasi: bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi.


Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va tanga muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul zimlariga bulinadi.
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan xam tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi mutanosiblikni o`rnatib qo`ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va ularning axoli tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan.
Bimetallizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy Yevropaning qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Fransiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetallizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan konvensiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va kumush o’rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o’rnatish shartlari ko’zda tutilgan66.
Biroq, bimetallik pul tizimining qo`llanilishi rivojlangan kapitalistik xo`jalik extiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o`lchovi sifatida bir vaqtning o`zida ikki metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funksiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bo`lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.
Kapitalizm taraqqiyoti mustaxkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi.
Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallar almashiniladi.
Rossiyaning O’rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Toshkent ruslar qo’liga o’tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O’ra tepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on, Urgut kabi shaharlari Rossiya tasarrufiga o’tgan. Buxoro amiri Rossiya bilan do’stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo’lib o’zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan hamda mustaqil pul siyosatini olib borgan. O’sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo Rossiyaning 6 rubl 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekka, 1 mis tanga - (mira) 4 kopeekka, pul 1/4 kopeekka tenglashtirilgan. Muomalada ko'proq kumush tanga ishlatilib, uning kursi 1 tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o’zgarib turgan. O’tgan asrning 90-yillarida Rossiya Toshkent va Qo'qonda, keyinchalik, Buxoroda o’z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin, kumush tangalari va kredit biletlari kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko’ra kredit biletlari juda mashhur bo’lgan. Buxoro beklariga amirga to’laydigan soliq va boshqa to’lov, in’omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko’ra, kredit biletlarda olib kelish arzon va oson bo’lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga almashtirilgan. Rus banklarida kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan. Ular Rossiyaga jo’natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib rus kumush tangasi sifatida muomalaga chiqarilgan67.
Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847-1875 yy. da mavjud bo`lgan.
Chor Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda o’tkazilgan pul isloxoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan. Keyinchalik muomalaga kredit biletlari xam chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu isloxot sunayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchiligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 yillardagi Qrim urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va natijada ular qog’oz pulga aylanib qoldi.
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Fransiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya za Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da - 1900 yilda. Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chiqarish, kredit tizimi, jaxon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan.


    1. Download 7.83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling