Pul va banklar” fanidan
Xitoy va Global iqtisodiyotning o’zgarish dinamikasi73 (2010-2014 yy.,%)
Download 7.83 Mb.
|
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXR ayirboshlash kursining harakatlanishi ko’rsatkichi 74 (trln).
Xitoy va Global iqtisodiyotning o’zgarish dinamikasi73 (2010-2014 yy.,%)
Yuqoridagi rasmda jahon iqtisodiyoti hamda Xitoy iqtisodiyotining YaIM o’sish ko’rsatkichlari namoyon bo’lgan. 2008 yilda AQSHda boshlangan iqtisodiy inqiroz qolgan davlatlarga ham yoyildi. Shunga ko’ra ko’pchilik rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti qiyin vaziyatga tushib qoldi. Bu murakkab vaziyatdan ko’pgina davlatlar hali hanuz chiqib keta olgani yo’q. So’zimiz tasdig’i sifatida yuqoridagi rasmdan ko’rishimiz mumkinki, jahon iqtisodiyotining o’rtacha rivojlanish ko’rsatkichi yildan-yilga tushish tendensiyasida. Jumladan, 2010 yilda bu ko’rsatkich 5 foiz atrofida bo’lsa, 2014 yilga kelib esa 3 foiz atrofida bo’lgan. Jahon iqtisodiyotidagi inqiroz hatto Xitoy iqtisodiyotiga ta’sir qilmay qolmadi. Oxirgi yigirma yilda Xitoy iqtisodiyoti o’sish ko’rsatkichi ikki xonali raqam bilan ifodalangan bo’lsa, 2010 yildan boshlab hozirga qadar bu davlat iqtisodiyoti orqaga ketmoqda. Jumladan, 2010 yilda Xitoy YaIM o’sish ko’rsatkichi 10 foizdan ortiq bo’lgan bo’lsa, 2014 yilga kelib 7,4 foizga tushgan. Xalqaro Valyuta fondi ekspertlarining fikricha agar iqtisodiy islohotlar o’z vaqtida amalga oshirilmasa, Xitoy iqtisodiyotining o’sish ko’rsatkichi 2015 yilda 7 foizga tushishini taxmin qilmoqda. Xitoy iqtisodiyotining pasayishiga sabab jahon iqtisodiyotining pasayishi bilan izohlanadi. Chunki Xitoy aholisi dunyo aholisining taxminan beshdan bir qismini tashkil etsada ichki iste’mol darajasi ya’ni yalpi ichki talab pastligicha qolmoqda. Shuning uchun ham rivojlangan davlatlardagi ishlab chiqarish Xitoyga ko’chgan, ya’ni Xitoyda ishchi kuchi arzon hisoblanadi. Buning salbiy tomoni shundaki, Xitoy iqtisodiyoti eksportga mo’ljallangan iqtisodiyotga aylanib qoladi. Demak, jahon iqtisodiyotidagi o’zgarish Xitoy iqtisodiyotidaham ta’sir qiladi. XXR ayirboshlash kursining harakatlanishi ko’rsatkichi74(trln). Yuqoridagi rasmdagi ma’lumotlarda Xitoy milliy valyutasining ayirboshlash kursi dinamikasi o’zgarishini ko’rishimiz mumkin. Xitoy milliy valyutasi yuan ya’ni RMB (Renminbi) oxirgi oxirgi yillarda chet el valyutalarga nisbatan almashinuv kursi tushmoqda. Jumladan, Xitoy yuanining AQSH dollariga nisbatan doimiy revalvatsiya bo’layotganini ko’ramiz, ya’ni 2010 yilda USD/RMB kursi 6,75 bo’lgan bo’lsa, 2014 yilga kelib esa, bu almashinuv kursi 6,00 atrofida bo’lgan. Shuningdek, Xitoy milliy valyutasining real va nominal xarid quvvati ham mustahkamlanmoqda. Bunga sabab Xitoy savdo balansi doimiy profitsit bilan chiqmoqda. Xitoy savdo balansida eksport hajmi import hajmiga nisbatan oyiga 20-30 mlrd. AQSH dollariga teng miqdorda profitsit kuzatilmoqda. Shuningdek, Xitoy Xalq banki (Markaziy bank) doimiy ravishda valyuta intervensiyasini o’tkazmoqda. Xalqaro ekspertlarning fikricha, agar Xitoy Xalq banki valyuta intervensiyasini o’tkazib, AQSH dollarini sotib olmasa, 1 Xitoy yuani 1 AQSH dollariga teng bo’lishini taxmin qilmoqda. Bu holat Xitoy iqtisodiyotiga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki Xitoy iqtisodiyoti eksportga mo’ljallangan iqtisodiyot hisoblanadi. Xitoy ichki iste’mol darajasi past. Hozirda Xitoy hukumati jahon iqtisodiy inqiroziga qarshi ichki iste’mol darajasini oshirishga harakat qilmoqda. Download 7.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling