Pul va banklar” fanidan
Davlatlarning belgilangan talablarni bajargan holda Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonlari79
Download 7.83 Mb.
|
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)
Davlatlarning belgilangan talablarni bajargan holda Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonlari79
Yevroning muomalaga kiritilishi orqali Yevropa Valyuta Ittifoqi o‘zining to‘laqonli faoliyatini boshladi. Jumladan Yevropa Markaziy banki YVIga a’zo davlatlarning pul-kredit siyosatlarini muvofiqlashtirib turuvchi yagona markazga aylandi. U tomonidan qabul qilinadigan yagona valyuta va kredit siyosatining aniq bajarilishi nazorat ostiga olindi. YMBning Boshqaruv Kengashi a’zo davlatlar zaxirasida asosiy foiz stavkalari va pul agregatlarini belgilab, shu bilan bir qatorda oltin valyuta zaxiralari ustidan umumiy nazoratni o‘rnatadigan bo‘ldi. Yevroning muomalaga kiritilishi natijasida yillar davomida oldindan rejalashtirilgan bir qator ijobiy maqsadlarga erishildi: 1. Asosiy maqsad bo‘lgan narxlar barqarorligiga erishildi. 15 yillik muomalada bo‘lish jarayonida yevrohududda barqaror narx darajalariga va past darajadagi inflyasiya ko‘rsatkichlariga erishildi. 2. Narxlar barqarorligidan kelib chiqqan holda past darajadagi foiz stavkasiga ega bo‘lindi. Past foizlarda pul va kapital bozorlarida kredit resurslarini yig‘ish osonlashdi va investitsiya tavakkalchiligini kamaydi. 3. Valyuta Ittifoqi savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirdi. Yagona valyutaning kiritilishi yevrohududda valyutalarni ayirboshlash bilan bog‘liq xarajatlar va tavakkalchiliklarga barham bergan holda, kompaniyalar uchun ichki savdo va investitsiyalarda ishonch darajasini oshirdi. 4. Yevro moliyaviy bozorlar integratsiyasini tezlashtirdi. Yevropada moliyaviy bozorlarni birlashtirgan holda yagona moliyaviy bozorni tashkil qilish va bu orqali iqtisodiyotning real sektoriga qilinadigan qo‘yilmalarda foiz darajasini pasaytirishga erishish maqsad qilingan va unga erishilganini ijobiy baholash joiz. 5. Katta valyuta hududi iqtisodiy tavakkalchilik darajalarini pasaytirdi. Yevropa Valyuta Ittifoqining ijobiy ta’sirlaridan biri yirik valyuta hududini tashkil etilishi va buning natijasida, moliyaviy bozorlardagi tavakkalchilik darajasini pasayishiga olib kelishi bo‘ldi. Download 7.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling