Pul va banklar” fanidan
-jadval So’mning nominal almashuv kursi va unga tasir qiluvchi omillar dinamikasining tahlili (har bir moliyaviy yilning 1 yanvar sanasiga)92
Download 7.83 Mb.
|
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’mning almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar Yillar
1-jadval
So’mning nominal almashuv kursi va unga tasir qiluvchi omillar dinamikasining tahlili (har bir moliyaviy yilning 1 yanvar sanasiga)92
Fikrimizcha, tashqi qarz bo’yicha to’lovlar miqdorining oshayotganligi bevosita mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan xalqaro investitsion kreditlardan foydalanish samaradorligiga bog’liqdir. Shuni alohida e’tirof etish joizki, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida, xalqaro investitsion kreditlardan foydalanish samaradorligining pastligi tufayli, ushbu omil xorijiy valyutadagi to’lovlar miqdorining oshishiga olib kelmoqda va shuning asosida so’mning nominal almashuv kursiga salbiy ta’sir qilmoqda. Mazkur salbiy ta’sir, fikrimizcha, ikki yo’nalishda namoyon bo’lmoqda: birinchidan, xalqaro investitsion kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan investitsion loyihalarning o’zini oqlamasligi natijasida mazkur kreditlar va ularning foizlari O’zbekiston hukumati, TIF Milliy banki va Asakabankning xorijiy valyutadagi mablag’lari hisobidan qaytarilmoqda. Buning natijasida respublikamiz ichki valyuta bozoridagi xorijiy valyutalar taklifiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga kelmoqda; ikkinchidan, jalb qilingan xalqaro investitsion kreditlarning malum qismiga mamlakat ichki bozoridan tovarlar, xom-ashyolar xarid qilingan, xizmatlar haqi to’langan. Jumladan, foydalanish samaradorligi past bo’lgan xalqaro investitsion kreditlarning milliy valyutaning nominal almashuv kursiga nisbatan yuzaga kelgan salbiy tasiriga barham berish davlat tomonidan halqaro kerditlar jalb qilishni moliyaviy qo’llab-quvvatlashning amaldagi tartibini tubdan o’zgartirishni taqozo etadi. Bir qator o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida xalqaro investitsion kreditlar bo’yicha qarzdorlik muammosining chuqurlashishi natijasida milliy valyuta kursining keskin pasayishi, mamlakat tashqi qarzining YaIM dagi salmog’ining keskin o’sishi kuzatilgan. Masalan, 1982 yilda Meksika hukumati defolt bo’lishining asosiy sabablaridan biri uning iqtisodiyotiga jalb qilingan xalqaro investitsion kreditlar bo’yicha qarzdorlik muammosining chuqurlashganligi ekanligi ko’p sonli iqtisodiy adabiyotlarda, ilmiy izlanishlarda o’z isbotini topgan. Shu sababli, xalqaro investitsion kreditlar va ularning foizlarini qaytarish bilan bog’liq bo’lgan valyuta mablag’lari oqimining mamlakat ichki valyuta bozoridagi xorijiy valyutalar taklifiga tasirini baholash ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. 2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zahira stavkalari darajasining 2011-2015 yillar mobaynida o’rtacha 12.5 foizda ushlab turilganligi. Majburiy zahira talabnomalari darajasining 2009 yilda tabaqalanishi tijorat banklarining kreditlar berish imkoniyatini sezilarli darajada oshishini ta’minlaydi. Pirovard natijada, so’mdagi pul massasining miqdori sezilarli darajada ko’payadi. 3. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy qayta moliyalash stavkasini tahlil qilingan davr mobaynida 3,0 foizli punktga pasayganligi. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining pasayishi respublikamiz tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini pasayishiga olib keldi. Buning natijasida korxonalar va aholining bank kreditlaridan foydalanish imkoniyati oshdi va shuning asosida tijorat banklari kreditlarining miqdori sezilarli darajada ko’paydi. Chunonchi, 2009-2013 yillar mobaynida tijorat banklari kreditlarining umumiy miqdori 310,0 foizga o’sdi. Bu esa, so’mdagi pul massasining oshishiga olib keldi. Lekin shu bilan birga, so’mning almashuv kursiga ijobiy ta’sir qiluvchi, ya’ni uning qadrsizlanish darajasini pasaytirishga xizmat qiluvchi bir qator omillar ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: 1. Mamlakat tashqi savdo operatsiyalari ijobiy saldosining yuqori o’sish sur’atiga ega ekanligi. Tahlil qilingan davr mobaynida O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo operatsiyalarining ijobiy saldosi 1,05 mlrd. AQSh dolarini tashkil qilgan o’sdi. Bu esa, to’lov balansining joriy operatsiyalar balansi saldosining ijobiy bo’lishiga va shuning asosida xorijiy valyutalar taklifining sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Shuningdek, mamlakat tashqi savdo aylanmasi ijobiy saldosining o’sish tendentsiyasiga ega ekanligi oltin-valyuta zahiralari miqdorining barqaror tarzda o’sishiga olib keldi. 2. Tahlil qilingan davr mobaynida inflyatsiyaning yillik sur’atini yuqori darajada, ya’ni 2,0 foizli punktga pasaytirishga muvaffaq bo’linganligi. 3. O’zbekistonlik fuqarolarning xorijiy davlatlardan jo’natgan pul o’tkazmalari miqdorining pasayish tendentsiyasiga ega ekanligi. 2015 yilning o’zida bu ko’rsatkich qariyb 50 % ga pasaydi. Muomaladagi pullar taklifiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri tijorat banklari tomonidan berilgan kredit quyilmalari hajmining o’zgarishi hisoblanadi. Buning sababi shundaki, muomaladagi pul massasining asosiy qismi tijorat banklari kredit emissiyasining natijasi hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda, jumladan, AQSh, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlarda tijorat banklari kreditlari muomaladagi pul massasining 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida bu ko’rsatkich 85 foizdan ortiq bo’lgan miqdorni tashkil etadi.93 Shu sababli, respublikamiz tijorat banklarining kredit quyilmalari dinamikasini va unga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish, so’mning almashuv kursiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni baholash nuqtai-nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. O’z navbatida, tijorat banklari kredit quyilmalarining harakatiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar bo’lib, kreditlar foiz stavkalarining o’zgarishi va Markaziy bank majburiy zaxira talabnomalarining o’zgarishi hisoblanadi. Shunisi xarakterliki, Markaziy bank majburiy zaxira talabnomalarining asosiy funktsiyalaridan biri tijorat banklarining kredit ekspansiyasini jilovlash hisoblanadi. Majburiy zaxira stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, tijorat bankining kreditlash imkoniyati shunchalik past bo’ladi. Shu sababli, Markaziy bank majburiy zaxira talabnomasi orqali tijorat banklarining kreditlash imkoniyatiga bevosita ta’sir ko’rsatishi mumkin. Kreditlarning foiz stavkalari kreditlarning bahosi va bozor regulyatori hisoblanadi. Shu sababli, kreditlarning foiz stavkalariga nisbatan ma’muriy cheklovlarning joriy qilinishi kredit resurslari harakatining buzilishiga, kreditlarning real bozor bahosining aniqlanmasligiga olib keladi. Kreditlar foiz stavkalarining pasayishi ularga bo’lgan talabning oshishiga va shuning asosida tijorat banklari kredit quyilmalarining oshishiga olib keladi. 2014 yil davomida Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, shu jumladan, iqtisodiyotning pulga bo’lgan talabini bank kreditlarini ajratish hajmlarini kengaytirish hisobiga to’liq qondirish, bank xizmatlaridan foydalanish shart-sharoitlarini soddalashtirish va arzonlashtirish Download 7.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling