"pul va banklar"
Moliya siyosati moliyaviy munosabatlar mohiyatini o‘zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o‘z manfaatlariga qaratishga harakat qiladi
Download 54.68 Kb.
|
Kredit va uning mazm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Budjet siyosati deganda davlat tomonidan quyidagilarni belgilash tushuniladi
Moliya siyosati moliyaviy munosabatlar mohiyatini o‘zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o‘z manfaatlariga qaratishga harakat qiladi.Moliyaviy munosabatlar - obyektiv voqelik iqtisodiy munosabatining bir qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil qiladi. Moliya siyosati esa bazisga asoslanadi, shu bazisdan kelib chiqadi. Moliya siyosati ilmiy asoslangan moliyaviy nazariyaga tayanadi va tajribaga ko‘rsatma beradi, shu tariqa moliya siyosati nazariyani tajriba bilan bog‘laydi. Tajriba esa, nazariyaning to‘g‘riligini tekshirish mezonidir.b. Moliya siyosatining bo‘g‘inlariDavlat moliya siyosati – ko‘p qirrali tushuncha. Uning ko‘lami davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani boshqarishdagi ishtiroki parametrlari bilan aniqlanadi.Budjet va pul-kredit siyosati. Odatda, moliya siyosati tarkibida ma’lum darajadagi mustaqil budjet va pul-kredit siyosati ajratib ko‘rsatiladi.Budjet siyosati deganda davlat tomonidan quyidagilarni belgilash tushuniladi:davlat budjeti daromadlarini shakllantirish manbalarini;budjet xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlarini;budjetning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan balanslashmaslik chegaralarini;budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini;budjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tamoyillarini.O‘z navbatida, budjet siyosati tarkibida soliq siyosati, investitsion siyosat, davlat qarzini boshqarish siyosati, budjet yaxlitligi siyosatlari nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Soliq siyosati soliqlarning tarkibini, ularning stavkalarini hajmlarini, har bir soliq turi bo‘yicha imtiyozlar va jazolarni belgilaydi. Bir vaqtning o‘zida soliq tizimini to‘laligicha, shuningdek alohida soliqlarning tartibga soluvchi yoki rag‘batlantiruvchi choralari o‘rnatiladi.Pul-kredit siyosati deganda emissiyani boshqarish, inflyatsiyani va milliy pul birligi kursini tartibga solish orqali pul muomalasi barqarorligini ta’minlash; bank tizimi faoliyatini reglamentlash va tartibga solish orqali xalq xo‘jaligi va moliya tizimining turli bo‘g‘inlarida hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va uzluksizligini ta’minlash; davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi va joylashtirilishini reglamentlash va ularning aylanishini (sotish va sotib olish kursini) tartibga solish orqali, Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkalarini ko‘tarish yoki pasaytirish orqali moliya bozori faoliyatini boshqarish tushuniladi.Pul-kredit siyosati tarkibida emissiya siyosati, baho siyosati, valyuta siyosati, kredit siyosati – unda o‘z navbatida, masalan, foiz siyosati va investitsion siyosatlar nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Shuni ta’kidlash kerakki, budjet munosabatlari amaliyotida investitsiyalar deganda asosiy vositalarni o‘stirish va modernizatsiya qilishni moliyalashtirish tushunilsa, bank amaliyotida esa, investitsiyalar deganda qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish tushuniladi.Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit orqali muvofiqlashtirish bu davlatning iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi hisoblanib, o‘zida pul muomalasi va ssuda kapitali bozorining muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, hisob-foiz stavkalari va boshqa ko‘rsatkichlarini bevosita va bilvosita tartibga solishi tushuniladi. Pul-kredit orqali muvofiqlashtirishning asosiy pirovard maqsadi bu aholi farovonligini oshirish va maksimal ravishda aholi bandligini ta’minlash hisoblanadi.Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit orqali muvofiqlashtirish vositalarining davlat tomonidan ishlab chiqilgan va qonuniy tasdiqlangan mexanizmi pul-kredit siyosati deyiladiMamlakatda pul-kredit siyosatini amalga oshirish huquqi faqatgina Markaziy bankka berilgan bo‘lib, bu siyosatni amalga oshirish Markaziy bankning eng asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.Download 54.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling