"pul va banklar"


Markaziy bankning pul-kerdit siyosati instrumentlarini shartli ravishda bir necha mezonlariga qarab bo‘lish mumkin


Download 54.68 Kb.
bet7/10
Sana30.04.2023
Hajmi54.68 Kb.
#1406588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kredit va uning mazm

Markaziy bankning pul-kerdit siyosati instrumentlarini shartli ravishda bir necha mezonlariga qarab bo‘lish mumkin.

Shakl bo‘yicha pul-kredit siyosati instrumentlari ma’muriy (bevosita) va bozor (bilvosita) instrumentlarga bo‘linadi. Ta’sir etish obyekti (pul talabi yoki pul taklifi)ga ko‘ra instrumentlar pul qo‘llab-quvvatlovchi (kredit ekspansiya) yoki uni cheklovchi (kredit restruktizatsiyasi)ga bo‘linadi. Ta’sir etish muddatlariga qarab qisqa muddat va uzoq muddatga mo‘ljallangan instrumentlarga bo‘linadi va h.k.

Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan hozirda qo‘llanilib kelayotgan pul-kredit siyosatining vositalaridan biri bu tijorat banklarining majburiyatlariga nisbatan majburiy zaxira talablari me’yoridir. Pul-kredit siyosatining bu vositasi qo‘llanilish jihatidan sodda bo‘lib, tijorat banklarining to‘lovga qobiliyatliligi darajasiga ta’sir qiladi. Shuning uchun hozirda, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda pul-kredit siyosatining bilvosita usullaridan aynan shu vositasi keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda, shu jumladan O‘zbekistonda eng samarali vosita(instrument) ham aynan shu vositadir (bilvosita instrumentlardan).

Pul-kredit siyosatini moliya siyosati tarkibiga kiritilishi shubhasiz emas, ammo ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro bog‘liqlik shubhasizdir. Moliya siyosati tarkibiga budjet siyosati bilan birgalikda pul-kredit siyosatini kiritilishining to‘g‘riligini jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tahlili ham tasdiqlab turibdi. Ma’lubki bu inqiroz faoliyat sohasi pul-kredit operatsiyalari hisoblangan moliya bozorlaridagi inqirozdan boshlangan.

Xalqaro moliya siyosati katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Uning asosida xalqaro mehnat taqsimoti bilan, davlat qarzini shakllantirish va so‘ndirish bilan, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish bilan bog‘liq xalqaro munosabatlar sohasidagi valyuta-moliyaviy va kredit munosabatlarini boshqarish yotadi. Hozirgi kunda Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki (OTTB) va b. (misol uchun, London kreditorlar klubi, Parij kreditorlar klubi) kabi xalqaro moliya tashkilotlarining moliya siyosati katta ahamiyat kasb etib bormoqda.

Alohida davlatlarning xalqaro moliya siyosati, odatda, o‘z mamlakatining ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishiga yo‘naltirilgan va mos ravishda har qaysi davlat xalqaro xomashyo, tovarlar, ishchi kuchi va kapital bozorlarida o‘zining salmoqli o‘rniga ega bo‘lishga harakat qiladi.

Davlat o‘zining manfaatlarini bojxona va valyuta siyosatlari orqali himoya qiladi. Ularning xususiyatlari davlatni o‘z eksport va importini kengaytirish yoki qisqartirishdan manfaatdorlik darajasi bilan belgilanadi. Shundan kelib chiqib, bojxona to‘lovlari yoki alohida bojxona rejimlari tizimi qo‘llaniladi. Bojxona va valyuta siyosatining asosiy maqsadi – davlatning oltin, valyuta zahiralarini saqlash va ko‘paytirish hisoblanadi.

Davlat o‘zining manfaatlarini yana xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish, bu tashkilotlarning moliyaviy fondlarini shakllantirishda va hamkorlikdagi dasturlarni moliyalashtirishda ishtirok etish bilan mamlakat obro‘sini oshirish orqali himoya qiladi.

Xalqaro moliya tashkilotlarining moliya siyosati moliyaviy inqiroz yoki moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Yordam, odatda, kreditlar berish shaklida yoki davlatning mavjud tashqi qarzlarini restruktizatsiyalash shaklida ko‘rsatiladi.

Xalqaro moliya takilotlarining yordami beg‘araz ko‘rsatilmaydi va qator iqtisodiy yoki siyosiy shartlarga asoslanadi, qarz oluvchi mamlakat uchun uchun doimo naf keltirmaydi.



Download 54.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling