Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi


Inkasso topshiriqnomalar bilan hisob-kitoblar


Download 74.69 Kb.
bet15/19
Sana29.09.2023
Hajmi74.69 Kb.
#1689954
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi-fayllar.org

Inkasso topshiriqnomalar bilan hisob-kitoblar

Bizga ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankdagi hisobvaraqlaridan mablag‘larni faqatgina ularning topshirig‘i (to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv, hisob-kitob va pul cheki) va roziligi (to‘lov talabnomasi, kredit bo‘yicha muddatli majburiyatlar, shartnomalarda kelishilgan bo‘lsa, memorial order) bilangina o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.


Bozor munosabatlarida xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning ko‘pqirraligi va kutilmaganda vujudga kelgan ziddiyatlarni hal qilishda qo‘llaniladigan shunday to‘lov hujjatlari ham mavjudki, ushbu to‘lov hujjati tegishli muassasalar tomonidan bankka taqdim etilganda mijozning hech qanday roziligini olmasdan turib, bank bo‘limi uning hisobvarag‘idan mablag‘ni hujjatda ko‘rsatilgan manzilga o‘tkazib berishi lozim. Ushbu to‘lov hujjati inkasso topshiriqnomasidir.
Inkasso topshiriqnomasi – bankka mijoz (to‘lovchi)ning hisobvarag‘idan so‘zsiz tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi talabini anglatadi.
Inkasso topshiriqnomalari bankka quyidagi tashkilotlar tomonidan taqdim qilinishi mumkin:
  • o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari;


  • budjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa;


  • bojxona organlari – o‘z vaqtida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirishda;


  • sud organlari ularga berilgan ijro hujjatlari bo‘yicha;


  • moliyalashtirishga ortiqcha o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarishda, yuqori moliya organlari quyi budjet tashkilotlarga, davlat kafolati ostida berilgan muddati o‘tgan kreditlarni qaytarishda va boshqa holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan inkasso topshiriqnomalari qabul qilinadi;


  • qonuniy hujjatlarga asosan boshqa organlar.


To‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda inkasso topshiriqnomasi 2–kartotekada to‘lovini kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi va qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda to‘lanadi.




Download 74.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling