Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi
-rasm. Qoplangan akkreditiv bilan hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanish tartibi
Download 74.69 Kb.
|
Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi-fayllar.org
4.3-rasm. Qoplangan akkreditiv bilan hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanish tartibiAkkreditiv bilan hisob-kitoblarning ijobiy jihati shundaki, korxona jo‘natgan tovar va ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lov kafolatlanadi. Shu bilan birga aytish lozimki, akkreditiv bilan hisob-kitoblarda mol sotib oluvchi korxonaning mablag‘lari ma’lum muddatga o‘z ixtiyoridan chiqib ketadi. Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar tartibini ikkita bank bo‘limi misolida quyidagi chizmada ko‘rib chiqamiz. Barcha hisob-kitoblarda bo‘lgani singari, dastlab sotuvchi – akkreditiv bo‘yicha mablag‘ oluvchi va sotib oluvchi – akkreditivga ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi (1), sotib oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan summani sotuvchining hisobiga deponentlash uchun akkreditivga arizani bankka taqdim etadi (2), bank emmitent o‘z navbatida akkreditivga arizada ko‘rsatilgan summani sotuvchining hisobiga o‘tkazish maqsadida elektron arizani bosh bankka jo‘natadi (3), bosh bankda Koson bo‘limi vakillik hisobidagi mablag‘ Oqtosh bo‘limi vakillik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va bu haqda elektron akkreditivga arizani bank bo‘limiga jo‘natadi (4), sotuvchining banki shartnomada ko‘rsatilgan akkreditiv summa uning hisobiga deponentlanganini xabar qiladi (5), sotuvchi o‘z navbatida tegishli tovarlarni sotib oluvchiga jo‘natadi yoki xizmatlarni ko‘rsatadi (6), sotuvchi tovarlarni jo‘natganligi yoki xizmatlar ko‘rsatganligini tasdiqlovchi hujjatlarni bankka taqdim etadi (7), bank o‘z navbatida deponentlangan summani uning hisobiga o‘tkazadi. Mablag‘ oluvchining bankida akkreditivning amal qilish muddati tugaganda, akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan tartibda mablag‘ oluvchi uni bekor qilish haqidagi ariza berganda, to‘liq chaqirib olinganda akkreditiv yopiladi. Akkreditiv bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qator ijobiy va salbiy jihatlar mavjud bo‘lib, uning salbiy tomonlari asosan mablag‘ to‘lovchining zimmasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagilar bilan izohlanadi: pul to‘lovchining hisobvarag‘idan mablag‘ni akkreditiv hisobvarag‘iga deponent qilinishi natijasida ushbu mablag‘ning oborotdan vaqtinchalik chiqib ketishi (odatda akkreditiv summasi 20 – 30 kunga deponent qilinadi); to‘lovchi ta’minlanmagan akkreditivdan foydalangan holda ham olingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uning talabiga to‘liq mos kelmagan hollarda to‘lovni amalga oshirishga rad javobining berolmasligi yoki ushbu jarayonning vaqtni olishi hamda qo‘shimcha hujjatlarni talab etilishi ortiqcha ishlarni keltirib chiqaradi; yuqorida akkreditiv bo‘yicha hujjatlarning aylanishidan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu jarayon bir muncha murakkabroq. Akkreditivlar bilan hisob-kitoblarda mol jo‘natuvchiga qator qulaylik jihatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: akkreditiv shartnomasi tuzilgandan keyin tovarlarni ishlab chiqarishga kirishishi mumkin. Chunki ushbu tovarlarni sotib oluvchi tayin va undan tegishli iqtisodiy foyda kelishi kafolatlanadi; jo‘natilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov kafolatlangan. Chunki ta’minlangan akkreditivda pul to‘lovchi tovar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘ni alohida hisobvarag‘iga deponentlab qo‘yadi. Ta’minlanmagan akkreditivda esa tovar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘ pul to‘lovchining banki tomonidan kafolatlanadi. Download 74.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling