Pulning mohiyati va funksiyalari
Download 27.24 Kb.
|
pul tushunchasiva funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pulning mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari va zaruriyligi..
Puln tushunchasi va funksiyalari
Tayanch tushunchalar:Pulni kelib chikishining asoslari. Pulning mohiyati va xususiyatlari. Pulning qiymati va iste’mol qiymati. Pulni paydo bo’lish tarixi. Pulni paydo bo’lishi va qiymatning shakllari. Pul taraqqiyotining bosqich va shakllari. Qimmatli metallarni pul vazifasini bajarishining sabablari. Qog’oz pullar muomilasini tashkil etishda ayrim shaxslarning o’rni. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning ahamiyatini oshishining sabablari. Pulning funksiyalari va ularning o’zaro bog’liqligi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda pul barqarorligini ta’minlashni o’rni. Pul to’g’risidagi metallik, nominallik, miqdoriylik va monitarizm nazariyalari hamda oltin tanga standarti, qo’yma oltin standarti va oltin deviz standarti va boshqa oqimlar.Pulning mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari va zaruriyligi..Ma’lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. R.Kruzo ta’kidlaganidek, faqat tovar ishlab chiqarish bor joyda pul kerak, yakka odamga pulni keragi yo’q. Pulni tovar ayirboshlashni o’zi yaratdi.Birinchi yirik mehnat taqsimoti, ya’ni chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo’jaligining rivojlanishi tufayli mahsulot qiymatining ifodasi bo’lmish pulni keltirib chiqardi.Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko’payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan. Tovar muomilasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb e’tirof etgan.Download 27.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling