10-15 bosh qo’y 2 bosh buqaga ayirboshlangan. Bunda o’z qiymatini boshqa tovarga ayirboshlanayotgan tuz nisbiy qiymat shaklida, qolganlari, ya’ni qo’y, echki va buqa esa qiymatni o’zida ifoda etuvchi material bo’lib xizmat qiladi va ularning qiymati ekvivalent qiymat shaklida turadi. 3.Qiymatning umumiy shakli Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ayirboshlanadigan mahsulotlar soni ham ortib boradi va ayirboshlashda murakkab holat vujudga keladi. biror bir tovar sohibi ushbu tovarni o’zining iste’moliga zarur bo’lgan boshqa bir tovarga ayirboshlanishi uchun avvalom bor o’zining tovariga ehtiyoji bo’lgan boshqa bir iste’molchini topmog’i kerak bo’ladi, ayirboshlash murakkablashib uning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Asta-sekin tovarlar orasida hamma tovarlarga ayirboshlanaoladigan va hamma tovarlar qiymatini o’zida ifoda eta oladigan maxsus tovar ajralib chiqadi. Tovarlar dunyosidan chiqqan maxsus tovar qolgan barcha mahsulotlar uchun umumiy ekvivalentga aylanadi. Masalan: 1 qop bug’doy 10 kg choy 10 kg qaxva 10 bosh qo’y 0.5 tonna temir 2 unsiya (35.6 gramm) oltin Bunda umumiy ekvavalent vazifasini 10 bosh qo’y bajargan Qiymatning pul shakli Mahsulot ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonining tobora rivojlanib borishi hududlar, mamlakatlar o’rtasida savdo-sotiqni, tovar ayirboshlashning zaruriyatini yuzaga keltiradi. Turli mamlakatlarda turli tovarlar umumiy ekvivalent hisoblangangaligi bu jaryonning taraqqiy etishiga to’sqinlik qiladi. Natijada butun tovarlar dunyosidan shunday tovarlar ajralib chiqadiki, u barcha hudud va mamlakatlarda umumiy ekvavalent sifatida qo’llanila boshladi. Bu vazifani dastlab qimmatbaho metallar mis va kumush, keyinchalik oltin bajaradigan bo’ldi. Oxir oqibatda oddiy tovar ko’rinishidagi umumiy ekvavalent o’rniga pul shaklidagi umumiy ekvavalent, ya’ni pul maydonga chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |