Pulning paydo bo’lishi va mazmuni Pulning vujudga kelishi va zarurligi


Download 1.09 Mb.
bet4/13
Sana22.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1042251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PUL TIZIMI VA PUL MUOMALASI

4. Qiymatning pul shakli. Ayirboshlash munosabatlaxiningrivojlanishi, jahon bozorining vujudga kelishi, kumush va oltinning barcha tovarlar ichidan umumekvivalent vosita sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ushbu metallaming tabiiy xossasi (yagona jismligi, qiymaiining o‘zgarmasligi, sifatining buzilmasligi) uzoq davr jamiyatda pul vazifasini bajarishiga xizmat qildi.
Qimmatbaho metallar umumekvivalent sifatida muomalaga kiritilishining dastlabki davrida har xil quyma shakldan (sim, plastinka, yumaloq va boshqa shakllar) iborat edi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi va mehnat taqsimotining tobora takomillashib borishi metall pullardan ma’lum shakl va miqdorga ega bo‘lgan tangalami zarb qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, dastlabki metall tangalar eramizdan avvalgi VII asrda Xitoy va Lidiya (Kichik Osiyo) davlatlarida zarb etilgan.
Metall pullaming nominal qiymati haqiqatdagi qiymatiga teng bo‘lib, noyob qimmatbaho metalldan tayyorlanadi va pulning barcha funksiyalarini bajaradi.
E’tiborli jihati shundaki, muomalada haqiqiy pullar ayirboshlash vositasi vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda pul muomalasi avtomatik ravishda tartibga solinadi. Natijada, iqtisodiyotda pulning qadrsizlanishi, baholaming o‘sishi va inflatsiya holati kuzatilmaydi. Chimki qimmatbaho metallaming muomalada ortiqchalik holatining vujudga kelishi, ulami jamg1 arma va boylik sifatida saqlashga yo‘naltiriIishi orqali bartaraf etila- di. Agar, muomalaga qo‘shimcha ayirboshlash qiymati zarur bo‘lsa, ular qiymat o‘lchovi, muomala va to‘lov vositasi sifatida qaytadan muomalaga chiqariladi.
Oltinning muomalada amal qilishi XX asrning 30 - 70 yillarida bekor qilindi, ya’ni oltin demonitizatsiyasi yuz berdi. Oltin ayirboshlash vositasi sifatida muomaladan chxqarilishming dastlabki davrida avval muomala va to‘lov vositasi funksiyasini, 1975-yildan so‘ng esa jahon puli funksiyasini to‘xtatdi. Ushbu vazifalami ichki va jahon bozoriga oltinning o‘miga kirib kelgan qog‘oz va kredit pullar egalladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling