Pulning paydo bo’lishi va mazmuni Pulning vujudga kelishi va zarurligi
Download 1.09 Mb.
|
PUL TIZIMI VA PUL MUOMALASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qiymatning oddiy shakli
Ayirboshlash - bu kishilaming istak - xohishlari va ehtiyojlari mahsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan voz kechib, zarur bo‘lgan narsaning o‘miga berishdir. Ayirboshlash kishining ehtiyoji bo‘lgan buyumga ega bolish imkoniyatini beradigan jarayondir.
Demak, ayirboshlash «А» va «В» tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv natijasida sodir boladigan jarayon boiib, «А» o‘ziga tegishli tovar yoki xizmatini «В» tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Madomiki, ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali boiib, «А» tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘miga o‘zi uchun zarur boigan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi. Shuningdek, natural xo‘jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakllanishiga olib kelgan. Vaqt o‘tishi bilan odamlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro‘y bera boshlagan. Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar o‘rtasida mahsulotlami faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. 0 ‘sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilami keltirish mumkin: • ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‘tishi; • ishlab chiqaruvchi subyektlaming bir — biriga o'zaro bog‘liqligining vujudga kelishi; • ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalenthgining ta’minlanganligi. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy e’tibor, uning qiymat shaklining rivojlanish evolyutsiyasiga qaratiladi. Chunki, pulning vujudga kelishida uning qiymat shakllari juda muhim o‘rin tutadi. Pulning qiymat shakllari, asosan, beshta ko‘rinishdan iboratligi e’tirof etilib, ular quyidagilardan iborat: 1. Qiymatning oddiy shakli. Qiymatning ushbu shakli natural xo‘jalik tuzumiga xos boiib, mahsulotlaming ortiqchaligi vaqti - vaqti bilan vujudga kelgan sharoitda amal qilgan. Qiymatning oddiy shaklida ishlab chiqarish hajmining pastligi, yaratuvchi va oluvchining manfaatlari doimo ham bir - biriga mos kelmagan ayirboshlash jarayonida ma’lum tovarlargina ishtirok etgan. Ushbu davrda odamlar o‘rtasida vujudga kelgan ayirboshlash munosabatlarining vujudga kelishiga ortiqcha mahsulotni buzilmasligi va turib qolmasligining oldini olishga boigan ehtiyoj turtki boigan. Masalan, bir qop don = bitta qo‘yga almashilgan va h.k. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling